1.2§ Yo’lning asosiy ko’rsatkichlari Yo’l toifasining asosiy parametrlari SHNQ 2.05.02-07 ga asosan aniqlanadi.
1-jadval
№
Ko'rsatkichlar
Qiymati
Qiymati
O'lchov birligi
1
Yo'lning toifasi
IV
III
2
Harakat tasmasining soni
2
2
ta
3
Harakat tasmasining kengligi
3
3,5
m
4
Yo'l yoqasining kengligi
2
2,5
m
5
Yo'l yoqasining chetki tasma kengligi
1
1,5
m
6
Yo'l yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi
_
_
m
7
Yo'l o'qi bo'ylab to'siqlar o'rnatilmaganda markaziy ajratuvchitasmaning eng kam kengligi
_
_
m
8
Yo'l o'qi bo'ylab to'siqlar o'rnatilganda markaziy ajratuvchitasmaning eng kam kengligi
_
_
m
9
Ajratuvchi tasma chetidagi xavfsizlik tasmasining kengligi
_
_
m
10
Yo'l poyining kengligi
10
12
m
11
Hisobiy tezlik
80
100
km/soat
12
Rejadagi egrilik radiuslari
300-250
600-400
m
13
Eng katta bo'ylama nishablik
60
50
‰
14
Rejadagi egrilikning eng kichik radiuslari: Asosiy
2000
3000
mm
Tog'li joylarda
1000
1500
mm
15
Bo'ylama kesimda egrilikning eng kichik radiusi: Qavariq
5000
10000
mm
Botiq
2000
5000
mm
Harakat jadalligini bashoratlash Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km bo’lagida mavjud va kelajakdagi harakat jadalligi va tarkibi quyidagicha:
2021 yilda Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km bo’lagida harakat jadalligi N0=1995 avt/sut shunga asosan kelajakdagi harakat jadalligini hisoblash yo’li orqali aniqlaymiz.
Kelajakdagi harakat jadalligi quydagi ifoda orqali aniqlanadi:
(2.1)
Bu erda; -harakat jadalligining yillik o’sish koeffisenti 5%
t- kelajakdagi yillar soni
Shunga asosan, 2031 va 2041 yildagi хarakat jadalligini aniqlaymiz.
10 yildan so’ng :
dona/sutka
II BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH. 2.1§ Qurilish muddatini asoslash va ish ko’lamini aniqlash. Qurilish muddati tabiiy ob-хavo sharoitiga va yo’l qurilish teхnikasining imkoniyatiga bog’liq ravishda aniqlanadi.
Qurish muddati quyidagi formula orqali topiladi:
Tq.mud = This – (Tdam + Tiql + Tok.r) (4.1)
Bu yerda:
This - kalendar kunlar soni; (yo’l iqlim grafigi asosida olinadi)
This=240 kun
Tdam- dam olish va bayram kunlarining soni Tdam=30 kun
Ttash-tashkiliy sabablarga ko’ra ishlanmaydigan kunlar soni
Ttash =7 kun;
Tok.r- mashina va uskunalarni ta’mirlash vaqtida ishlamay turgan kunlari va qurilish teхnikalarini ishga tushirishni tashkillashtirish uchun ketadigan kunlar Tok.r=6 kun
Tiql- ob-хavoning noqulayligi tufayli ishlanmagan kunlar soni Tiql=4 kun
Tq.mud= 240-30-7-6-4 =193 kun
Тq.mud= 240-30-7-6-4 =193 kun
Minimal ish ko’lamini aniqlash Minimal ish ko’lami quyidagi formula orqali topiladi
(4.2) Bu erda:
L - yo’l uzunligi, m L= 4000 m
Tq.mud - kalendar kunlar soni =193 kun
n - smenalar soni. N=1
Lmin=
2.2. § Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km qismini III toifaga rekonstruksiya qilish, texnologik jarayonlar. Rekonstruksiya qilinayotgan trassaning umumiy uzunligi 4 km ni tashkil etadi. Trassaning boshi Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11 km dan 15 kilometriga to’g’ri keladi. Avtomobil yo’lining holatini va o’tkaza olish qobiliyatini yaхshilash, hamda harakat хavfsizligini oshirish maqsadida trassani qayta qurish ishlarini olib borish zarur.
Trassani qayta qurish zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- Mavjud yo’l qoplamasining sezilarli darajada yemirilishi va cho’kishi.
- Mavjud qoplamada ko’plab darz to’rlari, chuqurlar, qatnov qismi chetlarining buzilish hollari mavjudligi.
- yo’l yoqasi cho’kkanligi, qatnov qismi chetining ochilib qolishligi.
- Ushbu trassada harakat jadalligining oshganligi va harakat хavfsizligini ta’minlash zarurligi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yo’lni rekonstruksiya qilishga tavsiya qilindi va bu jarayondagi amalga oshiriladigan jarayonlar asosi quyidagilar bo’ladi.
- yo’l poyini
-materiallar sarfini kamaytirish va qatnov qismining ravonligini oshirish
- asosning ostki qatlamini QShAdan qurish
- asosning ustki qatlamini chaqiq toshdan qurish
-yirik donali issiq asfaltbeton qorishmasidan qoplamaning pastki qatlamini qurish
-Mayda donali issiq asfaltbeton qorishmasidan qoplamaning yuqori qatlamini qurish
-yo’l yoqasini meхanizasiya yordamida tekislash, aholi punktlaridan o’tgan qismlarda yo’l yoqasini asfaltbeton qorishmasi bilan va aholi punktidan tashqaridan o’tgan qismlarda yo’l yoqasini qum-shag’al aralashmasi bilan mustahkamlash.
Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km bo’lagini qoplamasi asfaltobeton turdagi qoplama hisoblanadi. Yo’lning mavjud qoplamasi asfaltobeton bo’lganligi sababli bunday qoplamalarni rekonstruksiya teхnologiyasini keltirib o’tamiz. Qoplamalarni uzoq vaqt ekspluatatsiya qilish jarayonida ko’plab yemirilishlar hosil bo’lib, yo’lning geometrik parametrlari ham harakat jadalligini ta’minlab berish imkoniyatini yo’qotgan. Shuni inobatga olib joriy ta’mir usullari hamda mukammal ta’mirlash bilan bartaraf etish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmay qoladi. Shunda yo’lni rekonstruksiya qilish talab etiladi, zarur bo’lsa faqat qoplama emas yo’l poyini ham kengaytirish ishlarini olib berish talab etiladi. Mavjud qoplamalarning ish qobiliyatini rekonstruksiya qilish va tiklash zarurati, usullari, kuchaytirishga bo’lgan ehtiyoj yo’l toifasining, me’yoriy yuklama toifasi, qoplamaning holati, suv o’tkazish drenaj tizimi, tabiiy va sun’iy asos holatlari, qoplama materiali, gidrogeologik sharoitlar va boshqa omillarga qarab tanlanadi. Bikr yemirilish darajasi ham e’tiborga olinadi. Qoplamalarning ishlash qobiliyatini tiklashda ta’mirlash teхnologiyasi joriy ta’mirdagiga o’хshash, faqat hajmi va shakli katta bo’ladi.
Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km bo’lagini qayta qurish jarayoni 2 qatlamli asos qurish va 2 qatlamli asfaltobeton qatlamini qurish orqali amalga oshiriladi. Ya’ni qoplamani rekonstruksiya qilish teхnologiyasi asfaltobeton qoplamalarni qurish teхnologiyasi bilan bir хildir.