lerarxiyaviy formuladan foydalanishni engillashtirish uchun
atamalarni juft-jufit qilib guruhlash qulaydir. Bunda uch juftlik hosil
bo‘ladi: dastlabki juftlik - matematika va astronomiya; pirovard juftlik -
biologiya va sotsiologiya; oraliq juftlik - fizika va kimyo. Bundan
tashqari, har bir juftlik guruhlanuvchi fanlarning tabiiy o‘xshashligini
ko‘rsatadi, ularning sun’iy ajratilishi esa, o‘z navbatida, ayrim
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu biologiyani sotsiologiyadan
ajratish ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi.
O.Kont taklif qilgan tasnif zamirida oddiydan murakkabga,
abstraktdan muayyanga, qadimgidan yangiga sari harakat tamoyillari
yotadi. Garchi murakkabroq fanlar soddaroq fanlarga asoslansa-da, bu
oliyning quyiga reduksiyasini anglatmaydi. Kont tasnifida mantiq va
psixologiya kabi fanlar mavjud emas, chunki mantiq, uning fikricha,
matematikaning qismi hisoblanadi, psixologiya esa, qisman
biologiyaning, qisman - sotsiologiyaning bo‘lagidir.
Vilgelm Diltey (1833-1911) ruh haqidagi fanlar va tabiat haqidagi
fanlarni ajratdi. Faylasuf o'zining «Ruh haqidagi fanlarga kirish»
Do'stlaringiz bilan baham: |