II-BOB. EKOLOGIYA XUKUKINING TUSHUNCHASI, PREDMETI,
TAMOYILLARI VA TIZIMI
1 §. Ekologiya xukukining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya
tizimida tutgan o`rni.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik turli yo`nalish va
shakllarda uzoq vaqt davomida amalga oshirilib kelinmoqda.
Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining
turli extiyojlarini qondirish uchun tabiatdan foydalanib, unga ta'sir o`tkazmokda.
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora
takomillashishi, yangi mehnat qurollarining ixtiro etilishi o`z navbatida,
insonning turli ehtiyojlarining rivojlanishiga olib keldi. Inson o`z ehtiyojlarini
qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanib salbiy ta'sir ko`rsata boshladi.
Jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bo`yicha ehtiyojlarining oshishi,
tabiiy resurslardan foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy vositalarning
takomillashishiga olib keldi. Ushbu xolat o`z navbatida tabiatga jamiyat
tomonidan bo`ladigan ta'sirlarning bir necha barobar ko`payishiga olib keldi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrlarda inson tafakkurining rivojlanishi ilm-
fanning taraqqiy etishi o`z navbatida insonning turli ehtiyojlarini qondirishga,
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy negizini mustahkamlashga xizmat qildi. Albatta,
yangi texnologik jarayon ish unumdorligi, iqtisodiy daromadni ko`paytirishi
bilan bir qatorda tabiiy resurslarning holatiga salbiy ta'sirlarni oshirishga,
shuningdek tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro muvozanatni buzilishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatning
shunday yo`lga qo`yilishi kerakki o`zaro ta'sirlar natijasida tabiiy resurs,
ekologik tizimlar holati va aholining sog`ligi, hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlarining darajasiga bo`ladigan salbiy oqibatlarni iloji boricha kamayishiga
olib kelinishi zarurdir.
Muhim tabiiy resurslar hisoblangan yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik,
hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralarning inson, jamiyat hayotida tutgan
o`rni beqiyosdir.
Shuning uchun har qanday jamiyatda tabiatdan foydalanish, muhofaza
qilish, tabiat zahiralarinin kelajak avlodga meros qilib qoldirish ustuvor
vazifalardan biri hisoblanadi. Tarixga nazar solib, fikr qiladigan bo`lsak tabiat-
jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar jamiyat hayotining turli bosqichlarida
turlicha shakllarda olib borilgan, har bir tarixiy rivojlanish bosqichida turli
foydalanish va ularni muhofaza qilishning qoida-talablari joriy etilib kelingan.
Demak, jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik, hayvonot dunyosi va
atmosfera havosidan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan ijtimoiy
munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinib, tabiat-jamiyat tizimida
muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, tabiatdan foydalanish va ularni muhofaza
qilish bilan, bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy
chora-tadbirlar tizimi va ularning ta'sir doirasi har bir tarixiy bosqichda mavjud
ilm, fan va texnika rivojlanishi hamda atrof tabiiy muhit holatining darajasiga
bog`liq bo`ladi.
Shuning uchun ham XX asrda amalga oshirilgan fan-texnika revolutsiyasi
natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obyektlari o`z
navbatida tabiatga bo`lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy
oqibatlarni keltirib chiqardi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy
chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi.
Ushub holat ekologik huquqiy munosabatlar doirasi va darajasini
o`rganuvchi ekologiya huquqi fanining paydo bo`lishi va rivojlanishiga zaruriyat
yaratdi.
Ekologiya huquqi
–
tabiat bilan jamiyat o`rtasida paydo bo`ladigan
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o`rganuvchi fonddir.
Ekologiya huquqi bugungi kunda O`zbekiston Respublikasining mustaqil
huquq tizimida o`z o`rni va salohiyatiga ega bo`lgan alohida yo`nalish va
xususiyatlarga ega bo`lgan huquq sohasi hisoblanadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki har bir huquq sohasining mohiyati tartibga
solinayotgan ijtimoiy munosabatlar doirasi va darajasiga bog`liq bo`ladi. Shu
jumladan, ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida tartibga solayotgan
ijtimoiy munosabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o`ziga xos
xususiyatlari bilan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi.
Hammamizga ma'lumki, davlat va huquq nazariyasiga asosan huquq
sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va
ishtiroki darajasi doirasi nuqtai nazaridan mustaqil va kompleks (majmualashgan
yoki keng qamrovli, keng tarmoqli) huquq sohalariga bo`linishi mumkin.
Mustaqil huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni asosan o`zining kuchi,
imkoniyatlari darajasida tartibga soladi. Masalan, ma'muriy huquq, jinoyat
huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqalar.
Keng qamrovli (kompleks) ahamiyatga ega bo`lgan huquq sohalari
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy
qoida-talablari va tamoyillardan foydalanadi.
Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega
bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik
umum majburiy ahamiyatga ega bo`lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan
foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammolarni hal qilish,
ularning huquqiy tartibotini ta'minlashda o`zaro bog`liq bo`lgan huquqning
boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki, ekologiya
huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko`lami
kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo`lgan barcha
vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga
solish mumkin.
Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar
bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat
va xo`jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi.
Demak, ekologiya huquqi - tabiat va jamiyat tizimida paydo bo`ladigan
ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va
ko`p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, har bir fan yoki huquq sohasi yoki ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o`rni va tartibga solinayotgan
munosabatlarning ko`lamiga ko`ra o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.
Shu jumladan ekologiya huquqi ham birinchi navbatda huquq tizimining
alohida sohasi sifatida boshqa huquq sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lib,
huquqning umum e'tirof etilgan tamoyil, shakl va qoidalardan foydalanib,
rivojlanib bormoqda. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi tartibga
solayotgan ijtimoiy munosabatlar tabiat qonuniyatlari, tabiiy resurslar, ekologik
tizim va komponentlarga ta'sir etish ya'ni holatining yomonlashishi, miqdorining
kamayishi, muvozanatning buzilishi, turlarning yo`qolib ketishi va hokazolar kabi
jarayonlarda paydo bo`ladi. Hammamizga ma'lumki, inson tabiat mahsuli, uning
bir qismi, tabiat qonuniyatlari doirasida shakllangan, rivojlanayapti va taraqqiy
etib boradi. Bir so`z bilan aytganda «Tabiat-jamiyat» tizimida tabiat beqiyos
darajada ustun huquqqa, ko`lamga va salohiyatga egadir. Shuning uchun ham
jamiyat o`z taraqqiyotiga erishmoqchi bo`lsa, albatta tabiatning muqaddas,
ustuvor qonuniyatlarini anglashi, e'tirof etishi, o`z hatti-harakatlarini
moslashtirishi va eng muhimi o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq harakat
yo`nalishlari tabiatning holatiga bog`lab rivojlantirishi lozim bo`ladi. Ko`rib
turibmizki, ekologik huquqiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy
qonuniyatlarning ustuvorligi o`z navbatida ekologiya huquqining boshqa huquq
sohalaridan farq qiluvchi, ajralib turuvchi xususiyatlari mavjudligini taqozo
etadi. Ushbu xususiyatlar birinchidan, ekologik munosabatlarni tartibga solishda
tabiat qonuniyatlarini ustunligini ta'minlash; ikkinchidan, jamiyat hayotida
shakllangan ekologik umummajburiy tamoyil, qoida-talablarning ijtimoiy
munosabatlarini tartibga solishda qo`llash; uchinchidan, ekologik munosabatlarni
tartibga solish mexanizmida konstitutsiyaviy, ma'muriy, mehnat, jinoiy, fuqarolik,
xo`jalik-huquqiy chora-tadbirlaridan foydalanish va to`rtinchidan, ekologik
muammolarni hal qilishda jamiyat hayotida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy-madaniy jabhalarini chora-tadbirlarini keng safarbar qilish bilan
belgilanadi. Ekologiya huquqi murakkab ta'limot tizimiga ega bo`lib, tabiat
qonuniyatlari va jamiyat qonunlarining o`zaro moslashishi, muvofiqlashishi
natijasida shakllanadi, rivojlanyapti va taraqqiy etadi. Shuning uchun ham tabiatda
bo`ladigan o`zgarishlar, voqea-xodisalar bilan bog`liq nazariy ta'limot va bilimlar
o`z navbatida jamiyatning tabiat sir-asrorlari, ilmini chuqurlashtirishga xizmat
qiladi. Chunki, tabiiy bilimlarni o`rganish o`z navbatida jamiyatning tabiat bilan
bo`ladigan o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtiradi, har bir davlat ekologik
siyosatini yo`nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda tabiat qonunlarini o`rganish tabiiy resurslarning
rivojlanishi, o`zaro bog`liqligini darajasi ekologik tizimdagi muayyan tabiiy resurs,
tur va komponentlar sifat va miqdoriy o`zgarishlari, ularga bo`ladigan ta'sir
doiralarini aniqlash yoki bir so`z bilan aytganda tabiat ilmini o`rganishda tabiiy
fanlar tizimida o`z yo`nalishi, xususiyatlariga ega bo`lgan ekologiya fani tobora
rivojlanib bormoqda.
Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o`rganmoqchi bo`lsak, avvalambor
«Ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo`nalishlarini yetarli
anglashimiz kerak bo`ladi.
Ekologiya
–
murakkab tizimga ega bo`lgan, tirik organizmlarning yashash
sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab
munosabatlarini o`rganuvchi fandir.
1866 yilda nemis biologi o`z ilmiy asarida birinchi bo`lib «Ekologiya»
atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o`zaro va ularning
yashash muhiti bilan bog`liqligini o`rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi.
Ekologiya atamasi yunoncha «oikos»
–
turar joy, yashash muhiti, uy, -
«logos»
–
ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so`z bilan aytganda, ekologiya biz
yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir.
Ilm, fan-texnikaning rivojlanishi tabiat haqidagi bilimlarning kengayishi va
o`z navbatida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta'sirlarning keskinlashishi
ekologiyaning biologiya fanining kichik bir qismidan ajralib, alohida fan sifatida
rivojlanishiga olib keldi. Ekologiya
–
tabiat fanlarining barcha soha va
tarmoqlariga kirib borib, jamiyat hayotining muhim jabhalari hisoblangan
iqtisodiyot, siyosat, ma'naviyat-madaniyat, ijtimoiy majmualarni
qamrab oldi.
Tabiat va jamiyat hayotining barcha soha va yo`nalishlarini qamrab olgan ushbu
jarayon, ya'ni «Ekologiyalizatsiyalashtirish» asosida bugungi kunda murakkab
tizimga ega bo`lgan, global ahamiyatdagi ekologiya fani shakllandi. Ekologiya fani
hozirgi kunda 70 ga yaqin «Tabiat-jamiyat tizimida» gi ta'limot va g`oyalar
majmuasini o`z ichiga oladi, ya'ni, odam ekologiyasi, iqtisodiyot ekologiyasi,
muhandislik ekologiyasi, agro ekologiya, kimyoviy ekologiya, huquqiy ekologiya
va boshqalar. Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya
fanining tarkibiy qismlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda
ekologiya huquqi fanini oldida «Tabiat-jamiyat tizimi» da turli shakl va
yo`nalishlarda paydo bo`ladigan o`zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat
yo`nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog`liq
ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o`rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof
tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi ma'suliyatli vazifalarni
yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |