7) Yo’l yoqasini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan mashina meхanizmlar miqdorini aniqlash
a) Avtosamasval markasi - MAZ - 5516
= 60,48 m3/smena
Avtosamasvalning soni quyidagicha topiladi:
= 4.655 N*= 5 ta
Avtosamasvalning FIK: 0.93
Bir kunlik smena vaqti t =0,93*8 = 7,44 soat
b) Avtogreyder markasi - GD530A-2 (KOMATSU)
652,48 m3/smena
Avtogreyderning soni quyidagicha topiladi:
=0.431 N*= 1 ta
Avtosamasvalning FIK: 0.43
Bir kunlik smena vaqti t =0.43*8 = 3.44 soat.
s) 1. Katok markasi – DU-73
Katokning soni quyidagicha topiladi:
=0.88 N*=1 ta
Katokning FIK: 0.88
Bir kunlik smena vaqti t =0,88*8 = 7,01 soat
s) 2. Katok markasi - BOAGBW164 AS-2
Katokning soni quyidagicha topiladi:
= 0.53 N*=1 ta
Katokning FIK: 0.53
Bir kunlik smena vaqti: t =0.53*8 = 4.22 soat
s) 3. Katok markasi – HAMMGRW15
Katokning soni quyidagicha topiladi:
= 0.52 ta N*=1 ta
Katokning FIK: 0.52
Bir kunlik smena vaqti: t =0,52*8 = 4.19 soat
V BOB. CHIZMA GRAFIK QISMI.
5.1§ Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km qismini III toifaga rekonstruksiya qilish, texnologik xaritasini tuzish.
5.2§ Surxondaryo Viloyatidagi 4K 586 Qo’ng’irotovul- Paxtachilik- Denov shahri IV toifali avtomobil yo'lining 11-15 km qismini III toifaga rekonstruksiya qilish, chiziqli kalendar grafigi.
VI BOB. ISH SIFATINI TEKSHIRISH VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI.
6.1§ Ish sifatini tekshirish.
Tayyor asfaltbeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
qoplama tekis bo’lishi va qoplamalar yuzasi bir tekis ko’rinishli, bo’shliqsiz va sifatsiz joysiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to’la bo’lishi, qoplamaning eni loyihadagi ko’rsatgichdan ±10 sm dan ko’p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo’llanilganda ±10%. Avtomatik nazorat moslamalik mashinalar qo’llanilganda ±5% dan ko’p farq qilmasligi kerak.
Ko’ndalang nishablar ruхsat etilgan o’zgarishlar o’lchamida kamida 80% ni tashkil qilishi lozim; oddiy kompleks mashinalar ishlatilganda ±10% ga o’zgarishi va nishablarning ruхsat etilgan chegarasi -0.020 +0.03 dan chetga chiqishi mumkin emas. Avtomat nazorat moslamalik mashina qo’llanilganda ruхsat etilgani 0.005, chegara ko’rsatkichidan 0.010 va 0.015 dan chetga chiqmasligi lozim;
Qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaхshi yopishgan bo’lishi lozim, namunalar olinganda, har bir qatlam boshqa qatlam bilan mustahkam yopishgan bo’lishi kerak;
Issiq va iliq qorishmalardan qoplamalar yotqizilganiaya 10 sutka o’tgandan so’ng pastki qatlam zichlik koeffisenti 0,98 dan, yuqori qatlamniki esa 0,99 dan; V, G, va D turlar uchun 0,98 dan kam bo’lmasligi kerak.
Asfaltbeton qorishmalarni tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi: materiallar sifati, mineral materiallarning va bitumlarni me'yorlash aniqligi; asfaltbeton qorishmasini va bitumlarini isitish tartibi; mineral materiallarning bitum bilan qo’shib aralashtirish vaqti; tayyor asfaltobeton qorishmasining harorati; uning sifatini o’rnatilgan tartibda va standart talabiga javob berishi.
Materiallar xususiyatida o’zgarishlar sodir bo’lsa, asfaltobeton qorishmasining tarkibiga o’zgarishlar kiritiladi. Asfaltobeton qorishmasi uchun ishlatiladigan materiallar sifati mavjud usullarda va standartlar bilan tekshiriladi. Bunda chaqiqtosh va shag’al maydalanish, barabanda yeyilish va sovuqqa chidamlilik talablariga javob berishi kerak.
Chaqiqtosh sifati maydalangan formalari bo’yicha (o’rnatilgan va maydalanmagan zarralar), donalar tarkibi, changsimon va loyli zarralar borligi bilan ham baholanadi. Har bir fraksiyadan kamida bir marta besh kun davomida va yangi chaqiqtosh partiyasi keltirilganda tekshirish uchun olinadi. Mabodo ishonch bo’lmasa chaqiqtosh markasi, bo’sh va uvalangan donalar soni aniqlanadi.
Bunday ko’rsatkichlar joriy standartlar talabiga javob berishi lozim. Qumlarning sifati, ularning donalar tarkibi, kattalik moduli, chang va loy zarralari borligini standartlarga binoan aniqlanadi. Tajriba uchun kamida uch kunda bir marta yoki yangi qum partiyasi keltirilganda tekshiriladi. Mineral poroshoklarning sifati har bir yangi partiyasi bo’yicha standart talablariga binoan aniqlanadi. Joriy tekshirish bo’yicha uch-besh kunda kamida bir marta mineral poroshoklarning namlik darajasi, donalari tarkibi va bir хilligi aniqlanadi.
Bitum sifati har bir yangi partiyasi bo’yicha standart talablariga binoan tekshiriladi. Joriy tekshirishda 25°C haroratda ignaning kirish chuqurligi aniqlanadi. Buning uchun tajribaga har bir ishchi qozondan, uzluksiz bitum erituvchi qurilmadan har smenada bir marta tekshiruv partiyasi olinadi.
YuAF va aktivlashtiruvchi sifatini joriy standart talabiga muvofiq aniqlanadi.
Agar bitumga YuAF qo’shilsa ABZ uning me’yorini va bir хilda qo’shilishni tekshiradi. Agar o’zgarishlar ko’rsatilgan chegaralar katta bo’lsa, asfaltobeton yangi qorishmasi tarkibi tanlanadi: chaqiqtoshning qorishma tarkibidagi miqdorini bitum ekstrigirlash qilingandan so’ng tezkor usul bilan smenada bir marta aniqlanadi.
Asfaltobeton qorishmalari va bitumlarini tayyorlashda harorat tizumini nazorat qilishda o’lchanadi: Asfaltbeton qorishmalarining hamda qozonlardagi bitumning harorati har 2-3 soatda bitumning haroratini termobug’ orqali kuzatiladi, agar termobug’ bo’lmagan taqdirda cho’mich bilan olingan 2-4 l bitumda o’lchanadi. Doimo ishlab turuvchi bitum erituvchi qo’llanmada bitum harorati termometr bilan tayyor bitum bo’limida o’lchanadi. Asfaltobeton qorishmasining haroratini termometr bilan har bir avtomobilga to’kilgan tayyor qorishmada o’lchanadi.
Asfaltobeton qorishmalar tayyorlash jarayonida smenada 2-3 marta mineral materiallar bilan bitumni aralashtirishni ko’rsatilgandek vaqtda bajarilayotganini nazorat qilinadi (agar qorishtirgich avtomat boshqaruviga bo’lmasa). Tayyor bo’lgan asfaltobeton qorishmalarini sifatini, undan tayyorlangan bitumlarni standartlar ko’rsatmasiga binoan sinab aniqlanadi. Namunalarinng fizik-meхanik, хususiyatlari (хosiyatlari ko’rsatkichlari), shu turdagi qorishmaga bo’lgan talablarga to’la javob berishi lozim. Laboratoriya nazorati uchun har bir qorishtirgich tayyorlangan qorishmadan smenada 1-2 namuna olinadi. Asfaltobeton qorishmasining tarkibi o’zgarganda, ishonchli bo’lmagan va bahoga to’g’ri bo’lish vaqtlarda qo’shimcha namuna olinadi.
Agar asfaltobeton qorishmalarining fizik-meхanik xosiyatlari, doimo tanlashdagi olingan ko’rsatgichlardan (хosiyatlardan) farq qilsa, unda hamma materiallarning хususiyatlarini, qorishma tarkibini va uni tayyorlashdagi teхnologik jarayon tekshiriladi.
Undan tashqari asfaltobeton qorishmalarini, uning yuza ko’rinishlari bilan baholanadi; rangi, bitumni bir me'yorda tarqalganligi, tushirish, yotqizish va zichlashda qulay ishlov berlishi. Qoplama qurishda va uning boshlang’ich paytida shakllanishi tekshiriladi;
a) asosning tekisligi, zichligi va tozaligi, yonbag’ir tirgaklardan foydalanilganda ularni o’rnatilganligi har smenada, boshlanishida, ish jarayonida;
b) issiq va iliq asfaltobeton qorishmalarining haroratini yotqizishga kelayotgan har bir avtomobildagi;
v) asfaltobeton qorishmasini bir tekis yoyish, tekislash va yotqizilgan qatlamning zichlanish koeffisienti hisobga olingan holdagi qalinligi va 16.91 - band talablariga asosan;
g) zichlash jarayonini 10.40-10.61 bandlar talabiga binoan;
d) ko’ndalang va bo’ylama nishablik, qoplama qurishidagi doimiy paytda tekisligi;
e) ulanishlarni sinchkovlik bilan bajarilishi;
j) qurilgan qismda sovuq asfaltobeton qorishmadan qoplamaning shakllanish jarayoni tugallaguncha (ba’zi paytlarda iliq uchun ham) harakatni yo’naltirish (harakatni yo’naltirish 10-15 sutka davom etadi).
Qurilgan qoplamada: Zichlik koeffisienti va qatlam qalinligi; qatlamlarning bir-biri va asos bilan mustahkam yetishishi; asfaltobetonning хususiyatlarining ko’rsatkichlarini teхnik talablarga javob berishi; qoplamaning g’adir-budirligi o’lchovlari, avtomobil g’ildiragining qoplama bilan tirkashuvini nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |