Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali Elektronika va Elektrotexnika fakulteti



Download 3,73 Mb.
bet7/8
Sana03.06.2022
Hajmi3,73 Mb.
#631674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
madellash

O’lchov jihozlari paneli
Electronics Workbench dasturida ampermetr va voltmetrdan tashqari ko’p sonli rejimlarida ishlaydigan 7 ta asbob mavjud bo’lib ular bitta elektr sxemada faqat bir marta qo`llaniladi. Panelning chap tomonida analogli kattaliklarni kuzatish uchun mo`ljallangan multimetr, funktsional generator, osillograf va Bode-plotter joylashtirilgan.
Electronics Workbenche (EWB) modellashtirish dasturi xususiyatlari.
Quyiga talabalarga radioelektron qurilmalarni kompyuterda modellashtirish texnologiyalarini Electronics Workbench dasturida o'rgatish uchun xizmat qiladi. Bu dastur ( keyinchalik matnda – EWB) electron komponentlarni o`rganishda, analog va raqamli elektron qurilmalarni sxemotexnik modellashtirishda, fizika va elektrotexnika qonunlarini o`rganishda ishlatiladi.
Sxemotexnik modellashtirish Electronic Workbench dasturi elektron sxemalarni tuzish va tahlil qilish uchun mo'ljallangan.

Elektronics Workbenche dasturini o`rganish.
Sxemalarni tayyorlash
EWB dasturida sxemalar tahlilini o'zgarmas (DC) va o'zgaruvchan (AS) toklarda olib borish mumkin.
O'zgarmas tokda o'rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o'lchov asboblarida o'z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi.
O'zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi.
EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o'tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni analiz qila oladi.
EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar ( jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan kutubxonasiga ega.
O'lchov asboblarining ko`p va etarli darajada mavjudligi ko'p miqdordagi kattaliklarni aniq o'lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi. O'lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto'g`ri ulanganda dastur xatoni darrov ko`rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to'liq sxemani yaqqol ko'rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi.
Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan foydalanamiz.
Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan klyuchlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi.
Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin.
Dasturda o'lchov amaliyotlarini o'tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter ( chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so'z generatori, logik analizator, logik o'zgartgich.
EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig`ishga imkon beradi:
- kutubxonalardan kerakli elementlar va asboblarni tanlash;
- elementlar va sxemalarni ishchi oynaning istalgan joyiga ko'chirish;
- elementlar va elementlar guruhlarini 90°ga karrali burchaklarga burish;
- elementlar, elementlar guruhlari va sxemalar fragmentlari, butun sxemalardan nusxa olish, o'chirish va boshqa erga ko'chirish;
- simlar ranglarini o'zgartirish;
- ko'rishni osonlashtirish uchun sxemalar konturlarini ajratib olish;
- bir nechta o'lchov asboblarini bir vaqtning o'zida ulash va monitorda ularning ko'rsatmalarini kuzatish;
- elementni shartli belgi bilan belgilash;
- elementlar parametrlarini keng ko'lamda o'zgartirish.
Hamma amallar klaviatura va sichqoncha bilan bajariladi, faqat klaviatura bilan ishlash mumkin emas.
Asboblarni sozlash natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
- o'lchov diapazonlariga moslab asboblar shkalalarini o'zgartirish;
- asbobning ish rejimini tanlash;
- sxemaga ta'sir qiluvchi kirish signallari turlari va parametrlarini
( o'zgarmas va garmonik toklar va kuchlanishlar, uchburchak va to'g ri burchakli impulslar) keng ko'lamda o'zgartirish.
Dasturning grafiklar bajarish imkoniyatlari quyidagicha:
- grafikda bir vaqtning o'zida bir nechta egri chiziqlarni kuzatish;
- grafiklarda egri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash;
- grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o'lchash;
- ma'lumotlarni grafik redaktorga import qilish orqali rasmlarda kerakli o'zgarishlarni bajarish va printerga chiqarish.
Dastur kompyuterga o`rnatiladi. U ishga tushirilganda EWBning bosh ishchi oynasi 1- va 2- rasmda keltirilgan holda namoyon bo`ladi:
1- расм. EWB bosh ishchi oynasi ko`rinishi
.

2- rasm. EWBning bosh ishchi oynasidа yig`ilgan cxema.
1-rasmda: меню (1), komponentlar va control- o`lchov asboblari lineykasi (2,3), oynaning ishchi sohasi (4) va holat satri (5) keltirilgan.
Sxemalarni yaratish dastur kutubxonalaridan komponentlarni tanlab olib, dastur ishchi oynasiga ( keyinchalik matnda IO) o'rnatish bilan boshlanadi. EWB dasturida qurilmalarning printsipial sxemalarini qurishdan oldin qog`ozda komponentlarning taxminiy joylashishi va qurilmaning printsipial sxemasini chizib olish kerak.
Misol tariqasida 1- rasmda keltirilgan sxemani tuzish bosqichlarini ko'rib chiqamiz
( keyinchalik sxema tuzish bosqichlari kursiv bilan keltirilgan):
Buning uchun kerakli komponentlar guruhlari menyularini ochamiz, ya'ni: Sources - signallar manbalari ( 1 tugma), Basic guruhi – passiv komponentlar va kommutatsion qurilmalar ( 2 tugma), Diods guruhi- diodlar ( 3 tugma), Indicators guruhi- indikator qurilmalar ( tugma 10). Sxema yasashga kerakli komponent menyudan SChT bosib turilgan holda sichqonchani harakatlantirilib IOga tushiriladi va SChT qo'yib yuboriladi. Kerakli komponent maydonga tushib qoladi. Kerakli komponentlar terib bo'linganidan keyin menyuni yopib qo'ysa ham bo'ladi. ( 3- rasm).

3- rasm. Sxema yaratishning birinchi bosqichi.
Komponentlarni IOga tushirishni EWB dasturida dinamik menyu bilan ham amalga oshirsa bo'ladi. Buning uchun erkin maydonda SChT ni bosish kerak. Ekranda 4- rasmda keltirilgan menyu paydo bo'ladi.

4- rasm. Dinamik menyu
Bu menyuda quyidagi optsiyalar mavjuddir:
Paste – almashinish buferidagi ma'lumotni IO ga qo'yish;
Zoom In, Zoom Out – tasvirni kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Bu optsiyalar Circuit menyusida asboblar oynasining yuqori qatoridagi quyidagi

5-rasm Zoom In, Zoom Out
tugmachalar bilan dubllashtirilgan;
Add [komponentning nomi] – IO ga ko'rsatilgan komponentlarni qo'shimcha qo'yish. Bunday buyruqlar menyu jadvalida IOda joylashtirilgan komponentlar soni bilan aniqlanadi. Masalan, Add Capacitor buyrug`i berilganda IOda mavjud kondensator kopiyasi paydo bo'ladi.
Schematic Option optsiyasini tanlash IO da Schematic Option oynasini paydo qiladi:

6- rasm. Menyuning Schematic Option oynasi (sxemalarni rasmiylashtirish elementlarini berish).
Shu oyna yordamida to'liq sxemani rasmiylashtirish elementlari tanlanadi. Schematic Option oynasining Grid oynachasida:
– Show grid – sxemani chizishni osonlashtiruvchi to'r ko'rsatiladi ( maxsus talab qilinmaganda bu optsiya o'chirilgan, qolgan optsiyalar yoqilgan bo'ladi); bu optsiya Use grid – to'r ishlatilsin- optsiyasi yoqilgan holdagina aktiv holatda bo'ladi.
Show/Hide oynachasida (7- rasm):

7- rasm. Schematic Option menyusi Show/Hide oynachasi.

8-rasm. Schematic Option


– Show labels – komponentlarning pozitsion belgilanishi ko'rsatiladi, masalan, kondensatorlar uchun S1, S2;
– Show models – komponentlar modellari nomlari ko'rsatiladi, masalan, tranzistorlar tipi ( KT605 va h.k.).
– Show values –komponentlar nominali ko'rsatiladi, masalan, rezistorlar kattaliklari;
– Show nodes – sxemaning tugun nuqtalari raqamlari ko'rsatiladi, 8- rasmda ko'rsatilganidek (Analysis menyusi buyruqlari qo'llanilganda);

9- rasm.. 2- va 3- tugunlar nuqtalari keltirilgan printsipial sxemaning lavhasi.
– Show Reference ID – komponentning pozitsion belgilanishini ko'rsatadi (Analysis menyusi buyruqlari qo'llanilganda);
– Autohide part bins – maxsus talab qilinmaganda shu sxemada qo'llanilgan komponentlar kutubxonasining tarkibi ifodalanmaydi;
– Keep parts bin positions – qo'llanilayotgan komponentlar kutubxonasining holatini sxema yig`ilayotganida ekranda saqlab qolish; odatda komponentlarning yangi kutubxonasini tanlash avvalgi kutubxonaning yo'qolishiga olib keladi; ekranda bir nechta kutubxonalarni bir vaqtning o'zida saqlab turish uchun ularni ekran bo'yicha har xil joylarga o'rnatish kerak, bu vaqtda yangi kutubxona tanlanganda avvlgilarining holatlari o'zgarmay qolaveradi.
– Fonts oynachasini tanlanganda (9- rasm) komponentni belgilash uchun (Set label font tugmachasi) va uning parametri qiymati (Set value font tugmachasi) uchun shriftning tipi (Font name) va o'lchami (Font size) alohida- alohida tanlanishi mumkin.

10- rasm. Fonts oynachasi (a) va shrift tanlash oynachasi (b).


Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish