Toshkent davlat transport universiteti " Avtomatika va telemexanika "



Download 2,86 Mb.
bet8/15
Sana21.07.2022
Hajmi2,86 Mb.
#831909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
ASADBEK

5. Funksional sxema.

O’zaro ulanadigan funksional bloklar tartibi ko’rsatilgan stansiya rejasi funksional sxema deb ataladi.


Ijro etuvchi bloklar guruhi marshrutli terish bloklar guruhining buyruqlarini bajaradi, strelkalar holati, seksiyalar bo’shligi, qarama-qarshi va zid marshrutlarning bor-yo’qligini nazorat qiladi.
BEM da marshrutlarni qulflash va ajratishda, bloklarga qurilma apparatlarini yig’ish uchun funksional tamoyildan foydalanilgan. 14 ta namunaviy blok ishlab chiqilgan. Tizimni rivojlantirish jarayonida bazi bloklarning sxemalari qayta ishlangan, lekin ularning vazifalari o’zgarmagan. Bundan tashqari yana yangi bloklar turlari ham ishlab chiqilgan.
Ijro etuvchi bloklar guruhing funksional sxemasi berilgan bekat plani asosida tuziladi. Ijro etuvchi guruhida quyidagi bloklar qo’llaniladi:
П-62 – yo’l bloki, har bir stansion yo’l uchun o’rnatiladi. Blokning vazifalari quyidagicha: marshrut oxirlarini ajratish, qarama-qarshi marshrut o’rnatilishini oldini olish va yo’l holatini nazorat qilish. Yo’l holatini nazorat qilish blokka yo’l relesini qaytaruvchisini o’rnatish orqali amlga oshiriladi, IП, 2П, 3П, 4П, 5П, 6П, 8П, 10П, bloklari ЧКС, ИКС, ЧИ, НИ, ОКС, ЧКМ, НКМ, П relelaridan tashkil topgan.
СП-69 (СП-62, СП-65) – har bir strelkali yo’l uchastkasi uchun o’rnatiladi. Blok vazifalari: strelkali yo’l uchastkalariga kiruvchi strelkalarni qulflash, ajratish va bekor qilish; shu seksiyadan o’tuvchi marshrutlar uchun himoyalangan strelkalarni qulflash, ajratish va bekor qilish, qarama-qarshi marshrut svetoforini taqiqlovchi holatga o’tkazish. Blokda strelkali yo’l uchastkasining qaytaruvchisi o’rnatiladi, bu bilan EM avtomatlari sxemalarida strelkali seksiya holatining nazorati amalga oshiriladi ( 2CП, 4СП, 6СП, 8СП, 10СП,12-18СП, 14-16СП, 20СП, 22СП, 24СП, 26СП, 28СП, 30СП).
bloklari, КС, 1М, 2М, 3, РИ, Р, СП relelari bor.
УП-65 (УП-62) – stansiya bo’g’izidagi har bir uchastka yo’llari (strelkasiz uchastka) uchun o’rnatiladi. Uchastka yo’llarida strelka bo’lmaydi lekin unda ham qulflash va ajratish vazifalari mavjud. Bu poyezdli marshrutda seksiyalarning ketma-ket ajralishi imkonini yaratadi. Manevrli marshrutlarda УП-65 bloki marshrutlarning oxirlarini ajratadi va qarama-qarshi manevr marshrutlarni o’rnatilib qolishining oldini oladi. (НАП,) 1KC, 1М, 2М, 1КМ, 2КМ, РИ, Р, П1 relelaridan tashkil topgan.
ПС – strelkani ishga tushuruvchi. СП yoki ВСП turidagi elektr yuritmalar bilan jihozlangan strelkalar uchun o’rnatiladi. Blokning vazifasi strelkani taminot manbasiga ulash va strelka holatining datchiklarining nazoratini amalga oshirish. Taminot manbasi turi va usuliga qarab bloklar strelkani ikki simli boshqarish sxemasida batareyli (ПС-110, ПС-110А, ПС-110М) va batareysiz (ПС-220, ПС-220А, ПС-220М) ko’rinishda; hamda strelkani besh simli boshqarish sxemasida (ПСТ) yig’iladi. Strelkani ikki simli boshqarish sxemasida yig’ilgan bloklarda, bir blokda ikki komplekt bo’ladi. Shu sababli ikkita strelka uchun bitta blok qo’llaniladi.
C (CO, CC) – strelka uchun (yakkalik strelkali, juftlik strelkalari). Har bir yakkalik svetofor uchun o’rnatiladi. Juftlik strelkalar uchun ikkita C blok o’rnatiladi. Blokning vazifasi stansiya plani bo’yicha ulanadigan elektr zanjirlarni – strelka holati bo’yicha, nogabarit seksiyalarning bo’shligi, qo’riqlanuvchi strelkalarning holatiga qarab – kommutatsiya qilish, (2,4/6,8/10,12/14,16/18,20,22/24,26,28,30) ПК, МК, ВЗ relelaridan tashkil topgan.
M I – ikkita strelkali yo’l uchastkalarinig chegarasida joylashgan yakkalik manevr svetofori bloki(M6). Blokning asosiy vazifalari: bir yo’nalishdagi manevr marshrutlarining boshi va oxirini ajratish, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash,(М22) КС, Н, КМ, С, ОТ, ИП,О relelaridan tashkil topgan.
M II – tupikdan chiqish manevr svetofori yoki stvorda o’rnatilgan svetoforlarning bloki.(М4,M8,M10,M12,M14,M16) Blokning asosiy vazifalari: turli yo’nalishdagi marshrutlarning boshi va oxirini aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash.
M III – yo’ldan yoki uchastka yo’lidan chiqish svetoforining bloke (M2, M18). Blokning vazifalari: manevr marshrutlarining boshini aniqlash, svetoforni boshqarish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash.
ВД-62 – birlashtirilgan svetoforni (chiqish, marshrutli, ishlab chiqarish transporti) boshqarishdagi qo’shimcha blok. Blokning vazifalari: bir yo’nalishdagi poyezd va manevr marshrutlarining boshini ajratish, marshrutni ajratish va bekor qilish shartlarini taminlash. ВД-62 blokini ishlab chiqilishining asosiy sababi birlashtirilgan svetoforni boshqarishning funksional uzellarining qurilmalari bir blokni ichiga sig’maganligidir, Н - КС, 3, ОТ, КМ, Н, ИП relelaridan tashkil topgan.
BI – birlashtirilgan svetoforni boshqarishdagi funksional uzelning asosiy bloki (HI,H3,H5). Blokning vazifasi svetofor yonishini boshqarish va lampochkalar ishlayotganini (ipini) tekshirish. Blok yashil, sariq, qizil, oq ranglar signallashtirilishini amalga oshira oladi, shu sababli uni marshrutli va peregonda yarim avtoblokirovka yoki 3 ishorali avtoblokirovka qo’llanilganida chiqish svetoforini boshqarishda ishlatish mumkin.
BII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. Farqi shundaki BII bloke ikkita sariq yoki ikkita yashil ranglar uchun qo’shimcha signallashtirishni amalga oshiradi(H2,H4,H6,H8,H10). Ikkita yashil rang bilan qo’shimcha signallashtirilgan variantida blok stansiya bo’g’izidan chiqishda ikkita peregon mavjud bo’lgan chiqish svetoforini boshqarish uchun qo’llanilishi mumkin, bu ikki peregonlarning birida yarim avtoblokirovka boshqasida uch ishorali avtoblokirovka. Ikkita sariq rang bilan qo’shimcha signallashtirilgan variantida esa har qanday birlashtirilgan svetoforning marshrutida strelkadan og’ib o’tish mavjud bo’ladigan bo’lsa.
BIII – bu blokning ham vazifalari huddi BI bloknikidek. BIII blokning farqi shundaki, unda bir vaqtda sariq va yashil ranglar signallashtirilishi amalga oshiradi. Bunday svetoforlar to’rt ishorali avtoblokirovka bilan jixozlangan peregonga chiqishni ta’minlovchi marshrutlarni chegaralashda ishlatiladi.



4 – rasm. Funksional sxema



Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish