Quruq qoliplar. Bu qoliplar ham qum va gillardan tayyorlanib, ularning tarkibida 15% gacha gil bo‘ladi. Ularni kamerali pechda 300–350oC da bir necha soat qizdiriladi. Natijada qolipning mustahkamligi ortadi. Bu qoliplardan yirik, qalin devorli quymalar olishda foydalaniladi.
Qolip va sterjen materiallariga qo‘yiluvchi talablar Qolip materiallarga quyidagi asosiy talablar qo‘yi-ladi: l. Plastikligi .2. Puxtaligi .3. Termomexanik chidamliligi. 4. Qayishqoqligi. 5. Gaz o‘tkazuvchanligi. 6. Xossalari uzoq vaqt saqlanishi. 7. Arzonligi. Quymalardagi turli bo‘shliqlar qoliplarga o’rnatilgan sterjenlar yordamida olinadi. Sterjenlar shakli va o‘lchami quymalardan olinuvchi bo‘shliq shakli, o‘lchamiga o‘xshashi bilan biroz kattaroq bo‘lib, qoliplarga qaraganda og‘irroq sharoitda ishlaydi, shu sababli, ular materialining xossalari qolip materiali xossalaridan yuqori bo‘lmog‘i lozim. Qolip va sterjen materiallarini tayyorlash Karerlardan keltirilgan qum va gillar baraban yoki boshqa konstruksiyali pechlarda 200–250°C da qizdirib quritiladi. Quritilgan materialda kesaklanib qolgan yirik bo‘laklar bo‘lsa maydalanadi va elanadi. Keyin ularga belgilangan miqdorda yuqorida qayd etilgan materiallar qo‘shilib qorishtirish mashinasida suv bilan ma’lum vaqt qorishtiriladi. Bu mashinalarga begunlar deyiladi. Uning g‘ildiraklari tog‘orasi tagiga tegmaganholda (qum donachalarining o’lchamiga qarab) rostlanadi. Uning zalvar g‘ildiraklari vertikal o‘q atrofida, materialga ishqalanish hisobiga gorizontal o‘q atrofida aylanadi, bunda vertikal o‘q atrofida aylanuvchi surgichlar va materialni zalvar g‘ildiraklar tagiga surib turadi. Qoliplar tayyorlashda foydalaniladigan texnologik moslama va asboblar Model komplektiga model, model plita, sterjen yashigi, quyish tizimi, model elementlari va boshqalar kiradi. Model. Model vositasida qolip materialiga quymani tashqi shaklining izi tushirilib qolip tayyorlanadi. Shu boisdan, modelning tashqi shakli olinuvchi quymaga mos bo‘lib, o‘lchamlari suyuq metallning qolipda kirishishi va mexanik ishlovga belgilangan quyim qiymati hisobiga kattaroq olinadi. Odatda, ular yaxlit va qoliplashni osonlashtirish maqsadida ajraladigan ham qilinadi.Model plitasi. Mashinalarda qolip materialidan qolip tayyorlashda unga quymaning modeli, quyish tizimining model elementlari va opoka o‘rnatiladi.Model plita metalldan (qo‘lda qolip tayyorlashda foydalaniladigan taglik plita taxtadan) yasaladi.
Agar qolip ikkita qoliplash mashinasida tayyorlansa, model plitasi bir tomonlama ishlaydigan, bir mashinada qolip tayyorlansa, ikki tomonlama ishlaydigan bo‘ladi. Model plitalarda ma’lum tartibda teshiklar ochilgan bo‘lib, zaruratga ko‘ra ularga o‘rnatilgan boshqa modellar va tizimlari bilan almashtiradi.
Sterjen yashigi. Sterjen materiallardan sterjenlar tayyorlashda foydalaniladigan qoliplar sterjen yashiklari deyiladi. Oddiy shaklli sterjenlar yaxlit sterjen yashiklarda, murakkab shaklli sterjenlar esa yig‘ma sterjen yashiklarda seriyasiga ko‘ra dastaki asboblar bilan qo‘lda yoki qum haydash mashinalarda tayyorlanadi.
Sterjen quritish plitasi. Sterjen, sterjen yashigidan ajratib
olingach, uni puxtaligini oshirish maqsadida quritish uchun
o‘rindiqqa o‘tqaziladi va bu o‘rindiq quritish plitasi deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |