VI-Bob Ish sifatini tekshirish, texnika xavfsizligi, xulosa
va Foydalanilgan adabiyotlar
6.1 Ish sifatini tekshirish…………………………………………………...
6.2 Texnika xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari………
6.3 Xulosa………………………………………………………………....
6.4 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentyabrdagi «Avtomobil yo’llarining arxitektura-lanshaft qurilishi va ko’kalamzorlashtirish tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori asosida Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi tarkibida «O’zyo’lko’kalamzorlashtirish» unitar korxonasi va uning viloyatlardagi hududiy «Yo’lko’kalam» unitar korxonalari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevvning 2018 yil 11 noyabr PQ-4035 sonli «Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil yanvar oyidagi farmonlari bilan yangi «Transport Vazirligi» tashkil etildi va uning huzurida «Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi» ushbu vazirlik tasarrufiga o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev 2017 yilning 14-fevral kuni imzolangan «2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ikki yil davomida ta’mirlanadigan mamlakatdagi ichki yo’llar va ko’chalar viloyatlar va tumanlar kesimida tasdiqlandi. Natijada, 2018-yilning o’zida avtomobil yo’llari bo’ylab 606 726 dona turli manzarali daraxt va butalar ekildi, qo’shimcha ravishda 137 ta maxsus texnika va avtotransport vositalari sotib olindi.
2019-yilda ham yo’l xo’jaligida amalga oshirilayotgan ishlar jadal davom ettirildi. Xususan, 2019-yilgi Investitsiya dasturiga asosan Respublika bo’yicha 100,5 km umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llarida qurish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi «2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»ni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida»gi Farmoni bilan 2019 yil davomida quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruktsiya qilinadigan avtomobil yo’llari hamda ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag’lar belgilangan. Unga ko’ra joriy yil ichida mamlakatimizdagi 46,2 km – xalqaro, 18,7 km – davlat, 35,6 km – mahalliy ahamiyatdagi, shuningdek, 65 km – shahar ko’chalari, 60 km – namunaviy qishloq aholi punktlari va xizmat uylariga, 65 km – erkin iqtisodiy, kichik sanoat, iqtisodiy farm zonalarga olib boruvchi yo’llarni qurish, ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.Yil davomida 2200 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarida joriy ta’mirlash va saqlash (ekspluatatsiya) ishlari bajariladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 31 dekabrga qadar quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:
Qo’mita tomonidan avtomobil yo’llarida avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi; хorijiy yuk avtotransport vositalarining Respublika avtomobil yo’llari bo’ylab o’tishi kilometrini yoki vaqtini hisob-kitob qilish va buning uchun haq undirish tartibi; o’lchov vositalarini jihozlash bo’yicha ishlarni 2021 yil oхirigacha yakunlashni nazarda tutgan holda avtomatlashtirilgan o’lchash vositalari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish bo’yicha turg’un va ko’chma postlar tashkil etish dasturlari. O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar yo’l bo’yi servisi ob’ektlarini joylashtirish va ekspluatasiya qilish tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. Belgilab qo’yilsinki:«Yo’lqurilish» AJ ustav kapitali 2019 yil 1 iyuldagi aktivlarni hisobga olish holati bo’yicha Qo’mita tarkibidan chiqariladigan korхonalar ustav jamg’armalaridagi davlat ulushlarini nominal qiymati bo’yicha 2020 yil 1 dekabrga qadar o’tkazish hisobiga shakllantiriladi; «Yo’lqurilish» AJ aksiyalarining davlat paketi O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan boshqariladi.
2019-yilda Respublikadagi shahar ko’chalari va boshqa aholi punktlarining ichki yo’llarini kapital va joriy ta’mirlash ham ko’zda tutilmoqda. Jumladan, «Obod qishloq» davlat dasturi bo’yicha 5 200 km ichki xo’jaliklararo avtomobil yo’llari, «Obod mahalla» davlat dasturi bo’yicha 400 km shahar ko’chalarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borish ko’zda tutilmoqda. Bulardan tashqari, hukumat topshiriqlari va tasdiqlangan «Yo’l xaritalari»ga asosan 1 200 km ichki yo’llar ta’mirlanishi ham belgilangan.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llari tarmog’ining umumiy uzunligi 184000 km yaqin bo’lib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 42654 km ni, ichki xo’jalik yo’llari 71324 km ni, shaharlar, tuman markazlari va aholi yashash joylari yo’llari va ko’chalari 69929 km ni tashkil qiladi.
O’zbekiston xududlaridan 22% dan ortig’i tog’li tumanlardan iborat. Tog’li yerlarning murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta’sir qiladi. Tezlik va xavfsiz harakatga plandagi ichki radiusli egri va katta bo’yo’lama qiyaliklari ta’sir etadi. O’zbekistondagi tog’li erlardan o’tadigan tog’ yo’llari 3 % ni tashkil etadi. Tog’li yo’llarda dovonli qismlari bo’lgan avtomobil yo’li A-373 «Toshent-sh» 116-214 m , «Qamchiq» dovon avtomobil yo’li, M-39 «Olmaota- Bishkek-Toshent-Termiz» 1120-1145 m bo’lagi, «Taxtakaracha» dovoni 1302-1320 m bo’lagi, «Oqrabot» dovon yo’llari davlatimizning asosiy iqtisodiy arteriyasidir.
Prezidentning «2020—2030-yillarda O’zbekiston Respublikasining avtomobil yo’llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yo’llari tarmog’ini rivojlantirish va takomillashtirishning, ularning ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirishning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanishiga, Respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanishiga, aholi turmush darajasi o’sishiga ko’maklashadigan yo’nalishlari, yondashuvlari va mexanizmlarini belgilab olish.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
yo’l qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish;
amaldagi transport yo’laklarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, shuningdek, quyidagilarni ta’minlaydigan yangi transport yo’laklarini yaratish:
biror-bir mamlakatga qaramlikni istisno etadigan mintaqaviy va xalqaro bozorlarga eng qisqa ko’p variantli chiqish yo’llari;
qo’shni mamlakatlar hududlarini kesib o’tmay, Respublika hududlari o’rtasida avtotransportning samarali va to’siqsiz harakatlanishi;
respublika hududlarini birlashtiruvchi strategik avtoyo’llarning tog’li uchastkalari bo’yicha yo’lovchilar va yuklarni yil davomida ishonchli tashish;
xalqaro transport marshrutlari va yo’nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiya tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
yo’l xo’jaligida mablag’larni boshqarish, moliyalashtirish va sarflashning samarali tizimini amalga oshirish;
mavjud yo’l tarmog’ini saqlab turish bo’yicha ishlarni birinchi navbatda amalga oshirgan holda yo’l tarmog’i xavfsizligini ta’minlash;
eskirgan yo’l qoplamasi va boshqa yo’l inshootlari tiklanishini ta’minlaydigan hajmlarda ta’mirlash ishlarini olib borish;
yo’l harakati xavfsizligini oshirish, transport-yo’l majmuasining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, avtoyo’llar tarmog’ini takomillashtirish va kengaytirish hamda davlatning strategik vazifalarini hal etish;
qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yo’l industriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
davlat yo’l siyosatining va yo’l qurilishi rivojlanishini tartibga solishning asosi sifatida yo’l xo’jaligining normativ-huquqiy va texnik bazasini yanada takomillashtirish;
an’anaviy avtoyo’l yo’laklarini rivojlantirish, zamonaviy avtotransport vositalari yuqori darajada qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun mavjud yo’llarni modernizatsiyalash orqali ularning texnik darajasini oshirish, yirik shaharlarga kirishda avtomagistrallarning eng serqatnov uchastkalarini rekonstruksiya qilish va aholi punktlaridagi tranzit oqimlarini bartaraf etish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida aholi punktlarini aylanib o’tadigan yo’llar qurish;
xalqaro transport yo’laklari tarkibidagi eng yirik markazlar o’rtasidagi aloqani ta’minlash va ularni Yevropa hamda Osiyo xalqaro avtomobil yo’llari tizimiga birlashtirish uchun ko’p bo’lakli avtomagistrallar va tez yurish imkonini beradigan yo’llar tarmog’ini shakllantirish hamda rivojlantirish, muhim transport tugunlariga, dengiz portlariga, terminallar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlariga kirishni ta’minlash orqali mamlakat transport tizimi uyg’un rivojlanishiga ko’maklashish;
avtotransport ortiqcha yo’l bosishiga barham berish va tuman markazlari hamda yirik aholi punktlari o’rtasida eng yaqin marshrutlar bo’yicha aloqani ta’minlash uchun mintaqaviy avtomobil yo’llari tarmog’i shakllanishini yakunlash, mintaqaviy yo’l tarmog’ining yuzaga kelgan tuzilmasini to’ldiradigan yangi xildagi va bog’lovchi yo’llar qurish;
trassalar o’tish qobiliyati oqilona bo’lishini ta’minlash va transport oqimlari serqatnov avtoyo’l tugunlarini chetlab o’tishini, rivojlanayotgan hududlarning avtomobil yo’llari tayanch tarmog’i bilan transport-iqtisodiy aloqasini ta’minlaydigan yangi avtoyo’l yo’nalishlarini shakllantirish;
chegara tumanlarida chet mamlakatlarga transportda chiqish imkoniyatini ta’minlab, avtomobil yo’llarini rivojlantirish;
urbanizatsiya yuqori bo’lgan tumanlarning rekreatsion zonalarida avtomobil yo’llarini rivojlantirish va obod qilish;
eng yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo’llagan holda yo’l servisining an’anaviy xizmatlarini va harakatlanishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini rivojlantirish hisobiga yo’llardan foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish darajasini oshirish;
avtomobil yo’llariga tutashadigan hududlarning respublika hududlarida transport chiqindilari yetkazadigan salbiy ekologik ta’sirini kamaytirish;
avtomobil yo’llarining ko’kalamzorlashtirilishini va me’moriy-landshaft tuzilishini rivojlantirish.
Quyidagilar avtomobil yo’llari tayanch tarmog’ini barpo etishning bosh
prinsiplariga aylanishi kerak:
mamlakatning yo’l tarmog’idan va ichki hamda tashqi hududlarga chiqish yo’llaridan teng foydalanish imkoniyatlari;
yo’l tarmog’i faoliyatining iqtisodiy samaradorligi;
avtoyo’l marshrutlarini mintaqalararo va xalqaro avtomobilda tashishning maksimal samaradorligini ta’minlaydigan tarixan yuzaga kelgan yoki eng qisqa yo’nalishlar bo’yicha geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda shakllantirish zarur;
transportning har xil turlaridan foydalangan holda eng iqtisodiy intermodal tashuvlarni rivojlantirishga imkon qadar ko’maklashish maqsadida transport magistral turlarining transport kommunikatsiyalari, tugunlari va terminallariga kirishni ta’minlash.
Avtoyo’llarning zamonaviy, keng tarmoq otgan tarmog’ini yanada takomillashtirish quyidagi yo’nalishlarni nazarda tutadi:
respublika va xalqaro transport tizimiga samarali integratsiyalashish uchun respublika, viloyat, tuman va shahar uchun eng muhim bo’lgan ustuvor yo’nalishlarni belgilab olib, yagona, ichki tarmoqlangan va tashqi integratsiyalagan transport makonini shakllantirish;
g’arb va sharqni hamda shimol va janubni bog’laydigan, Xalqaro va viloyatlararo avtomobilda tashishning o’ziga jalb etuvchanligi, raqobatbardoshligi, shuningdek samaradorligini ta’minlaydigan mamlakatning yagona transport tarmog’idan iborat bo’lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari tayanch tarmog’i saqlanishini ta’minlashni yanada takomillashtirish;
pulli asosda va davlat-xususiy sheriklik asosida tezyurar avtomagistrallar, tunnellar va avtomobillar yo’llari yaratish;
viloyat, mahalliy va shahar avtomobil yo’llarini yanada rivojlantirish, ular ta’mirlanishi va tegishlicha saqlab turilishini ta’minlash.
Yo’l harakati xavfsizligi va ishonchliligi darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilmoqda:
avtoyo’llarni harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlashni davom ettirish, yo’l harakatini boshqarishning va ular texnik holatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
ixtisoslashgan oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida mutaxassislarni ishlab chiqarishdan ajratmagan holda sirtqi tayyorlash kurslarini tashkil etish;
yetakchi xorijiy o’quv yurtlarida o’qitish kurslarini va tajriba almashish bo’yicha xorijiy kompaniyalarda amaliyot o’tashni, shuningdek, xorijlik mutaxassislarni O’zbekiston Respublikasiga jalb qilgan va taklif etgan holda seminarlar tashkil etish;
qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun avtoyo’llarni tegishlicha ekspluatatsiya qilish, shuningdek avtoyo’llarni ekspluatatsiya qilishda yo’l harakati xavfsizligini va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish bo’yicha organlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |