Radioaktiv xavfli ob’ektlaridagi avariyalar
Ma’lumki, o’zidan nur tarqatish va odam organizmida “nurlanish” deb nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo’lgan radiasiyaviy materiallar iqtisodiyot ob’ektlarining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kelinmoqda. Bularni saqlash, tug’ri ishlata bilish, tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa og’ir oqibatlarga - atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga, odamlarning, mavjudotlarning nobud bo’lishi va o’simliklarning yaroqsiz holatga kelib qolishiga sabab bo’ladi.
Hammasi bo’lib respublika hududida 200 dan ortiq kimyoviy xavfli ob’ektlar bor. Ularda ishlab chiqariladigan yoki iqtisodiyotda turli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, saqlanadigan suyuq qattiq gaz holatdagi inson, hayvon sog’ligi uchun zararla kuchli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar turi ko’p. Kuchli ta’sir etuvchi moddalardan ayrimlari to’g’risida quyidagi tafsilotni keltirish mumkin:
Xlor - odatdagi sharoitda qo’llansa hidi bor, sarg’ish-yashil gazsimon, havodan 2,5 baravar og’ir. 34°S haroratda suyuq holatga o’tadi. Suvda yaxshi eriydi (+ 20°S haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi), organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi moddalar, ma’danlar bilan, ko’pchilik ma’danmas moddalar va organik moddalar bilan o’zaro yaxshi ta’sir etadi. Bo’g’uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo’lgan miqdori - 0,03 mg/m3, agar moddaning miqdori 10 mg/m3 bo’lsa inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/ m3 ni tashkil etsa o’limga olib kelishi mumkin.
Ammiak - odatdagi sharoitda o’tkir novshadil spirti hidi bor rangsiz gaz, havodan yengil. 33°S haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o’tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasida portlash xususiyati bo’ladi (harorat 18°S bo’lib, aralashma tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo’lsa). Bo’g’uvchan va nervotrop ta’sir etadi. Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo’lgan miqdori 0,04 mg/m3, eng ko’pi bilan 0,2 mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40-80 mg/m3 bo’lsa, ko’z achishib yoshlanadi, nafas olish yo’llari qattiq achishadi. Gazning o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan miqdori 1500-2700 mg/m3 ga teng. Gazning suvdaga 10% eritmasi novshadil spirti deb nomlanadi, 18-20% eritmasi esa ammiakli deb aytiladi. Amiak gazi sanoat miqyosidagi sovitgichlarda ishlatiladi. Amiak gazini saqlash va ma’lum masofaga tashib oborish siqilgan holda 6-18 kgs/sm3 bosimga ega bo’lgan metall idishlarda olib boriladi.
Xlor nafas olish yo’llarini qichishtiradi, o’pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o’ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: kon’yunktivit (ko’z oldi shilliq pardasining yallig’lanishi), tanglay va tomoqning qizarishi, bronxit, nafas qisishi, ovoz bo’g’ilishi, ko’z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo’tal, shilimshiq va qoya aralash balg’am ajralishi, badan ko’karishi, hushdan ketish.
Do'stlaringiz bilan baham: |