- izdan chiqqan ishlab chiqarishni qayta tiklashga tayyorlash:
- ob’ektning ehtimol bo’lgan shikastlanit variantlarini ishlab chiqish hamda qayta tiklash ishlari xarakteri va taxminiy hajmini aniqlash (iqtisodiyot ob’ektlarini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqish);
- qayta tiklash ishlarini bajaruvchi ixtisoslashgan bo’linmalarni tashkil etish va tayyorlash;
- imorat va inshootlarni qisqa muddatlarda qayta tiklash shartlariga javob beradigan engil, o’tga chidamli va juda pishiq qurilish materiallaridan ommaviy tarzda buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishga tayyorlash;
- qurish-qayta tiklash ishlari uchun kerakli qurilish, texnologiya va boshqa hujjatlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash;
- eng muhim sanoat, transport, aloqa ob’ektlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi ob’ektlarini qurilish-montaj tashkilotlariga biriktirib qo’yish.
Yuqorida qayd etilgan tabiiy ofatlar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya va boshqalar fuqaro muhofazasining o’rni va vazifalariga boshqacha ko’z bilan qarash kerak ekanligini ko’rsatib berdi.
Ma’lumki, respublikamiz hududining katta qismi seysmik faol xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xos geologik, gidrogeologik va iqlim sharoitiga ega.
Bunday omillar qurilish ishlarida loyihaning mukamalligini, qurilish texnologiyasining ishonchligi va sifatli ijrosini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob’ektlarining mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab turgan bino va inshootlarni texnik holatini me’yoriy darajada saqlashdek muhim vazifalarni qo’yadi.
Kimyoviy va radioaktiv xavfli ob’ektlardagi avariyalar
Kimyoviy xavfli inshoot - iqtisodiyot korxonasi bo’lib, faoliyat ko’rsatish davrida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.
Kimyoviy inshootni muhofazalashni harbiy holatda huquqiy ta’minlanishi “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida bayon etilgan. Kimyoviy zaharlanish maydoni - ma’lum o’lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlardir.
Zararlanish manbai - kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi falokat tufayli odamlarning, o’simliklarning, jonivorlarning zaharlanishi.
Ta’sirchanlik - kimyoviy modda xossasi bo’lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin bo’lgan modda miqdori bilan belgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va boshqalar).
Miqdori - miqdor o’lchov birligi g/m3 yoki mg/l larda o’lchanadi.
Kimyoviy xavfli inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma’lum turlarga ajratiladi - miqdori, ta’sir kuchi, saqlash qonun-qoidasi va boshqalar.
Kimyoviy xavfli korxonalardagi halokatlarning tavsiflanishi.
1- portlash tufayli sodir bo’lgan halokat, texnologik jarayon ishdan chiqqan, muhandislik qurilmalari buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to’xtab qolgan. Katta miqdorda moliyaviy yordam tiklashga talab etiladi.
P - halokat natijasida asosiy yoki yordamchi texnologik qurilmalar ishdan chiqqan, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun ma’lum miqdordagi yordam kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |