Toshkent davlat transport universiteti muhandislik geodeziyasi


Balandlik tayanch nuqtalari



Download 25,07 Kb.
bet2/2
Sana26.07.2021
Hajmi25,07 Kb.
#129633
1   2
Bog'liq
Xaydarov J

Balandlik tayanch nuqtalari (geodeziyada) — joyda oʻrni maxsus belgi — reper yoki marka bilan belgilanib, mutlaq balandligi juda aniq topiladigan nuqtalar (punktlar). Qurilishda, okean va dengiz sathi farqini aniqlashda, topografik planlarni tuzishda, yer qobigʻining koʻtarilganligi yoki pasayganligi (choʻkkanligi)ni bilish va boshqalarda qoʻllaniladi

Hech qanday oʻlchamga ega boʻlmagan eng sodda geometrik jismga nuqta deyiladi. Nuqta A,B,C,D kabi belgilanadi.



Nuqta — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qad. tinish belgilaridan biri (•); 11-asrda arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. 19-asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida N. quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi: 1) darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda); 2) orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroqboring . Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin); 3) bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqart-malardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda N. qoʻyilmaydi; 4) raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart); 5) baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyilad

Yer yuzidagi joyning geografik o`rnini aniqlash uchun uning geografik kengligini va geografik uzunligini bilish zarur. Joyning geografik kengligi va geografik uzunligi birgalikda shu joining geografik koordinatasi deb ataladi.

  Globus va xaritadan joyning geografik koordinatasini aniqlashni quyidagi misollar yordamida o`rganishingiz mumkin: Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrining geografik koordinatasini aniqlash kerak bo`lsin. Buning uchun avvaliga globus yoki Sharqiy yarimshar xaritasidan London shahri joylashgan geografik kenglikni aniqlash lozim.

  Globusdan London ekvatorga nisbatan shimol tomonda, ya`ni 50 daraja va 60 daraja shimoliy kengliklar orasida joylashganligini ko`rish mumkin. Shaharning geografik kengligini aniqroq bilish uchun 50 daraja va 60 daraja parallellar orasini chirg`ich yordamida o`lchaymiz va uni 10 qismga bo`lib chiqamiz. Bu har bir qism 1 darajadan iborat bo`ladi. Aniqlash mumkinki, London shahri ana shu 10 ta qismning birinchi qismiga to`g`ri keladi. Shuning uchun 50 darajaga 10 ni qo`shamiz. Bu esa shaharning geografik kengligi 51 daraja sh.k. ekanligini ko`rsatadi. Buyuk Britaniyaning poytaxti Bosh meridianda joylashgani uchun uning geografik uzunligi 0 daraja bo`ladi. Demak, London shahrining geografik koordinatasi 51 daraja sh.k. va 0 darajali geografik uzunlik ekan.

 Toshkent shahrining geografik koordinatasini aniqlaylik. Poytaxtimiz ham ekvatorga nisbatan shimolda joylashgan. Shuning uchun u  shimoliy kenglikka ega. Xaritadan ko`rish mumkinki, Toshkent 40 daraja va 50 daraja paralleldan taxminan 10 yuqorida, ya`ni 41 daraja kenglikda Toshkent shahri joylashganligini ko`rish mumkin.

 Endi shaharning geografik uzunligini aniqlaymiz. Poytaxtimiz Bosh meridiandan sharqda joylashgan. Shuning uchun u sharqiy uzunlikka ega bo`ladi. Xaritadan ko`rish mumkinki, Toshkent 60 daraja va 70 daraja meridianlar orasida joylashgan. Bu oraliqni ham teng 10 bo`lakka bo`lib, shahar bu bo`laklarning to`qqizinchisiga to`g`ri kelishini topamiz. Bundan Toshkent 69 daraja shq.u.da joylashganligini aniqlaymiz. Demak, Toshkent shahrining geografik koordinatasi 41 daraja sh.k. va 69 daraja  shq.u. ekan.

 Yer yuzining turli joylarida har xil hodisalar bo`lib turadi. Dengizda kemalar halokatga uchraganda, o`rmonlarda yong`in bo`lganda, fazogirlar qo`nganda va boshqa hollarda shoshilinch yordam yuborish uchun avvaliga o`sha joy xaritadan aniqlab olinadi.

 Masalan, dengizda kemaning halokatga uchraganligi haqida quyidagicha shoshilinch xabar olindi, deylik: "Kemamiz halokatga uchradi. Geografik koordinatamizni ma`lum qilamiz: 28 daraja j.k. va 94 daraja shq.u.”

 Halokatga uchragan kemaga yordam berishdan avval globus yoki xaritadan xabar qilingan geografik koordinata qayerda ekanligi aniqlab olinadi. Xabarga ko`ra, kema janubiy kenglikda 20 daraja va 30 daraja parallellar orasida halokatga uchragan. Globus va xaritadan 20 daraja va 30 daraja parallellar orasidan 28 daraja j.k. topiladi.  

 

Xulosa



9-asr boshlarida Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy, keyinchalik Abu Rayhon Beruniy Yerning oʻlchamlarini aniqlaganlar. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniq-lash" — "Geodeziya" ilk asar boʻlib unda haritagrafiyaga doyr koʻp masalalar yechilgan va G.ning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos boʻlgan. Oʻsha davrda xalifa Maʼmunning topshirigʻiga binoan birinchi marta almavsil (Mosul) sh. yaqinida gradus oʻlchamlari bajarilib, Yer sharining radiusi aniq oʻlchab topilgan. Hoz. zamon G. va geodezik ishlarning rivojlanishi 17-asrda qarash trubasining va triangulyatsiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Burchak oʻlchash asbobi — teodolitnint paydo boʻlishi hamda uning qarash trubasi bilan birlashtirilishi triangulyatsiyada burchak oʻlchashlarning aniqpigini oshiradi. Yer sirtidagi nuqta balandligini aniqlaydigan barometr ixtiro qilindi, topografik haritalar tuzishni soddalashtiruvchi topografik suratga olishning grafik usullari ishlab chiqildi. 18-asr oʻrtalarida fransuz olimi A. Klero Yer shaklining asosiy nazariyasini ishlab chiqdi va Yer sferoidida geografik kenglikka bogʻliq hodda ogʻirlik kuchining oʻzgarish qonunini asoslab berdi. Tortishish qonunining yaratilishi va geodezik ekspeditsiyalarning oʻtkazilganligi G. Yer shakli va uni oʻrganish usullari haqidagi mustaqil fan sifatida namoyon boʻldi. Soʻnggi yillarda kosmik G. rivojlangan fanlar qatoridan oʻrin oldi, chunki rivojlangan mamlakatlarda geodezik oʻlchash ishlarining asosiy qismi Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida bajarilmoqda. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning davlat geodezik tarmogʻi yangi texnologiya — Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida qayta barpo etilmoqda. Oʻzbekistonda G.ga doyr i.t. ishlari Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida, OʻzMU, Toshkent texnika untida, Toshkent va Samarkand arxitekturaqurilish institutlari va Toshkent q. x.ni irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash intida olib boriladi (yana q. Astronomiya). Asosiy geodezik ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi G. haritagrafiya va kadastr bosh boshqarmasi bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar



Ziyo.uz

Wikipediya.uz

O’zMU unversiteti kutubxonasi maqolalari
Download 25,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish