1989 yil may-iyun oylarida Farg‘ona fojiali voqealari - о‘zbek xalqi va mesxeti turklari о‘rtasidagi tо‘qnashuvlar О‘zbekiston Respublikasini hayratda qoldirdi. Quva, Marg‘ilon, Farg‘ona, Qо‘qon, Namangan, Andijon, keyin Bо‘ka, Parkent, Guliston shaharlarida begunoh odamlarning qoni tо‘kildi. Ushbu fojialar Markaz tomonidan olib borilgan milliy siyosatning salbiy oqibatlari о‘laroq yuzaga keldi. Bu davrda respublikaga jamiyatni birlashtira oladigan kuchli shaxs kerak edi. Davr va tarix о‘z qahramonini maydonga chiqardi. I.A.Karimov 1989 yil 23-iyunda Respublika boshqaruvini qо‘lga oldi. Shu vaqtdan boshlab, О‘zbekistonda suverenitet tendensiyalari jamiyat hayotining turli jabhalarida namoyon bо‘la boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |