6.3. Seksiyani nazorat qilish relesi (КС) sxemasini tahlili.
Seksiyani nazorat qilish relesi sxemasi – bu signallarni boshqaruvchi birinchi kaskad bo‘lib, unda svetoforni ochish komandasini qabul qilish imkoniyatini beruvchi harakat xavfsizligi shartlari tekshiriladi.
Bloklarni funksional sxemaga mos ravishda joylashtirib, bloklarda faqatgina ijrochi guruhning to‘liq sxemasining birinchi zanjirini – KС sxemasini ko‘rsatish kerak. Har bir stansiya gorlovinasiga yondashuvda erkin montaj stativida o‘rnatiladigan OКС relesini ko‘rib chiqish zarur.
Strelkalar holati bo‘yicha mos keluvchi (gorlovinadagi hamroh va qarshidagi marshrut) qarama-qarshi marshrutlarni istisno qilish o‘rnatilgan marshrutning boshlang‘ich va yakuniy rele kontaktlari yordamida KС rele zanjirini uzish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek ushbu shartlar KС sxemasiga ta’minot manbai qutblarini ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi - marshrut boshlanish tomonidan doimo P qutbi, oxirgi-chekka tomonidan esa – M qutb ulanadi.
Berilgan relelarning zanjirlaridagi harakat xavfsizligi shartlarini nazorat qilish quyidagi kontaktlar yordamida amalga oshiriladi:
– izolyatsiyalangan strelkali uchastkalarning, stansiya gorlovinasidagi yo‘l uchastkalarning bo‘shligini nazorat qilish – СП1 va П1 yo‘l relelarining takrorlovchilarining ro‘para kontaktlari bilan;
– strelkalar holatiga tegishli nazorat (strelka mexanik jihatdan berk, ramali rels va yopishgan ostryak orasidagi tirqish 4 mm dan kam, qochgan ostryak 125 mm dan kam bo‘lgan masofaga qo‘yilgan, nogabarit uchastkalar bo‘sh, saqlovchi strelkalar himoyalangan holatda) – kesib o‘tuvchi (vzreznoy) ВЗ rele kontaktlari bilan;
– strelkalar holatiga muvofiq ravishda sxemalar kommutatsiyasi – ПК rele kontaktlari bilan;
– qarama-qarshi gorlovinadan qabul qilish-jo‘natish yo‘liga o‘rnatilgan qarama-qarshi marshrutlar yo‘qligini nazorat qilish – НИ (ЧИ) istisno relesi kontakti bilan;
–stansiyaning qarama-qarshi gorlovinasidan ro‘para markazlashtirilmagan marshrutlarning yo‘qligini nazorat qilish – MИ marshrutli istisno qiluvchi rele kontakti bilan;
– ro‘para manyovr marshrutlarning yo‘qligini nazorat qilish – 1KM rele kontaktlari bilan;
– hamroh qarama-qarshi manyovr marshruti yo‘qligini nazorat qilish – 2KM rele kontaktlari bilan (agar DSP signal dastagini turtib o‘ynasa, u holda 2KM ishlab ketishi mumkin va hamroh manyovr zanjiri bo‘ylab poyezd marshrutida KS ishga tushishini ta’minlashi mumkin. Sxemadagi bu kamchilik signalli rele zanjirida bartaraf etiladi);
– oldin o‘rnatilgan hamroh qarama-qarshi manyovr marshruti yo‘qligini nazorat qilish – N rele kontaktlari bilan.
Sxemani dastlabki holatiga keltirish uchun (bekor qilish siklining oxirida sxemani o‘chirish) R ajratish relesi orqa kontaktidan foydalaniladi.
П-M blokida ЧKM (НKM) yakuniy manyovr rele kontaktlari orqali ketma-ket ulangan ЧИ (НИ) istisno relesi kontaktini shuntlash xuddi shu bitta yo‘lga qarama-qarshi gorlovinadan manyovr marshrutlarni bir vaqtning o‘zida o‘rnatish imkonini beradi.
Poyezdli marshrutlarda elektrta’minot fiderlarini o‘chirib-ulashda signallarni to‘sish cheklangan. Fiderlarni o‘chirib-ulash mobaynida KС rele zanjirlari yo‘l va nazorat strelkali rele kontaktlari bilan uziladi, so‘ngra strelkali rele kontakti orqali tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |