4.Pult- tabloning sxematik ko‘rinishi
Izoh. PPNBM pult-tablo sifatida ishlatiladi. Ushbu pult-tablolar ikkita panellardan iborat: vertikal (yashil, sariq va qizil nurlanuvchi svetodiodlar qo‘llaniladi) va gorizontal (pult). Tablo stansiya navbatchisining (DSP) poyezdli holatlar haqidagi malumotlari uchun mo‘ljallangan, pultda esa strelkalarni, signallarni, suniy ajratish, strelkani o‘tkazishning avariya holatlarini boshqarish knopkalari va boshqalar joylashtiriladi.
Pult-tabloda yorug‘lik sxemalari uchun yorug‘lik katakchalari qo‘llaniladi - 40×40 mm o‘lchamli elektr markazlashtirish obyektlari holatinining indikatorlari ISOETS. Jami 38 nusxali ISOETS subbloklari tayyorlanadi, bir-biridan tashqi ko‘rinishi, prinsipial sxemalari va maskalari bilan farqlanadi.
2-jadval
Subblok kodi
|
Subbloklar xarakteristikasi va belgilanishi
|
Subblok-
ni yuqoridan ko‘rinishi
|
Subblok kodi
|
Subbloklar xarakteristikasi va belgilanishi
|
Subblokni yuqoridan ko‘rinishi
|
ISOETS-1
|
yo‘l uchastkasi yaqinlashish uchastkasi
|
|
ISOETS-10
|
yo‘l uchastkasi va chorrahali strelka
|
|
ISOETS-2
|
yo‘l uchastkasi
|
|
ISOETS-11
|
signalli yo‘l uchastkasi va marshrutlarning indikatsiya vazifalari
|
|
ISOETS-3
|
variantli marshrutlarning indikatsiya vazifalari
|
|
ISOETS-12
|
signalli yo‘l uchastkasi va marshrutlarning indikatsiya vazifalari
|
|
ISOETS-4
|
strelka
|
|
ISOETS-13
|
signalli yo‘l uchastkasi va marshrutlarning indikatsiya vazifalari
|
|
ISOETS-5
|
strelka
|
|
ISOETS-14
|
signalli yo‘l uchastkasi
|
|
ISOETS-6
|
strelka
|
|
ISOETS-15
|
tarkiblarni to‘sish
|
|
ISOETS-7
|
strelka
|
|
ISOETS-28
|
strelkalar nazorati
|
|
ISOETS-8
|
yo‘l uchastkalari
|
|
ISOETS-32
|
signalli yo‘l uchastkalari
|
|
ISOETS-9
|
yo‘l uchastkalari
|
|
ISOETS-38
|
signalli yo‘l uchastkalari
|
|
Marshrut o‘rnatishni nazorat qilish, strelkali va strelkasiz yo‘l uchastkalarining va qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining holati, svetofor lampalarining yonishi, strelkalar holatlari va peregon bandligi, suniy ochilish uchun pult–tabloda quyidagi yorug‘lik katakchalari ko‘rib chiqilgan:
Yo‘llar va strelkalar sxemasi bo‘yicha qizil va sariq svetodiodli yorug‘lik katakchalari bilan tasvirlanadi (2-jadval). Qizil chiroq bilan strelka uchastkalarini va yo‘llarni ko‘rsatib beriladi, sariq chiroq - marshrut o‘rnatishni belgilaydi.
Marshrut o‘rnatilmagan bo‘lsa, strelkali va strelkasiz uchastkalarning katakchalari yonmaydi, agar yo‘l bo‘sh bo‘lsa, yo‘lda bitta sariq yorug‘lik katakchasi yonadi, yoki yo‘l band bo‘lsa, uchta katakcha qizil yonadi.
Marshrut o‘rnatilgandan so‘ng uning trassasi bo‘ylab yorug‘lik sxemalarida yacheykalar sariq rangda (sariq polosa) yonadi, uchastkalar band bo‘lganda esa - qizil rangda yonadi. Uchastka bo‘shashi bilan bu yacheykalar yana sariq rangda yonadi (seksiyali rejimda ajralish - taxminan 6 s, sekin harakatlanuvchi takrorlovchi yo‘l relesi ishga tushguncha; marshrutli rejimda ajralish – poyezd yo‘lga yetib kelgungacha yoki peregonga jo‘nab ketgungacha sodir bo‘ladi), undan keyin o‘chadi.
Tabloning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqish uchun 1:2 dan kam bo‘lmagan masshtabni qo‘llash maqsadga muvofiq va unga mos ravishda 40 yoki 20 mm o‘lchamda panjara shaklida setka chizing. Keyin stansiya rejasiga muvofiq har bir katakchaga namunaviy mozaykalarni joylashtiring. Pultdagi boshqaruv knopkalari analogli ISOETS bloklariga o‘rnatiladi, ammo strelka, signallar va b. vazifalariga qarab gruppalanadi.
Pultablo sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |