RJ – 45 konnektori
Bu konnektorning alohida xususiyati uning xizmat davri chegaralanganidadir, bu xususiyati unda ishlatilgan material va konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lib, standart bo‘yicha ishlash muddati 2000 marotaba ulashga yetadi.
RJ – 45 konnektori bilan birgalikda, maxsus yumshoq materialdan tayyorlangan himoya qalpoqcha ishlatiladi, u konnektor va kabelning konnektorga ulangan eng nozik qismini himoyalash uchun kiydirib qo‘yiladi.
RJ – 45 rozetkasi
RJ – 45 rozetkasi har qanday rozetka kabi axborot muhitini iste’molchinig kompyuteri yoki boshqa tarmoq qurilmasi bilan bog‘lanish hosil qilishda foydalaniladi. Bu rozetka «o‘ralgan juftlik» kabeli yordamida mahalliy tarmoq qurishda ishlatiladi
RJ – 45 rozetkasi
Tarmoq qurish qoidalariga rioya qilingan holda tarmoq qurilsa rozetkadan foydalaniladi. Tarmoq rozetkalarini qo‘llash, kabel tizimini ancha ishonchliligini ta’minlaydi va har xil ko‘ngilsizliklarni oldini olish mumkin bo‘ladi. Ya’ni kabellarni uzilishi, kontakt bo‘lmay qolish kabi holatlar. Kichik ofis tarmoqlarini qurishda, mablag‘ni tejash uchun rozetka ishlatmay kompyuterni yoki boshqa qurilmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommutator portlariga ulanadi.
II bob. Tarmoqlarni loyihalashtirish
2.1 Tarmoqni tanlash va loyihalashtirish
Mahalliy tarmoqni qurishda tarmoqni loyihalashtirish va tanlash eng muhim jarayon hisoblanadi. Bu tanlashdan kelgusida tarmoqning barcha texnik imkoniyatlari hosil bo‘ladi, ulardan eng muhimlari quyidagilar:
● tarmoqning yaratilish narxi;
● axborotlarni uzatish tezligi;
● ulanadigan kesimlar soni;
● aktiv va passiv tarmoq qurilmalarining soni;
● oson ulanish va mijozga xizmat ko‘ratish nuqtalari;
● buzilishlarga barqarorligi va buzilishlarni bartaraf qilishning osonligi;
● ishlashning xavfsizligi;
● tarmoqning marshrutlashtirish murakkabligi;
● keyinchalik kengayish imkoniyati;
● ma’lumotlarni uzatish usuli va boshqa topologiyalar segmenti bilan ulanish imkoniyati;
Tarmoqni tanlash va loyihalashtirishga katta ma’suliyat bilan yondoshish kerak. Har qanday mahalliy tarmoqni tanlash va loyihalashtirish odatda quyidagi tartibdan iborat:
1. Bo‘lajak tarmoq ishtirokchilarining soni aniqlanadi. U tarmoq standarti hamda ulanish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar soni va mahalliy tarmoq ishini tashkil qilishga ta’sir etadi.
2. Foydalanuvchilarni talablari haqida ma’lumotlar yig‘ilib tahlil qilinadi. Bu esa u yoki bu masalani aniqlashda, axborot almashish tezligi, qurilmalarni bir-biriga mosligi, tarmoq standarti tanlashda keraklidir.
3. Optimal tarmoq standartini tanlash tarmoq hosil qilish va loyihalashtirish uchun foydalidir. Tarmoq standartini tanlashning bosh ko‘ratgichi ma’lumotlar uzatish tezligi va ularni tarmoq ishtirokchilariga tarqatish hamda tarmoqni kengaytirish kabilar bo‘lishi mumkin.
4. Tarmoq loyihasi hosil qilinadi va qurilmalar soni hamda turi aniqlanadi. Loyiha qanchalik aniqlikda hosil qilingan bo‘lsa, shuncha aniqlikda kerakli qurilmalar sonini hisoblash mumkin. Bu bosqichda asosiy e’tiborni passiv qurilmalarga, shuningdek, ularning sifatiga, ishni to‘liq va tez bajarishiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |