Ilmiy dalilning ikki muhim xossasi - ishonchlilik va bir variantlilik.
Ilmiy elita va intellektuallar – intellektual mulk bunyodkorlari.
Induksiya–ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ularni umumlashtirib xulosa chiqarishga) fikran harakat qilish;
Innovatsiya - ingliz tilidan kelib chiqqan, yangilanish, o‘zgartirish, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.
Inson bilimi – hissiy va ratsional faoliyatning birligi.
Intellektual elita – ziyolilarning tug‘ma emas, balki funksional tipi. U o‘z zimmasiga yuklangan jamiyatning ma’naviy va intellektual rivojlanishini ta’minlash funksiyasi bilan bog‘liq. Intellektual elitaga mansublikning eng diqqatga sazovor ko‘rsatkichi kashfiyot yoki ta’limotga stixiyali tarzda uning muallifi nomi berilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |