Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/37
Sana19.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#151867
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

An'anaviy  harakat  -  madaniy  an'analarda  ifodalangan  xatti-harakat 
timsollariga,  taqlidga  asoslangan  harakatni  bildiradi.  Bunday  harakat 
oqilona xususiyatga ega bo‘lmay, harakat jarayoni avtomatik ravishda yuz 
berayotgan  jarayon  ko‘rinishini  oladi,  sub'ektivlar  har  qanday  vaziyatda 
ham takrorlanuvchi va ko‘nikib qolingan an'analarga, odatlarga asoslanadi. 
An'anaviy  harakat  yuzaki  qaraganda  ob'ektiv  oqilona  tarzda  ko‘rinishi 
mumkin,  lekin  uning  haqiqiy  mohiyati  sub'ektiv  nooqilona  asosga  egadir. 
An'anaviy  harakat  ham  affektiv  harakat  kabi  inson  xatti-harakatining 
chegarasini  bildiradi.  Lekin  bu  harakatning  ahamiyati  shundaki,  odat  va 
ko‘nikmalarga  asoslangan  harakatlar  jamiyat  hayotida  juda  ko‘p  o‘rin 
tutadi.  Individning  xatti-harakati  o‘zida  harakatning  barcha  turlariga  xos 
bo‘lgan  xususiyatlarini  saqlaydi.  Bunda  maqsadli-oqilona,  ham  qadriyatli 
oqilonalik,  affektivlik,  an'anaviylik  belgilari  bo‘ladi.  Turli  jamiyatlarda 
ba'zi  harakat  vaziyatlari  kuchliroq  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  an'anaviy 
jamiyatda an'anaviylik va affektivlik, oqilonalik va qadriyatli oqilonalikka 
nisbatan  ustunroq  bo‘ladi.  Aksincha,  industrial  jamiyatda  oqilonalik  va 
qadriyatli harakat nisbatan ustun bo‘ladi. 
Insonning  sub'ektiv  dunyosi  ijtimoiy  hayot,  ijtimoiy  jarayonlarning 


 
69 
shaxs jihati sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jamiyat rivojlangan sari maqsadli ratsional harakat kuchayib boradi. 
Demak,  harakat  individning  g‘oyalar  va  vaziyat  sharoitlari  ta'siri 
ostida  o‘z  maqsadlariga  erishish  vositalari  yuzasidan  sub'ektiv  qarorlar 
qabul  qilishni  anglatar  ekan.  Albatta  bu  alohida  olingan  harakat  bo‘lib, 
ijtimoiy  harakat  ko‘pgina  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  mana 
shunday harakatlarning muntazam qatorlarini o‘z ichiga oladi. 
Maqsad  harakatning  zarur  elementidir.  Maqsad  harakat  qiluvchi 
istagan  holatdir.  Demak,  maqsadlar  kutilgan,  tasodifiy  yoki  qandaydir  bir 
bilimlar  natijasida  tanlangan  bo‘lishi  mumkin.  Maqsad  ma'lum  bir  vaqtni 
taqozo  etadi.  Vaqtdan  tashqari  u  ahamiyatini  yo‘qotadi.  Maqsad  xato 
bo‘lishi,  ya'ni  maqsad  va  vositalarning  noto‘g‘ri  tanlanishi,  ularning  bir-
biriga  muvofiq  kelmasligi  natijasida  maqsadning  amalga  oshmasligi 
mumkinligini ham unutmaslik kerak. 
Vaziyat  esa  harakatning  tashqi  qobig‘idir.  Vaziyatning  asosiy 
xususiyati  shundan  iboratki,  u  maqsadga  nisbatan  boshqa  yo‘nalishda 
rivojlanadi.  Harakat  qiluvchining  vaziyat  ustidan  nazorat  qilishi  harakat 
sharoitlari  va  vositalari  yordamida  olib  boriladi.  Harakat  sharoiti  harakat 
qiluvchi o‘zgartira olmaydigan elementdir.  
Harakatning  normativ  (me'yoriy)  yo‘nalganligi  ham  muhimdir. 
Chunki  harakatda  doimo  me'yoriy  yo’nalganlik  mavjud  bo‘ladi.  Me'yor 
harakatni namunaga muvofiklashtirishga bo‘lgan intilish bilan ifodalanadi. 
Me'yoriy elementning belgilari quyidagilar: a) harakat qiluvchida u yoki bu 
qabul  qilingan  me'yorga  amal  qilishga  bo‘lgan  intilishning  mavjudligi;  b) 
harakat  qiluvchining  har  qanday  imkoniyatlardan  qat'iy  nazar,  shaxs 
sistemasi  oldinga  qo‘yilgan  maqsadga  erishish  zaruriyatini  tan  olishi. 
Me'yoriy  yo‘nalganlik  ijtimoiy  harakat  nazariyasida  muhim  o‘rin  tutadi. 
Ma'lum 
me'yorlarga 
intilmaydigan 
harakat 
mavjud 
bo‘lolmaydi, 
kelmaydigan mexanik harakat bo‘lmaganligi kabi bo‘lmaydi. 
Harakat  tizimi  murakkab  tuzilishiga  ega.  Ijtimoiy  harakat  doimo 
boshqa  harakat  qiluvchilarning  o‘zaro  yo‘nalganligini  va  umumiy 
qadriyatlar  asosida  o‘zaro  integratsiyasini  tashkil  etadi.  Bu  darajada 
ijtimoiy  harakat  quyidagi  tushunchalar  bilan  izohlanadi:  harakat  qiluvchi; 
me'yoriy  yo‘nalganlik,  maqsad,  vaziyat,  boshqa  harakat  qiluvchi,  o‘zaro 
yo‘nalganlik,  qadriyatlar.  Harakat  sistemasi  bu  harakat  elementlaridan  va 
harakatlar 
o‘rtasidagi  murakkab  o‘zaro  aloqalardan  iborat.  Bu 
munosabatlar quyidagilardir: 1) sistema tushunchasi bilan bog’liq ravishda 
yuzaga  keladigan  munosabatlar;  2)  individ  yoki  harakat  qiluvchi  deb 
ataladigan  birikmalarda  yuzaga  keladigan  munosabatlar;  3)  ijtimoiy 


 
70 
guruhdagi  individlarning  o‘zaro  aloqasi  natijalarida  yuzaga  keladigan 
munosabatlar,  harakat  ma'lum  bir  qismlardan  iborat,  ularni  biz  sistemalar 
deb ataymiz. Ba'zi sotsiologlar jumladan T. Parsons harakat elementlaridan 
iborat uchta tizimni ajratib ko‘rsatadi: 1) ijtimoiy tizim; 2) shaxs tizim; 3) 
madaniyat  tizimi.  Ijtimoiy  tizim  va  shaxs  tizimi  motivlangan  salbiy 
harakatni  tashkil  qiladi.  Madaniyat  tizimi  esa  ramziy  nusxalar  tizimining 
mohiyatini  bildiradi.  Umumiy  bir  harakat  tizimini  tashkil  qiluvchilari 
quyidagilardir:  1)  harakat  qiluvchi  organizm  (moslashuv  funksiyasini 
bajaradi);  2)  shaxs  tizimi  (maqsadga  erishish  funksiyasini  bajaradi);  3) 
ijtimoiy  tizimi  (integratsiya  funksiyasini  bajaradi);  4)  madaniyat  tizimi 
(latentlik vazifasini bajaradi). 
Ijtimoiy harakat tizimi ikki darajadagi  o‘zga voqelik-orasida mavjud 
bo‘ladi.  Bu  ikki  daraja  harakat  sistemasiga  kirmaydi,  bular  fizik  organik 
tashqi muhit va oliy fikrni voqelikdir. Ular orasidagi ta'sirlar quyi darajada 
harakat  qiluvchi  organizm  yordamida,  yuqori  darajada-madaniyat 
yordamida  yuz  beradi.  Bu  ta'sirlar  quyi  darajada  harakatni energiya  bilan, 
yuqori darajada esa axborot va nazoratni ta'minlaydi. 
Ijtimoiy  harakatning  funksional  jihati  ijtimoiy  munosabatlarning 
amal qilishi, buzilishi va o‘zgarishi jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Bunda 
uch  tizim,  ya'ni  madaniyat,  shaxs  va  ijtimoiy  tizim  uch  birlashtiruvchi 
markaz sifatida barcha harakat tizimlarining tarkibiy asosida yotadi. Bular 
bir-birini  to‘ldiruvchi  tizimlar  bo‘lganligi  sababli  ularning  o‘zaro 
munosabatlarisiz  birorta  ham  harakat  tizimi  mavjud  bo‘la  olmaydi. 
Umumiy tarzda buni 2-chizmadan ko‘rsa bo‘ladi: 
                                               2-chizma 
 _____________________________________ 
Shaxs 
sistemasi                                    
Ijtimoiy  sistema                                                                    Madaniyat  sistemasi   
________________________________________                              
harakat qiluvchi                         o‘zoro yo‘nalganlik  
maqsad  sharoit umumiy vosita  boshqa  harakat  qiluvchi  qadriyatlar  
me'yor___________________________________________ 
 
Ma'lumki, insonning ijtimoiy voqelikka nisbatan munosabati faoliyat 
tushunchasi bilan ifodalanadi. Aynan insonning amaliy faoliyati uni  o‘rab 
turgan moddiy, tabiiy va ayniqsa ijtimoiy dunyoni o‘zgartirishga qaratilgan 
bo‘ladi. Shu bilan birga insonning tashqi dunyoni o‘zgartirishga qaratilgan 
harakati uning faoliyatining boshqa barcha turlari uchun asos hisoblanadi. 
Lekin  shaxs  boshqa  insonlar  bilan  hamkorlikdagina  amaliy  faoliyat 
yuritadi.  Umuman  insonning  amaliyotdagi  faoliyati  (harakati,  xulq-atvori) 


 
71 
sub'ekt-ob'ekt va sub'ekt-sub'ekt munosabatlari birligida namoyon bo‘ladi. 
Bu  yerda  sub'ekt-ob'ekt  munosabatlari  insonning  tashqi  muhitni  sun'iy 
qurol  va  vositalar  yordamida  o‘zlashtirishini  anglatsa,  sub'ekt-sub'ekt 
munosabatlari esa ushbu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi muloqatni 
ifodalaydi.   
Ijtimoiy  harakatni  keng  va  tor  ma'noda  tushunish  mumkin.  Keng 
ma'noda 
ijtimoiy 
harakat 
ijtimoiy 
voqelikni 
o‘zgartirish 
va 
takomillashtirishga  qaratilgan  faoliyat  turi  hisoblanadi.  Tor  ma'noda  esa 
ijtimoiy  harakat  shaxs  yoki  ayrim  ijtimoiy  guruhlarning  mavjud  ijtimoiy 
voqelikka moslashishga qaratilgan harakat tizimini anglatadi. 
Ijtimoiy  harakatning 
shakllari 
ham  turli-tumandir. 
Ijtimoiy 
harakatning  asosiy  shakli  moddiy  ne'matlar  ishlab  chiqishiga  qaratilgan 
xatti-harakat hisoblanadi. Boshqa  muhim ijtimoiy harakat  bu insonlarning 
o‘zaro  munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  faoliyatidir.  Ijtimoiy 
rivojlanish  jarayonida  bu  faoliyat  bir  necha  qismlarga  ajralib  ketishini 
kuzatsa  bo‘ladi.  Bular  sinfiy  kurash  ijtimoiy  o‘zgarishlar,  revolyutsion 
harakatlar  ko‘rinishida  yuz  beradigan  harakatlardir.  Bundan  tashqari 
kishilar  faoliyatida  texnik,  ilmiy  faoliyat  kabi  harakat  ko‘rinishlari  ham 
namoyon bo‘ladi. 
        

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish