Har bir fan, huquq sohasi o`z manbalariga ega bo`lib, ushbu manbalar
asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga solishda
yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining
manbasi sifatida qaralishi mumkin.
Ekologiya huquqining manbalari sifatida me'yoriy-huquqiy hujjatlar
hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo`lib
xizmat qilmaydi.
Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi;
Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;
Ekologik qoida-talablarni belgilashi;
Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega
bo`lishi, hakozo.
Ekologiya huquqining manbalari
–
deganda atrof-tabiiy muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini
ta'minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan
qonunchilik hujjatlari tushuniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar,
O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar
Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari
hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari yig`indisi
ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni
tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qonunlar va qonunosti me'yoriy
hujjatlarga bo`linadi;
Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha:
tabiatni muhofaza
qilish qonunchiligi;
tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish qonunchiligi;
aholining ekologik xavfsiziligini ta'minlash qonunchiligi.
munosabatlarni tartibga solish predmeti bo`yicha:
umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari.
huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi
qonunchilik hujjatlari;
qonunchilik hujjatlarining tizimi bo`yicha oddiy kodifikatsiyalashgan va va
manbalar;
qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha:
xududiy-mintaqaviy
respublika
miqyosida
xalqaro miqyosidaga manbalar va hokazo.
Demak ekologiya huquqining manbalari ekologik munosabatlarni tartibga
solishda tabiiy qonunlar va jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlantirgan
holda tartibga soladi. Bu esa o`z navbatda ekologik qonunchilik hujjatlarining
hajmining ko`payishiga olib keladi.
Tabiat-jamiyat tizimida o`zaro munosabatlarni tartibga solishda bir
tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me'yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan,
ushbu qonun hujjatlarini qo`llanilishiga yordam berish va davomiyligini
ta'minlashda ekologik normativ, standart va yo`riqnomalar kabi minglab
me'yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo`llaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalari
chambarchas bog`liq bo`lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari,
usullari, qoidalarini qo`llashda umumiylikka egadir.
Lekin shuning bilan bir qatorda o`ziga xos xususiyatlarga ham ega bo`lib,
boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi.
Ular muhim ahamiyatga ega bo`lib, birinchidan, ekologiya sohasida ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlar ustuvorligini e'tirof etadi,
ikkinchidan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishda jamiyat-davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan
foydalanadi.
Ekologik qonunchilik hujjatlari birinchidan, tabiatning ustuvor qonunlarini
jamiyat-davlat qonunchilik hujjatlari bilan mujassamlantiradi, ikkinchidan,
tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatini belgilash va
kafolatlashda boshqa huquq sohalari ya'ni konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy
huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo`jalik huquqi kabilarining
qonunchilik hujjatlarini ekologik masalalarni hal qilishga yo`naltiradi.
Demak, ekologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini
ta'minlash bilan bog`liq jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimida iboratdir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo`lib, o`z mazmun-
mohiyatiga ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga
bo`lib o`rganamiz:
Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;
Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;
Ekologiya sohasidagi qonunosti me'yoriy hujjatlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: