Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

4
§
.Sanoat tegralarida atrof muhitni muhofaza qilish. 
 
 
Ekologik  va  iqtisodiy  talablarni  ma'lum  bir  iqtisodiy  kengliklarda  amalga 
oshirish  mexanizmini  ishlab  chiqish  va  amaliy  tadbig`ini  yo`lga  qo`yish 
jamiyatdagi ekologik munosabatlarni  tartibga solishning eng samarali vositasidir. 
Ana  shunday  iqtisodiy  kengliklardan  biri  sanoat  tegralaridir.  Sanoat  tegralari  - 
ma'lum  bir  hududlarda  noqishloq  xo`jalik  sanoat  tarmoqlarini  joylashuvi  va 
ularning  ishlab  chiqarish  faoliyatini    yurgazishi.  Bunday  tegralarga  sanoat 
tarmoqlari  yoki  ularni  majmuasini,  ya'ni  mashinasozlik  va  metallurgiya 
korxonalari,  neft-gaz  sanoati  obyektlari,  yengil  va  oziq-ovqat  korxonalari, 


energetika  obyektlari  (AES,  GES,  GRES,  TES),  tog`-kon,  ximiya,  qurilish 
sanoatiga  qarashli  zavod,  fabrika  va  korxonalarni  aholi  punktlaridan  chetga  olib 
chiqilgan maydonlari kiradi. 
 
Sanoat  tegralarida,  biz  yuqorida  aytib  o`tganimizdek,  atrof  muhitni 
ifloslanishi, buzilishi va ekologik xavfsizlik talablari boshqa antropogen o`zgargan 
obyektlarga  nisbatan  o`ziga  xos  bo`lib,  ularda  umumjahon  ekologik  talablari 
qo`yidagilardan iboratdir: 
 
- texnologik jarayonlarning kamchiqitli va chiqitsizligini ta'minlash; 
 
-  ifloslantirish  va  zaharlanishni  kamaytirish  va  zararli  moddalarni 
neytrallashtirish; 
 
- energiyani alternativ turlaridan keng foydalanish; 
 
- ekologik xavfsiz mahsulotlar chiqarish; 
 
- tozalagich texnologiyalarini doimo takomillashtirib borish va ularni davlat 
nazoratida ushlab turish; 
 
-  ilmiy-texnologik  jarayonlarni  keng  tadbiq  qilish  yoki  tabiiy  resurslardan 
juda yuqori darajada samaradorlik bilan foydalanishni yo`lga qo`yish va h.k. 
 
Bunday  umumjahon  ekologik  talablar  sanoat  tegralaridagi  korxonalarning 
hamma ishlab chiqarish bosqichlarida qo`llashni taqazo qiladi: rejalash, loyihalash, 
joylashtirish,  qurish,  ishga  tushirish  va  tabiatga  ta'siri  bo`lgan  yangi 
texnologiyalarni joriy qilish jarayoni. 
 
Sanoat  tegralari  yoki  ularda  biron  bir  sanoat  korxonasini  joylashtirishni 
rejalashtirish  xalq  xo`jaligining  sohaviy  yoki  umumiy  iqtisodiy  rivojlantirish 
dasturlarida ekologik xavfsizlik talablarini inobatga olish bilan boshlanishi kerak. 
 
Sanoat korxonalarini joylashtirishning asosiy nazorat hujjatlaridan biri bo`lib 
ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishning  Sohaviy,  Hududiy  yoki  Bosh 
sxemalari  hisoblaniladi.  Bu  sxemalardan  sanoat  korxonalarini  loyihalash 
tashkilotlari  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilishning 
ruxsat  etilgan  me'yorlarini  (PDK,  PDV,  PDXV...)  inobatga  olgan  holda 
foydalanadilar.  Agarda  loyihalanayotgan  sanoat  korxonasi  shu  tegradagi  ekologik 
me'yor talablarga javob bermasa, loyihalashni to`xtatish kerak
1

 
Sanoat korxonalarini qurish vaqtida qurilish tashkilotlari loyihadagi ekologik 
va  sanitar  talablarini  bilishlari  va  ularga  to`lig`icha  e'tibor  berishlari  kerak.  Shu 
bilan birgalikda, loyihachilar avtorlik nazoratini, quvurchilar esa qurilish nazoratini 
olib  borishlari,  ekologik  xizmatchilar  esa  sanitar  nazoratni  amalga  oshirishlari 
shart.  Agarda  sanitar  va  ekologik  talablar  qurilish  davomida  buziladigan  bo`lsa, 
davlat nazorat organlari ularni bartaraf etish shartlarini ko`rib chiqish yoki qurilish 
ishlarini  to`xtatib  qo`yish  va  ekologik  xavfsizlikni  ta'minlash  bo`yicha  loyiha  va 
qurilish ishlarini qayta ko`rib chiqishni talab qilishlari mumkin. 
 
Ko`pgina  demokratik  mamlakatlar  qonunchiligida  sanoat  korxonalarini 
joylashtirish  va  qurishda  jamoat  birlashmalari  va  mahalliy  aholining  fikrlarini 
inobatga  olish  ko`zda  tutilgan.  Jamoatchilik  talabi  bilan  Yevropada  shimoliy 
daryolar  janubga  oqizilmaydigan  bo`ldi,  Qrimning  kurortlar  tegrasida  Qrim  AES 
                                                 
1 Spravochnik ekologa - eksperta. T.: Goskompriroda, 1997. 


qurilishi to`xtatildi, Germaniya va Belgiyada TESlarni qurilishi ekologik inqirozli 
hududlarda to`xtatilishi bunga yaqqol misol bo`la oladi. 
 
Sanoat  obyektlarini  qurish  jarayonida  eng  ko`p  uchraydigan  noekologik 
harakatlar loyihalarni qayta ko`rib chiqish va qurilish ishlarini arzonlashtirish yoki 
inflyatsion  jarayonlarga  oldindan  belgilashga  "smeta"  ko`rsatgichlarini  to`g`ri 
kelmasligi oqibatida ekologiyalashgan texnologiyalarni o`rnatmaslikdir. 
 
Sanoat  tegralarida  korxonalarni  ishga  tushirishdan  avval  ularni  ekologik 
ekspertizadan  o`tkazilish  shartlari  Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risidagi 
qonunning 
VI-bobida 
aniq 
ifodalanmagan 
bo`lsada, 
lekin 
rivojlangan 
mamlakatlarning  ekologik  qonunchiligida  aniq  aks  ettirilgan.  Xalqaro  normalarga 
muvofiq  sanoat  korxonalarining  ishga  tushirilishi  ekologik  xavfsizlikni  ta'minlab 
berish  imkoniyatiga  ega  bo`lmasa,  ya'ni  loyihada  ko`zda  tutilgan  tozalovchi  va 
chiqitlarni  zararlantirish  inshootlari  qonun  hujjatlaridagi  me'yorlariga  to`g`ri 
kelmasa,  bunday  sanoat  obyekti  o`z  faoliyatini  boshlay  olmaydi.  Shuning  uchun 
ham davlat, soha yoki buyurtmachi tomonidan tuziladi sanoat korxonalarini qabul 
qilish  komissiyasi  tarkibida  ekologik  nazorat  va  sanitar-epidemologik  nazorat 
organlarini qatnashuvini ta'minlash darkor. Qabul qilish komissiyasi raisi va uning 
a'zolari  ekologik  talablar  uchun  shaxsiy  javobgarliklari  jinoiy  va  ma'muriy 
kodekslarida ham ta'kidlab o`tilgan. 
 
O`zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risidagi  qonunning 
X-bob  41-moddasida  korxonalar,  tashkilotlar  va  boshqa  obyektlarni  joylashtirish, 
loyihalash,  qurish,  rekonstruksiyalash,  ulardan  foydalanish  va  ularni  tugatishga 
doir  ekologik  talablar  belgilangan.  Bu  moddada  ham  xo`jalik  yurgazish  vazifasi 
yuklatilgan  sanoat  yoki  boshqa  turdagi  korxonalarni  ishga  tushirish  bo`yicha 
muhim talablar nazarda tutilmagan. 
 
Ishlab  chiqarishni  yo`lga  qo`ygan  korxonalarga  ekologik  guvohnomalar 
berish  Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risidagi  qonunning  46-moddasiga  muvofiq 
amalga  oshiriladi.  Ekologiya  yoki  gigiyena  guvohnomasiga  ega  bo`lmagan, 
shuningdek  xo`jalik  yuritish  davomida  belgilangan  ekologik-sanitar  mezonlarni 
buzgan  korxonalar  xom  ashyo  va  materiallardan  foydalanishi,  texnologiya 
jarayonlarini  joriy  etishi  va  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarishi  man  etiladi. 
Ekologik guvohnomalar berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi 
va  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi  va  Sog`liqni  saqlash  Vazirligi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
 
Sanoat  tegralarida  tabiiy  resurslardan  foydalanish  limitlari  va  me'yorlari, 
atrof  muhitga  yetkazilgan  zararlarni  korxonalar  tomonidan  qoplashning  huquqiy 
normalari  Tabiatni  muhofaza  qilish  to`g`risidagi  qonunning  IV,  V,  XI-boblarida 
keltirilgan  bir  qator  moddalar  bilan  tartibga  solinadi.  Sanoat  tegralarida  ekologik 
talablarni xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo`pol ravishda buzmaganlarga 
avvalam  bor  iqtisodiy  javobgarlik  choralarini  qo`llash  (50-modda),  bu 
huquqbuzarliklar  bir  necha  bor  takrorlanganda  yoki  bir  marotaba  qo`pol  ravishda 
buzilsa  yuridik  javobgarlikning  jinoiy,  ma'muriy  yoki  fuqaroviy  turlarini  qo`llash 
maqsadga muvofiq bo`ladi. 
 
 



Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish