Toshkent davlat transport universiteti “Elektrotexnika” kafedrasi


Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning konstruksiyasi



Download 496,51 Kb.
bet3/4
Sana05.06.2022
Hajmi496,51 Kb.
#639317
1   2   3   4
Bog'liq
Nizomuddinov Abdurahmon

Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning konstruksiyasi
Magnit o‘tkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u chulg‘amlararo magnit bog‘lanishni kuchaytirishdan tashqari, chulg‘amlari va yordamchi qismlarini o‘rnatish hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir. O‘zgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan energiya isroflarini kamaytirish maqsadida transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari 0,35 va 0,30 mm qalinliklardagi sovuq holatda jo‘valangan anizotropli (magnit xossalari yaxshilangan, masalan, 34043406 markali) elektrotexnik po‘lat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan qoplan-gan holda izolyatsiya qilinib yig‘iladi. Bunday po‘latni qo‘llash magnit o‘tkazgichdagi induksiyani 1,61,65 T gacha oshirishga (issiq holatda jo‘valangan po‘latda esa magnit induksiyani 1,4-1,45 T dan oshirib bo‘lmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit va elektr o‘tkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini keskin kamaytirishga imkon berdi. Magnit tizimning chulg‘am joylashtirilgan qismini «sterjen», ular-ni ulab, berk magnit zanjir hosil qiladigan qismini «yarmo» deyiladi.
Uch fazali transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari.
Uch fazali tok va kuchlanishlarni magnit o‘tkazgichi umumiy bo‘lgan bitta uch sterjenli uch fazali transformator vositasida o‘zgartiriladi. Agar uchta bir fazali transformatorni 2.1,a-rasmda ko‘rsatilgandek joylashtirilsa, unda magnit o‘tkazgichning o‘zaklarini konstruktiv jihatdan bitta umumiy o‘zakka almashtirish mumkin. Uch fazali tizimda sinusoidal magnit oqimlar oniy qiymatlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lganligidan umumiy o‘zakda magnit oqimi bo‘lmaydi, shuning uchun bu o‘zakka zarurat ham qolmaydi.
Mazkur konstruksiyani soddalashtirish uchun uchta sterjenni bitta te-kislikka joylashtirib, ustki va ostki yarmolar bilan ulansa, uch fazali uchta sterjenli yassi shaklli magnit o‘tkazgich hosil bo‘ladi (2.1,c-rasm). Barcha o‘zak va yarmolarning bo‘ylama o‘qlari bitta tekislikda joylashgan bo‘lsa, transformator magnit o‘tkazgichini yassi shaklli (2.1,c-rasm), agar har xil tekisliklarda joylashgan bo‘lsa – fazoviy shaklli deyiladi (2.1,b va 2.3-rasmlar). O’zaklarning yarmolar bilan birikishiga ko‘ra magnit tizimlar sterjenli, zirh-sterjenli va zirhli turlarga bo‘linadi. Amaliyot uchun muhim ma’lumot. Bitta uch fazali transformatorni tayyorlash va ishlatish uchun o‘rnatish, xuddi shunday ishlarni uch fazali transformator quvvatiga teng keladigan uchta bir fazali kuch transfor-matorlari uchun ketadigan xarajatning kam bo‘lganligi va uch fazali transformatorning massasi uchta bir fazali transformatorlar massasining yig‘indisidan 3035 foiz kamligi hamda uch fazali transformator ishda va unga xizmat ko‘rsatishda iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lganligi sababli yassi shakldagi magnit o‘tkazgichli uch fazali «sterjenli» kuch transformator-lari amalda keng qo‘llaniladi.

2.1-rasm. Magnit tizimi umumiy bo‘lgan uch fazali transformator konstruksiyasining hosil qilinishiga oid chizmalar: a – uchta bir xil bir fazali transfor-matorlarning joylashtirilishi
(bunda Um.o'z – umumiy o‘zak); b – uch fazali simmetrik transformatorning fazoviy konstruksiyasi; c – fazoviy konstruksiyani o‘zgartirib hosil qilingan yassi shakldagi magnit
o‘tkazgichli uch fazali transformator

2.2-rasm. Bir fazali transformatorlarning uch fazali guruhi yoki guruhlangan transformator

Magnit tizimi uchta faza uchun umumiy bo‘lgan kuch transformatorlari massasining yoki tashqi o‘lchamlarining haddan tashqari kattaligi tufayli temir yo‘lda tashish va ishlatish uchun o‘rnatishda texnik imkoniyatlar chegaralangan bo‘lgani uchun energetika tizimida guruhlangan transformator ham ishlatiladi (2.2-rasm).


O‘zaklarni yarmolar bilan birlashtirish usuliga ko‘ra magnit o‘tkazgichlar tutashgan va taxlangan turlarga bo‘linadi. Tutashgan magnit o‘tkagichda o‘zaklar va yarmolar alohida-alohida yig‘ilib, so‘ngra o‘zaro bir butun qilib tutashtiriladi. Taxlangan magnit o‘tkazgichda o‘zak va yarmo plastinalarini yig‘ishda tutashgan magnit o‘tkazgichiga nisbatan nomagnit havo oraliqlarining ancha kamligi natijasida salt ishlash tokining keskin kamayishi uning afzalligidir.
PK chulg‘ami «Z» sxemasiga moslab tayyorlangan uch fazali kuch transformatorlari amaliyotda nosimmetrik yuklamaning ta’siri kuchli bo‘lgan sohalarda (masalan, to‘g‘rilagich qurilmalarida va boshq.) fazaviy kuchlanishlar shaklining deyarli o‘zgarmasligi katta samaradir.
Fazaviy chulg‘am uchlarining belgilanishi. Ilgarigi standart tavsiyasi bilan bir fazali ikki chulg‘amli transformatorda: YuK chulg‘amning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – «A» va «X», PK chulg‘amniki esa «a» va «x» lotin harflari bilan belgilangan; bir fazali uch chulg‘amli transformatorda esa o‘rta kuchlanishli (O‘K) chulg‘amning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – Am va Xm indeksli harflari bilan belgilangan.
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorda: YuK faza chulg‘amlarining ning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – «A», «V», «S» va «X», «Y», «Z»; PK faza chulg‘amlarining bosh va oxirgi uchlari – «a», «v», «s» va «x», «y», «z» harflari bilan belgilangan.
Uch fazali uch chulg‘amli transformatorning O‘K faza chulg‘amlarining bosh uchlari – «Am», «Vm», «Sm» va oxirgi uchlari tegishlicha – «Xm», «Ym», «Zm» harflari bilan belgilangan.

Agar «yulduz» ulanish sxemasida neytral nuqtadan ulagich chiqarilgan bo‘lsa, yuqori va past kuchlanishlarda «0», o‘rta kuchlanishda esa – «0m». Bunda chulg‘am ulanish sxemasining harflar orqali belgilanishiga «N» indeksi (YN) qo‘yilgan.


Transformator chulg‘amlari uchlarining yangicha belgilanishi. GOST 11677–85 va unga kiritilgan №№ 1, 2, 3, 4 o‘zgartirishlar bo‘yicha transformator va avtotransformator chulg‘amlari uchlarining ilgarigi belgilanishi o‘rniga Xalqaro elektrotexnik komissiya talablarini qanoatlantiradigan yangicha belgilanish qabul qilingan.


Download 496,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish