Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


 Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/37
Sana19.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#151867
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

2. Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari 
 
Sotsiologiyaning  o‘ziga  xos  sohasi  sifatida,  ta'lim  sotsiologiyasi 
dastavval  ta'lim  tizimi  va  jamiyatning  o‘zaro  harakati  va  o‘zaro 
munosabatlari umumny masalalari, uning o‘rni va ijtimoiy tizimdagi rolini 
o‘rganadi.  Bularga  taraqqayotning  ijtimoiy  sharoitlari,  turli  ta'lim 
tizimining ishlab turishida va rivojlanishida, birinchi navbatda zamonaviy, 
ularni  ijtimoiy  jarayon  va  ilmiy-texnik  talablar  bilan  yuzaga  keltirishlilik, 


 
120 
ta'lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta'lim 
tizimida  ijtimoiy  tenglik  (yoki  notenglik)  printsiplarini  amalga  oshirish, 
uning  jamiyat  ijtimoiy  tuzilishi  va  ijtimoiy  harakatchanlik  bilan  o‘zaro 
bog‘liqligi  va  o‘zaro  harakati,  ta'lim  tizimida  jamiyat  ehtiyojlari  va 
talablarini,  ijtimoiy  gyryhlap  va  shaxslar,  ijtimoiy  tuzilish  o‘zgarishida  va 
takror  ishlab  chiqarishda  ta'lim  tizimining  rolini,  ta'lim  tizimining  boshqa 
ijtimoiy  institutlar  bilan  o‘zaro  munosabatlari  va  hokazo  muammolari 
kiradi.  Ta'lim  sotsiologiyasi  ta'lim  va  sotsiumning  chuqur  va  mustaqil 
o‘zaro  bog‘liqligini  tan  olishdan  kelib  chiqadi.  Bir  tomondan,  aynan 
ijtimoiy  sharoitlar  va  omillar  bevosita  ta'lim  tizimining  xususiyati,  turini 
aniqlaydilar  va  shuning  uchun  ta'limning  optimal  tizimiga  erishish  uchun 
mos  ijtimoiy  dastlabki  shart-sharoitlar  va  fikrlar  zarurdir;  boshqa 
tomondan, 
ushbularning 
kerakli 
o‘zgarishisiz 
ta'lim 
tizimini 
mukammallashtirmasdan turib, erishib bo‘lmaydi. Bunda shunisi muhimki, 
jamiyat  ishlab  chiqarishining  erishilgan  rivojlanish  darajasiga  nisbatan 
ilmiy-texnik  va  ijtimoiy  taraqqiyotni,  ta'lim  rivojlanishining  ilgarilab 
ketishini  shunday  ta'minlashi  kerakki,  ya'ni  u  nafaqat  bir  lahzalik  balki 
kelajak  ijtimoiy  talablarga  javob  bersin.  Real  hayotda  shu  asosda  jamiyat 
talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo‘lgan 
ta'lim  tizimi  o‘rtasida  doim  turli  qarama-qarshiliklar  paydo  bo‘ladi  va 
echiladi.  Bu  qarama-qarshiliklar  va  ularni  echish  jarayonlarini  tadqiqot 
qilish  ta'lim  sotsiologiyasi  vazifasiga  kiradi.Ta'limning  ijtimoiy  roli  va 
ijtimoiy funktsiyalariga bag‘ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir. 
Odatda,  quyidagi  muhim  funksiyalar  ajralib  turadi;  a)  madaniyatni 
tarqatish  va  avloddan-avlodga  ko‘rsatish  funksiyasi;  b)  jamiyat 
madaniyatini 
saqlovchi 
va 
generator 
funksiyasi; 
v) 
shaxsni 
sotsializatsiyalash  funksiyasi,  ayniqsa,  yoshlarni  va  ularning  jamiyatga 
integratsiyasi,  holbuki,  madaniy  merosni  o‘zlashtirmasdan  jamiyat 
taraqqiyoti  va  shaxs  rivojlanishini  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi;  g)  ijtimoiy 
tanlov  (seleksiya),  jamiyat  a'zolarini  differentsiatsiyalash  funksiyasi, 
birinchi  navbatda  yoshlarni,  chunki  jamiyat  ijtmoiy  tuzilish  o‘zgarishi  va 
ishlab  chiqarishni  individual  va  ijtimoiy  harakatchanlik  ta'minlaydi, 
modomiki,  shaxsning  ijtimoiy  statusini  aniqlashda  bugungi  kunda  muhim 
o‘lchov  bo‘lib  xizmat  qiladi;  d)  ijtimoiy  madaniyat  o‘zgarishlari 
funksiyasi, ayni paytda aynan ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni tadbiq, 
qilishga  va  uning  madaniyatini  boyitishga  yo‘naltirilgan  ko’plab  yangi 
fikrlar,  nazariyalar,  ihtirolar  ishlab  chiqilmoqda;  e)  ijtimoiy  nazorat 
funktsiyasi  va  hokazo.Ta'lim  sotsiologiyasida  ta'lim  tizimi  o‘z  ijtimoiy 
tamoyillarini o‘rtanish muhim o‘rin egallaydi; o‘quv yurtlari ijtimoiy tizim, 


 
121 
ijtimoiy  institut  va  ijtimoiy  tashkilotlar  sifatida;  o’quv  faoliyati  ta'lim 
sohasida  ijtimoiy  faoliyatning  asosiy  ko‘rinishi  sifatida;  ta'lim  tizimi 
ijtimoiy  tuzilishi  (o‘quvchilar,  pedagoglar,  ta'lim  tashkilotchilari  va 
boshqalar),  o‘quvchilar,  o‘qituvchilar  hayot  tarzi  va  ijtimoiy  ko‘rinishi, 
ijtimoiy  rollari,  ijtimoiy  statusi  va  boshqalar.  Ta'limda  zamonaviy  inqilob 
sohasida  sotsiologik  tadqiqotlar  katta  ahamiyatga  ega.  Qariyb  o‘n  yillar 
oldin  xalq  xo‘jaligida  band  bo‘lganlarning  undan  to‘qqizi  o‘rta,  o‘rta 
maxsus  va  oliy  ma'lumotga  ega  edi.  Aftidan,  bunday  yuqori 
ko‘rsatkichlardan  tamomila  qanoat  hosil  qilishlik  mumkin.  Lekin 
sotsiologik  tadqiqotlar  ta'lim  tizimnning  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlari 
o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshilikni ko‘rsatadi, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy-
texnik  va  axborotlar  inqilobi  talablariga  mos  yosh  mutaxassislarni 
tayyorlash  darajasi  va  xususiyati  nomunosibligini  aniqlaydi.  Sotsiologlar 
va boshqa  mutaxassislar tomonidan jamiyatimizni  madaniy, shu jumladan 
ta'lim  salohiyatining  tez  o‘sishi  va  undan  ishlab  chiqarish  va  boshqa 
sohalardagi  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  past  sur'atlari  sharoitlarida 
ratsional foydalanishning mumkin emasligi  o‘rtasidagi, jamiyat ehtiyojlari 
bilan yoshlarning ijtimoiy qarashlari o‘rtasidagi, umumiy va kasb bo‘yicha 
ta'lim  tizimi  va  hokazolar  o‘rtasidagi  haqiqiy  jiddiy  qarama-qarshiliklar 
ochib berilgan. 
Ta'lim  sotsiologiyasi  bo‘yicha  mutaxassislar  jamiyat  ehtiyojlaridan 
maktabni  ajratishni  mo‘ljallashni  bartaraf  qilishga  yo‘naltirilgan  ta'limni 
qayta  ko‘rish  dasturini  ishlab  chiqishda  faol  qatnashmoqdalar.  Bu  erda 
ta'lim  tizimi  to‘g‘risidagi  jamoat  fikrini  muntazam  o‘rganish  muhim  o‘rin 
egallaydi.  Ta'limni  tubdan  yangilash  tarafdori  bo‘lish,  uni  eskicha  o‘ta 
mafkuralashtirish  va  siyosiylashtirishdan  voz  kechib,  shuningdek  ta'limni 
real hayotdan ajratishdan voz kechib, muhimi bir vaqtning  o‘zida o‘tmish 
tajribalaridan  qolgan  o‘sha  oz  bo‘lsa  ham  ma'qulini  yo‘qotmaslik  bizni 
ta'lim  tizimimizni  yarim  asr  ilgari  haqiqatda  dunyo  miqyosiga  nisbatan 
afzalroq qilgan edi. 
Ta'lim  tizimining  rivojlanishi  yangi  bozor  sharoitlarida  ancha 
murakkab muammolarni yuzaga keltiradi, ularni sotsiologik tadqiqot qilish 
ta'lim  sotsiologiyasining  muhim  va  aktual  masalalaridan  hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  ta'lim  tizimining  gumanizatsiyasi  va  demokratizatsiyasi, 
o‘quv yurtlarining mustaqilligini, avtonomligini kengaytirish, davlat o‘quv 
yurtlarini  xususiylar  bilan  birga  olib  borish,  pulsiz  va  pulli  o‘qitishlar  va 
boshqa  jiddiy  yangi  kiritishlarni  uyg‘unlashtirish  vatanimiz  ta'lim  tizimi 
ishiga  butkul  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatdi,  uning  shakli  va  usullarining  turli-
tumanligini kuchaytirdi, novatorlik va hokazolar uchun yo‘l ochildi. 


 
122 
 
 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish