O’zbekiston - mustaqillik yo’lida
4.
I.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylanishi bilan О‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy sohada jiddiy о‘zgarishlar boshlandi. Islom Karimov о‘z faoliyati boshidanoq respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishishga qaratilgan yо‘lni tanladi va Markaz bilan munosabatlarda prinsipial pozitsiyani egalladi.
1990 yil iyun oyida О‘sh shahrida millatlararo ziddiyatlar (о‘zbeklar va qirg‘izlar о‘rtasidagi tо‘qnashuvlar) sodir bо‘ldi. Ushbu voqealarning guvohi bо‘lgan, jahonga taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov shunday deb eslaydi: «О‘shga kelgan Islom Karimov о‘ziga xos jasorati va donoligi bilan oddiy odamlar va jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Masalani tinch yо‘l bilan hal etish zarurligini, aks holda, keskinlik nafaqat О‘zbekistonni, balki butun О‘rta Osiyoni qamrab olishi mumkin, deb qat’iy ta’kidladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |