Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi
boshqa vositalarni ham o'rganadi. Tamoyil, qoida va ko'rsatmalar,
shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar
jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni
metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan
rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot
vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo'llari, bilimni
tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o'rganadi. Xullas,
metodologiya metodlar yig ‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta ’limotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |