O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
MUHANDISLIK GEODEZIYASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu:tayanch nuqtalari kardinatasini hisoblas
Bajardi. Xaydarov . J
Guruh: 120-19.
Toshkent 2021
REJA :
1. Kirish
2. Balandlikning tayanch nuqtasi
3.Nuqta nima ?
4.Joyning geografik nuqtasini aniqlash.
5.Xulosa.
Kirsh. Geodeziya (geo-yer va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, Yer yuzasini plan va haritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan.
G. oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, haritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi. Yer shakli va oʻlchamlarini aniqlash, mamlakat haritalarini tuzish uchun kerakli bosh geodezik asosni barpo etish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqdab turish, katta maydonlarda olib boriladigan geodezik oʻlchash ishlariii tashkil etish, ularni bajarish bilan oliy G. shugʻullanadi. Yer yuzasining ayrim boʻlaklarini plan, harita va profillarda tasvirlashda bajariladigan geodezik oʻlchash ishlari bilan muhandislik geodeziyasi, Yer yuzasining katta boʻlagini tasvirlash usullari bilan haritagrafiya, joyning plan va haritalarini fotosuratlardan foydalangan holda tuzish usullarini fototopografiya fani oʻrganadi.
Qadimda yer oʻlchash va xoʻjalik ishlari uchun plan hamda haritalar tuzishda G.dan foydalanishgan. Mil. av. 7-asrda Bobil va Ossuriyada loydan ishlangan taxtachalarga geografik haritalar tuzishgan. Mil. av. 6—4-asrlarda Yerning sharsimon ekanligini aytishgan. Mil. av. 3-asrda Misrda unumdor yerlarni boʻlish va oʻlchash bilan shugʻullanganlar. Keyinchalik joylarni oʻlchash va Yer oʻlchamlarini aniqlash, tarx tuzish, muhandislik inshootlarini qurishda G. oʻlchashlar bajarilgan. Misrlik olim Eratosfen toʻgʻri geometrik prinsiplar asosida birinchi marta Yer sharining radiusini aniqlagan. Shu davrlarda Aristotel ishlarida "G." astronomiya, haritagrafiya va geogr. bilan bogʻliq boʻlgan bilimlar tarmogʻi sifatida namoyon boʻla boshladi. Mil. av. 2-asrda astronom va matematiklar joyning geografik kengligi va uzunligi hamda haritalardagi meridianlar va parallellar toʻgʻrisida tushunchalar kiritishgan. Yunoniston va Misr olimlari Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlaganlar. G. fani Arabiston, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyoda ham taraqqiy etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |