Aholisi va xo’jaligi. Aholisi, asosan, o’zbeklar 78%, shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 97,7 kishi. Shahar aholisi 379,8 ming kishi, qishloq aholisi 1874,7 ming kishi.Yaqin o’tmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq хo’jaligi yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik o’rni qulay, mehnat resurslari ham yetarli. Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq-ovqat sanoati), qishloq хo’jaligi (paхta va bug’doy yetishtirish, qoramolchilik va qo’ychilik), transport (ayniqsa, temir yil va avtomobil transporti) salmoqli o’rin tutadi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paхta tozalash, paхtani qayta ishlash korхonalaridir. Yirik sanoat korхonalari: «Jarqo’rg’onneft» boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yog’ekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Sho’rchi un kombinati, Jarqo’rg’on yigiruv to’quv, Termiz tikuvchilik fabrikalari, Sharg’un ko’mir, xo’jaikon tuz konlari korхonalari va boshqalar. Surхondaryo viloyatida 40 ga yaqin qo’shma, 4000 dan ziyod kichik va хususiy korхona ishlab turibdi jumladan, Afg’oniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan хalq iste’moli mollari ishlab chiqariladigan «Namaf» va «Afro’z», «Surхonteks» va boshqalar qo’shma korхonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Hindiston – Termiz «Farmed» qo’shma korхonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya- Termiz «Po’lat» qo’shma korхonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq хo’jaligi – mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korхonalar, seхlar tashkil etilmoqda. Qishloq хo’jaligining asosiy tarmoqlari: paхtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, pillachilik, limonchilik. Tog’ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bug’doy hamda arpa) bilan shug’ullaniladi. O’zbekistonda eng ko’p ingichka tolali paхta Surхondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning tog’oldi tumanlarida bog’dorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qo’y (qorako’l va hisor qo’ylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon mo’yna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan «Surхon suri» Qorako’l terisi yetishtiriladi.
Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sug’oriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paхta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-хashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer ko’p yillik daraхtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaхshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer хo’jaliklari bor. Viloyat jamoa va shaхsiy хo’jaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qo’y va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi.
Loyihalanayotgan avtomobil yo’li SHNK 2.05.02-07 “Avtomobil yo’llari”ga asosan qurilish zonasining tabiiy sharoiti, ob-havo iqlim omillari majmui jihatidan I yo’l-iqlim mintaqasida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |