Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana19.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#151867
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

EMPIRIK METODLARI 
1. So‘rov metodi. 
 
Ushbu  metodni  ishlab  chiqish  XVIII  asrdan  boshlanib  ketgan  edi. 
hozirgi  vaqtda  bu  metod  keng  tarqalgan  va  ko‘p  qo‘llaniladigan  metod 
hisoblanadi. So‘rov metodining quyidagi turlarini ko‘rsatishimiz mumkin:  
1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‘rov bo‘lib, texnikasiga ko‘ra, 
tarqatiladigan  (anketa  tadqiqotchi  tomonidan  tarqatiladi  va  yg‘ib  olinadi) 
matbuot  orqali  (anketani  gazeta  va  jurnallarda  chop  ettirish),  telefon  yoki 
telesko’p  orqali,  ya'ni  texnik  vositalari  bilan  (televizor  yoki  telefonga  oid 
qo‘shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So‘rov turidir.  
2.  Suhbatlashish  (Intervyu)  —  suhbat  o‘tkazuvchilarni  (intervyuer) 
bir  qanchasini  talab  qiluvchi,  og’zaki  Sarovturidir.  Bu  So‘rov  klinik 
(respondentning  sub'ektiv  dunyosini  samimiyligi)  bir  nuqtaga  qaratilgan 


 
155 
(o‘rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‘rovlarga bo‘linadi.  
3.  Sotsiometrik  So‘rov—guruhdagi  shaxslararo  munosabatlarning 
yaxshi ko‘rish, yoqtirmaslik, do‘stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini 
o‘rganishga  qaratilgan.  Amerikalik  sotsial  psixolog  J.Moreno  tomonidan 
ushbu  So‘rov  metodi  ishlab  chiqilgan.  Bu  metod  guruh,  to‘planishiga 
zarurat  tug‘ilganda,  liderni  aniqlashda,  kollektivda  psixologik  klimatni 
aniqlashda va boshqa yo‘llarda qo‘llaniladi. 
4. Test o‘tkazish So‘rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema, 
rasmlar,  takliflar,  savollar  yordamida  shaxsiy  sifat  va  qobiliyatlarni 
namoyon  bo‘lishini  aniqlaydi.  Testlar  tematik,  birikmalari  (assotsiativ) 
intellektual  qobiliyatlarni  aniqlaydigan,  takliflarni  yakunlaydigan  turlarga 
bo‘linadi. 
5.  Ekspert  So‘rov  —  Bu  metod  ekspertlarga,  ya'ni  mutaxassislarga 
yon  beradi.  Bular,  asosan  muammo  bilan  shug‘ullanuvchi  mutaxassislar  
yoki    javobgar    shaxslardir.  Bunda  so‘ralayotganlarning  qiziqishlari 
e'tiborga olinishi kerak. 
6.  Panel  So‘rovlar  —  kishilarning  doimiy  doirasiga  mo‘ljallangan 
so‘rov bo‘lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o‘zgarishlarga 
ulargacha  va  ulardan  keyin  kiritiladigan  so‘rov  turidir.  Bu  metod 
guruhlarning  faqat  bir  belgisiga  ko‘ra  bir-birini  taqqoslash  va  farqlash, 
ya'ni  protsessning  sabab  va  oqibat  analizlarini  o‘rganish  maqsadida 
qo‘llaniladi.  Ko‘pincha  so‘rovning  bu  turi  eksperimental  tadqiqotlarga 
qo‘shimcha ravishda kiritiladi. 
7. Yaxlit So‘rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini, 
aholini  ro‘yxatga  olishni  o‘rganishda  qo‘llaniladi.  Yaxlit  so‘rovlar  barcha 
aholini yoki muammo bilan bog‘liq bo‘lgan bosh majmualarning so‘rovini 
o‘zida aks ettiradi. 
Ushbu  so‘rovlarning  har  biri  maxsus  xususiyatlarga  ega  bo‘lib, 
o‘tkaziladigan  tadqiqot  texnik  muammosini,  informatsiyaning  aniqligini 
o‘z-o‘zicha  hal  qiladi.  Ularni  o‘zaro  birlashtiradigan  vosita  bu  —  anketa 
so‘rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi.  
Anketa  —  empirik  ma'lum  o’t  olish  uchun  tadqiqotning  umumiy 
konsepsiyasi  va  yo‘nalishi  bilan  o‘zaro  aloqadorlikda  bo‘lgan,  kiritilgan 
gipotezani 
tekshirishga 
layoqatli 
bo‘lgan 
savollar 
sistemasining 
ifodalanishidir.  Anketa  tashkil  topishining  va  savollar  tuzilishining  bosh 
mezoni  bu  —  tushunmoqlikdir,  ya'ni  savollarni  alohida  izohlamoqda 
intilishdir. 
Savollar ob'ektiga ko‘ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga 
ko‘ra:  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  chetdan,  ochiq  va  yopiq  bo‘ladi  (ochiq  savollar, 


 
156 
javobni erkin shaklda bo‘lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va 
respondentning  tomonidan  tanlangan  bo‘lib,  uning  fikriga  mos  kelishi 
kerak); funksiyasiga ko‘ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni 
kuchaytirmoq  maqsadida),  bo‘linuvchi  (diqqatni  bo‘linishi  uchun,  bir 
guruhni  ikkinchi  guruhdan  ajratmoq  uchun),  nazoratlangan  (asosiy 
savollarni  javobini  tekshirish  uchun,  xotirani  tiklash  uchun,  savol-tuzoq 
ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo‘linadi. 
Savol-So‘rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu 
anketa  yoki  blankga  tadqiqotchining  fikri  joylashtirilib  respondentga 
yo‘llangan  bo‘ladi  va  undan  javobning  u  yoki  bu  tomonini  talab  qiladi. 
Sotsiologik  tadqiqotda  savollarning  bir  qancha  konsepsiyalari  mavjud. 
Masalan,  test  konsepsiyasi  shaxsning  belgilari  yoki  uniig  qobiliyatlarini 
aniqlashda  savolning  alohida  elementini  emas,  balki  bir  qancha 
elementlarni  aks  ettiradi.  Bunda  so‘rovning  natijalari  baholanadi,  alohida 
savollarga  javoblar  ahamiyat  kasb  etmaydi  va  ko‘p  javoblarning  elementi 
sifatida  analiz  qilinadi.  Savolning  bu  turi  kam  qo‘llaniladi.  Savolning  bir 
muncha  an'anaviy  turi  informatsion  konsepsiyadir.  Uning  har  bir  savoli 
voqelikni  yagona  semantik  informatsiya  bilan  ta'minlaydi.  Bu  ko‘rinishi 
tez-tez qo‘llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi:  
a) tadqiqot birligini o‘rganishni qo‘llaydi:  
b) har bir birlikdan informatsiya to‘plash uchun qanday savol berish 
kerak. 
Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo‘lib, anketa 
ishlab  chiqishda  va  aniq,  ma'lumot  olishda  maqsadga  yo‘naltirilgan 
natijalar  beradi.  Shundan  keyin  savollar  konsepsiyasi  aniqlab  olingach, 
sotsiolog  har  bir  savolni  ishlab  chiqishga  kirishadi.  Buning  uchun 
quyidagilarni  nazarda  tutish  kerak:  faktlar  to‘g‘risidagi  savollar  yengil 
formulirovka  va  analiz  qilinib,  respondentga  qiyinliklar  tug‘dirmasligi 
kerak.  (Siz  transport  vositasidan  foydalanasizmi?  Oliy  ma'lumotlimisiz? 
Va  x.k.)  Fikrlar,  nigohlar,  sabab  (motiv)lar  to‘g‘risidagi  savollar 
qiyinchiliklar  tug‘dirilishi  mumkni.  Bular  qiyin  formulirovka  qilinib  aniq, 
javoblar  olish  uchun  qo‘shimcha  kuchlar  talab  qiladi.  Taniqli  nemis 
tadqiqotchisi  E.Noel  quyidagicha  misol  keltiradi:  Janubiy  Germaniyada 
nima  uchun  ma'lum  markadagi  televizorlarni  kam  sotib  olishlarini 
o‘rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu 
savollar  nafaqat  ushbu xududda,  balki  boshqa  xududlarda  ham  taqqoslash 
uchun tarqatilishi kerak.  
Olingan  informatsiyani  nazorat  qilish  uchun  nazorat  savollar 
tayyorlanadi,  ular  ma'nosiga  ko‘ra  asosiy  tadqiqot  savollariga  o‘xshash 


 
157 
tasavvur  qoldiradi,  lekin  birinchi  ko‘rinishni  aniqlaydigan  birmuncha 
bekitilgan  formada  bo‘ladi.  Nazorat  savollar  chetdan  beriladi.  Shuni 
ta'kidlash 
lozimki, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
berilgan 
savollar 
salbiy 
munosabatlarni  keltirib  chiqaradi,  agarda  asosan  «nima  uchun»  degan 
savol  bilan  boshlansa.  Shuning  uchun  sotsiologlar  «nima  uchun»  degan 
savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish 
formasini  ishlatishni  ta'kidlaydilar  (Marhamat  qilib  ayting,  Sizning 
fikringizga nisbatan...?). 
Sotsiologning  anketa  tuzishda  yana  to‘qnash  keladigan  boshqa  bir 
muammosi  bu  —  standartlashtirish  bo‘ladi.  Standartlashgan  So‘rov  — 
ommaviy  so‘rovlarda  kerakli  bo‘lib,  bir  xillilikka,  terminologikka, 
mohiyatga  keltirishdir.  Standartlashtirish  natijalarni  taqqoslashga  imkon 
yaratib,  ma'lumotlarni  qayta  ishlashni  engillashtiradi.  Standartlashgan 
so‘rov yopiq, savollarni qo‘llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi, 
ya'ni  anketada  javob  bor  bo‘lgan  savollarni,  respondent,  o‘z  fikriga 
(variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan So‘rovning kamchiligi bu 
— individual xossasining yetarli bo‘lmaganini hisobga olish, ko‘rilayotgan 
savollarga  sub'ektiv  munosabatda  bo‘lishni  tashkil  etadi,  qachonki 
kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart 
bo‘lmagan  so‘rov  qo‘llaniladi.  Savollar  ochiq  formada  formulirovka 
qilinadi  va  har  bir  anketa  informatsiyaning  alohida  birligi  sifatida  olib 
qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy 
nazar  tadqiqotchi  tomonidan  belgilanadi.  So‘rov  metodida  asosiy 
tomonlardan  biri  bu  tushuntirish  muammosi  yoki  interpretatsiya  asosiy 
tomonlardan  biri  hisoblanadi.  Savollarni  tuzilishi  —  bunda  konsepsiya 
tushunchasinnng  terminlarini  So‘raluvchi  tarjima  qilihdan  iborat.  Savollar 
asosan,  So‘raluvchining  pozitsiyasidan,  uning  hayot  faoliyati  darajasidan 
kelib  chiqib  tuziladi.  Bu  tilning  o‘ziga  xos  xususiyatining  hisobini, 
respondentning  konkret  tafakkurini,  psixologik  xususiyatlarini  (alohida 
shaxsiy  savollarda,  foydada  va  boshqalarda  salbiy  reaksiya  berish), 
ma'lumot  darajasi  (chuqur  bilimga  egalik),  diniy  yoki  siyosiy  xarakterdan 
qo‘rqish  va  boshqalarni  farz  qiladi.  Savollar  qisqa  va  aniq,  ikki  xil 
tushunishga  yo‘l  qo‘ymaydigan,  imkoniyatiga  ko‘ra  bir  xil  ma'noli 
formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta 
ishlashda,  balki  tadqiqotchi  tomonidan  informatsiyani  analiz  qilish 
jarayonida  ham  ishlatiladi.  Bunday  yo‘lda,  u  tadqiqotchining  mahorati  va 
tadqiqot apparatining qayta nshlangan darajasiga bog‘liq, bo‘ladi. 
 Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz, bunda 
anketaning  joylashishi  va  uning  ketma-ketligi  o‘rin  olgan.  Empirik 


 
158 
tadqiqotlar 
praktikasida 
maqsadga 
muvofiqlashgan 
ketma-ketlik 
anketasining  mazmuniga  ko‘ra  tarqatish  murakkabdir.  Anketa  har  doim 
So‘ralayotgan  shaxsga  murojaatdan  boshlanadi  va  unda  quyidagilar 
ko‘rsatiladi:  
a) qanday tashkilot, boshqarma So‘rov o‘tkazyapti;  
b) umumiy yo‘llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar 
qanday  qo‘llanishi,  tadqiqotda  respondent  ishtirokining  shaxsiy  ahamiyati 
ko‘rsatiladi;  
v) javoblarning yashirincha bo‘lishi anonimlik kafolatlanadi.  
Bulardan  keyin  anketani  to‘latish  qoidalari  va  qaytarib  berish  usuli 
keladi.  Murojaat  va  qoidalar,  odatda  anketaning  tashqi  tomoni,  ya'ni 
muqovasiga 
joylashtiriladi. 
Keyin 
boshqa 
varaqalarga 
savollar 
joylashtiriladi.  
Anketa  murakkab  vaziyatda  emas,  balki  oddiy  savollar  bilan 
boshlanadi.  Bu  savollarga  faktlar,  egallab  turgan  darajasi  (lavozimi), 
shug‘ullanadigan ishi va o‘.q.lar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy 
qismida  ma'nosiga  ko‘ra  asosiy  bo‘lgan  savollar  joylashtiriladi.  Ular 
belgilangan  mantiqiy  izchilligi,  ko‘rilayotgan  dasturi  nazorat  savollari 
bilan  almashinib  turadi.  Asosiy  qismning  ikkinchi  bo‘lagida  bir  muncha 
murakkab  va  qaltis  masalalar  joylashtiriladi.  Sotsiologik  tadqiqot 
praktikasining 
ko‘rsatishicha, 
anketa 
savollariiing 
katta 
qismini 
to‘ldirgach,  respondent  ishni  oxiriga  yetkazishga  psixologik  jihatdan  
tayyor bo‘ladi. Anketaning, so‘ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi, 
shaxsning  ob'ektiv  ahvoli  va  statusi  ko‘rsatilgan  savollar  joy  oladi  (jinsi, 
yoshi,  oilaviy  ahvoli).  So‘rov  o‘tkazish  vaqtida  sotsiolog  yana  tadqiqot 
o‘tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta 
orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‘rov boshqa 
so‘rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib, 
anketani  tarqatadi  va  birmuncha  vaqtdan  keyin  uni  yig‘ib  oladi.  Bunda 
respondentlarni  100%  so‘rovga  jalb  etish  mumkinligi  kutiladi,  matbuot 
yo‘li bilan o‘tkaziladigan so‘rovda, anketani yig‘ib olish 5% tashkil etishi 
mumkin.  
So‘rov  o‘tkazishda  «neytral  xudud»  tanlanadi,  ya'ni  rahbar 
xodimning  kabineti  emas,  intervyu  iloji  boricha  bir  xil  yondashish  turli 
jinsdagi  kishilar  orasida  do‘stona,  xotirjamlik,  yaxshi  kayfiyat  bilan 
o‘tkazilishi kerak. Tadqiqotni xoxlovchilar orasida emas, tanlab olinganlar 
orasida o‘tkazish kerak.  
 
 


 
159 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish