uchrashuvlar o‘tkaziladi.
XIZMAT KO'RSATISH TEXNIKASI KAFEDRASI
Kafedra mudiri
Sultanova Shahnoza Abduvahitovna
Dotsent
Kafedra tarixi:
Toshkent davlat texnika universitetining strukturaviy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati
bilan universitet Kengashining 2017 yil 17 iyuldagi №12–sonli bayonnomasi asosida Mashinasozlik
fakulteti tarkibida «Xizmat ko‘rsatish texnikasi» kafedrasi tashkil etildi va t.f.n. Mirzaev Qahramon
Qarshiboevich kafedra mudiri etib tayinlangan.
2018-2019 o‘quv yilining 24 avgust kunidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika
universitetining rektorining 03/09-402 sonli buyrug‘iga asosan «Xizmat ko‘rsatish texnikasi» kafedrasi
mudiri etib dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna tayinlandi. Kafedrada 5310600–Transport
vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko’rsatish) va 5320300 – Texnologik mashinalar va
jihozlar (oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari) bakalavriatura yo’nalishlari hamda 5А310604 –
Avtomobillar va avtomobil xo’jaligi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
“O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zagroservis” AJ, “O‘zagrolizing” AJ, “GM UZBEKISTAN” AJ,
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi kabi korxonalar kafedra
bitiruvchilarining asosiy iste’molchilari hisoblanadi. Kafedraning bir qator ishlab chiqarish korxonalari
bilan hamkorlik aloqalari mavjud, jumladan Toshkent viloyat “Agroservis MTP” MCHJ; Toshkent viloyat
“Agroservis MTP” MCHJ Qibray filiali; “Madaniyat agromashtexsozservis” MMTP MCHJ;
“Toshavtota’mirxizmat” UK; “ROHAT-AVTOSERVIS” MCHJ; “MAX TAXI SERVISE” MCHJ; “O‘ZBEKISTON
SHAMPANI” AJ; “QIBRAY AGRO GROUP” MCHJ. Bundan tashqari kafedraning O‘zR FA tarmoq institutlari,
akademik litseylar va kollejlar bilan aloqalar va hamkorlik shartnomalari mavjud.
So’nggi 5 yil ichida kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan 10 ta monografiya, 7 ta darslik, 10 ta
o’quv qo’llanma va 30 dan ortiq metodik qo’llanma, 250 dan ortiq maqola va dokladlar, tezislari respublika
va xalqaro jurnallarda chop etilgan va kafedra olimlari tomonidan ixtirolar uchun 5 ta patent, 2 ta tovar
(mahsulot) belgisi,foydali modeli uchun 3 ta patent va 4 ta dasturiy mahsulot olingan.
Kafedraning professor-o’qituvchilari Respublikamizning ishlab chiqarish sanoatiga yetuk malakali,
zamonaviy talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash hamda Respublikamizning ustivor
yo’nalishlariga mos ravishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga
joriy etish bilan shug’ullanmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |