10. Mumkin bo’lgan xavfni o’rganish va tahlil qilish
Turli darajadagi hokimiyat organlaridan yordam yoki kafolatlar olish
Sug’urta
Garov yaratish
Bank kafolatlari
Huquqlarni o’tkazish kafolati
11. Loyiha manbalari. Loyiha qiymati 2 manba hisobidan moliyalashtiriladi:
Ichki moliya manbalari: Korxonaning o’z moliya mablag’lari va fondlari, ya’ni xususiy kapital
Tashqi moliya manbalari: Kredit,Lizing,Grant,Moliyaviy yordam
Xususiy kapital – jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati davomida olgan daromadi, mulki.
Lizing – uzoq muddatga texnika-texnologiyalarni ijaraga olish uchun beriladigan pul mablag’lari.
Kredit – banklar va kredit muassasalari tomonidan ma’lum muddatga qaytarib berish sharti bilan garov evaziga beriladigan pul mablag’lari.
Grant – ijtimoiy loyihalarga yoki tijorat maqsadida biznesni rivojlantirish uchun , qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan mablag’.
Do'stlaringiz bilan baham: |