Ishni bajarish uchun o‘quv topshirig‘i va uslubiy ko‘rsatmalar
Electronics Workbench dasturini ishga tushiring va uning sxema oynasida uch razryadli raqamli-analog o‘zgartkichning (RAO‘) sxemasini yig‘ing (8.6-rasm). Sxemada uchta kirish ikkilik signallari 1, 2, 4 ulabuzgichlarni boshqaradi. Operatsion kuchaytirgichning (OK) teskari bog‘lanish zanjiridagi qarshilik 2 kOm bo‘lib R-2R zanjirning umumiy qarshiligiga teng. Shu sababli OK ning o‘tkazish koeffitsienti birga teng bo‘ladi. Kvantlash qadamining () qiymati tayanch kuchlanish E0 va R2R zanjirdagi zvenolar soniga bog‘liq. Masalan, tayanch kuchlanish E0=8B va R-2R zanjirdagi zvenolar soni uchta bo‘lganda kvantlash qadamining qiymati =1V bo‘ladi. 0
11- rasm. Uch razryadli raqamli-analog o‘zgartkichning sxemasi
2. RAO‘ ning chiqishiga multimetr (yoki voltmetr) ulab va ulab– uzgichlarni ishlatib kvantlash qadami E va Umax o‘lchang.
3. O‘lchash natijalari bo‘yicha = E, va Umax=(23-1) tengliklar o‘rinli bo‘lishi tekshirib ko‘ring.
4. Kirishdagi ikkilik signallarning hamma kombinatsiyalari uchun chiqishdagi kuchlanishlarning qiymatlarini yozib oling va natijalarni 1- jadvalga kiriting.
12-rasm. Kirishdagi ikkilik signallarning hamma kombinatsiyalari uchun chiqishdagi kuchlanishlarning qiymatlari
5. RAO‘ ning ishlashini ossillograf yordamida tekshirish uchun sxemaning chiqishiga ossillograf ulang, ulab-uzgichlar kuchlanish bilan boshqariladigan kalitlarga almashtiring va kirish signallarning mantiqiy signallar generatori (Word Generator) orqali bering (-rasm).
13-rasm Kirish signallaring mantiqiy signallar generatori (Word Generator) orqali berish
6. Sxemani ishga tushirib natijalarni ossillograf va grafik analizatorning ekranida ko‘ring (14-rasm).
14- rasm Modellash natijalari
7. OK ning teskari bog‘lanish zanjiridagi rezistorga parallel kondensator ulab past chastotalarning aktiv filtrini hosil qiling. Kondensatorning sig‘imini o‘zgartirish yo‘li bilan uning chiqish kuchlanishida pog‘onalar bo‘lmaydigan qiymatini aniqlang (15-rasm).
15 – rasm OK ning teskari bog‘lanish zanjiridagi ossillogrammasi
Xulosa
Shunday qilib, EWB dasturi turli darajadagi sxemalarni quyidagi operatsiyalar yordamida yig`ishni amalga oshiradi:
– element va asboblarni kutubxonalardan tanlash;
–element va sxemalarni maydonning ixtiyoriy nuqtasiga ko'chirish;
–elementlar va elementlar guruhlarini 90o ga karrali burchaklarga burish;
– elementlar yoki elementlar guruhlarini, sxemalar fragmentlarini va to'liq sxemalarni ko'chirish, o'rniga qo'yish yoki o'chirish;
– simlar ranglarini o'zgartirish;
– sxemalar konturlarini qulaylik maqsadida rangli qilib tasvirlash;
– bir vaqtining o'zida bir nechta o'lchov asboblarini ulash va monitor ekranida ularning ko'rsatishlarini kuzatish;
–elementlarni shartli belgilar bilan belgilash;
–elementlar parametrlarini keng diapazonda o'zgartirish.
Hamma amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Faqat klaviatura bilan boshqarishning iloji yo'q.
Asboblarni sozlash bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
– asboblar shkalalarini o'lchov diapazoniga mos ravishda o'zgartirish;
– asbobning ish rejimini tanlash;
– sxemaga kirish signallarining turlarini o'zgartirish ( doimiy va garmonik tok va kuchlanishlar, uchburchakli va to'g`ri burchakli impulslar.
Dasturning grafik imkoniyatlari quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
– bir vaqtning o'zida grafikda bir nechta egri chiziqlarni kuzatish;
–grafiklarda egri chiziqlarni har xil ranglarda tasvirlash;
–grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o'lchash;
–grafik redaktorga ma'lumotlarni import qilish, bu o'z navbatida rasmni qayta ishlash va uni printerga chiqarish imkonini beradi.
Sxema yoki uning fragmentini matn redaktoriga o'tkazish, uni nashr qilish, unga izohlar va sxema ishiga taqrizlar kiritish imkoniyatlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |