Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

3
§
. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining mazmuni. 
 
 
Mulk  huquqi  keng  ma'nodagi  ashyoviy  huquq  bo`lib,  huquq  egasi,  ya'ni 
mulkdorlarga  "o`ziga  tegishli  mulklardan  foydalanish  mazmuni  va  yo`nalishini 
faqat  o`zi  belgilash  hamda  ular  ustidan  to`liq  "xo`jalik  hokimiyatini"  amalga 
oshirish" huquqini beradi. Ingliz huquqshunosi A.M. Onore mulk huquqining eng 
to`liq  tasnifini  berib,  quyidagilarni  ajratib  ko`rsatgan:  tasarruf  etish  (ashyolar 
ustidan  to`liq  jismoniy  nazorat);  foydalanish  (narsalarni  shaxsan  o`zi  ishlatish); 
foyda  undirish  (ashyolarni  shaxsan  o`zi  ishlatib  yoki  ishlatish  uchun  boshqa 
shaxslarga  berish  orqali);  ashyolarni  musodara  qilib  davlat  foydasiga  o`tkazish, 
sovurib  yuborish,  o`zgartirish  yoki  yo`q  qilish  ashyolarni  ekspropiatsiyadan 
(majburiy  tortib  olishdan)  himoyalanish;  ashyolarni  birovga  berib  yuborish, 
ulardan  yomon  tarzda  foydalanishni  taqiqlash,  javobgarlik  (qarz  hisobiga  ashyoni 
berish); buzilgan qonuniy huquqni tiklash. 
 
Mulkdorning  qonuniy  huquqlarini  uchlik  sifatida,  ya'ni  egalik  qilish, 
foydalanish  hamda  idora  qilishga  ajratish  an'anaviy  hisoblanadi.  O`zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  164-moddasiga  asosan  tabiiy  resurslarga 
nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va 
tasarruf etish huquqlari tashkil etadi. 
 
Mulkdor  o`z  mulkini  tasarruf  qilishga,  ya'ni  unga  egalik  qilishga,  undan 
foydalanishga, ya'ni foyda undirishga (umumiy qoidalarga ko`ra faqat mulkdorgina 
o`zida  mavjud  bo`lgan  mulklardan  mevalar,  mahsulotlar  va  foyda  oladi),  hamda 
idora  qilishga,  ya'ni  mulkning  yuridik  taqdirini  belgilashga,  sotishga,  sovg`a 
qilishga,  ijaraga  berishga,  garovga  qo`yishga  haqlidir.  Mulk  huquqi  tarkibida 
boshqa    qonuniy  huquqlar,  jumladan  mulkni  boshqarish  ham  ajratib  ko`rsatilishi 
mumkin. 
 
Shu bilan birga, tabiiy resurslar davlat mulki bo`lganligi uchun mulkdorning 
huquqlarini amalga oshirish ma'lum bir xususiyatlarga ega. 


 
Birinchidan,  tabiiy  resurslarga  mulk  huquqini  mazmuni  ham  fuqarolik 
huquqiy normalar ham ekologiya huquqiy normalar bilan belgilanadi. 
 
Ikkinchidan,  barcha  tabiiy  resurslar,  xususiy  mulk  qilib  ajratilgan  yer 
uchastkalarini  istisno  qilgan  holda,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  foydalanishida 
bo`lishidan  qat'iy  nazar  davlat  mulki  hisobladi,  ya'ni  davlatni  egaligi  saqlanib 
qolinadi. 
 
Uchinchidan,  davlat  tabiiy  resurslardan  bevosita  foydalanishni  amalga 
oshirmaydi,  ulardan  foydalanish  huquqini  tartibi  va  shartlarini  belgilaydi.  Tabiiy 
resurslardan foydalanish huquqi har xil shaklda (egalik, foydalanish, ijara) yuridik 
va  jismoniy  shaxslarga  beriladi.  Shunday  foydalanish  uchun  davlat  o`rnatilgan 
soliqlar va to`lovlarning davlat foydasiga undiradi. 
 
To`rtinchidan,  aksariyat  hollarda  tabiiy  resurslarni  tasarruf  etish  natijasida 
davlat  egalik  huquqini  yo`qotmaydi  va  tasarruf  etish  tabiiy  resurslardan 
foydalanish va muhofaza etishni tashkil qilishga qaratilgan. 
 
Beshinchidan, davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali 
amalga  oshiradi.  Tabiiy  resurslarni  muhofaza  etish  va  foydalanishning  davlat 
boshqaruvi  avvalam  bor  tabiiy  resurslarning  davlat  tomonidan  tasarruf  etishga 
yo`naltirilgan.  Shu  jumladan,  vakolatli  davlat  organlari  tabiiy  resurslarni 
foydalanishga  ajratadilar  va  foydalanuvchilardan  qaytarib  oladilar,  foydalanish 
maqsadlarini 
belgilaydilar. 
Masalan, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari Yer kodeksining 4-7-moddalariga 
muvofiq  yerlarni  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  ajratib  berish  va  qaytarib  olish 
vakolatiga egalar. 
 
Yer uchastkalariga xususiy mulk huquqining mazmuni boshqa mulk 
obyektlariga nisbatan ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Yuqorida qayd 
etilganidek, yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasiyadan faqat maqsadli 
foydalanishlari shart, ya'ni shu yer uchastkasida joylashgan bino va inshoatdan 
foydalanish maqsadi bilan bog`liqdir. Masalan, savdo va xizmat ko`rsatish 
obyektlari joylashgan yer uchastkalaridan foydalanish faqat yuridik va jismoniy 
shaxsning mazkur faoliyat turi bilan bog`liqdir. Shuning uchun ham yerga bo`lgan 
xususiy mulk cheklangan hisoblanadi. Bunday qoidalar boshqa davlatlar qonun 
hujjatlarida ham mavjud. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish