ELEKTR TEXNOLOGIK QURILMALAR MAVZU: ELEKTR YOY PECHLARINING TASNIFI. BEVOSITA TA’SIR ETUVCHI YOYLI PECHLAR Reja: 1. Elektr yoy pechlarining tasnifi.
2. Elektr yoyli pech va qurilmalarni tasniflash.
3. SHixtali materiallar.
ELEKTR YOY PECHLARINING TASNIFI Elektr maydon ta’sirida gazda elektr tokining o‘tishi elektr zaryadsizlanish deb ataladi. Elektr texnologik qurilmalarda tojli (koronali), uchqunli (iskrali) va yoyli (dugali) zaryadsizlanishlardan keng foydalaniladi.
Elektr yoy gazlardagi yoki bug‘lardagi elektr zaryadsizlanishning ko‘rinishlaridan biridir. “Zaryadsizlanish” («Razryad») atamasi galvanik elementlar yoki kondensatorlar batareyalarining gazlar va vakuumdan o‘tayotganda zaryadning yo‘qotish qoidasini tavsiflash uchun paydo bo‘lgan. V.V. Petrov 1802 yilda «elektr yoy» atamasini elektrodlar orasida havoda zaryadsizlanishni tavsiflashda bunda yuqori haroratli gaz egilib yoy shaklini olishini ta’riflagan. Yoy energiya o‘zgarishining yuqori tezligi bilan ajralib turadi. Yoyning xususiyatlari va o‘zgarish holatlari ko‘p omillarga bog‘liq. Yoyning ETQ larda toklarning katta miqdori minglab va o‘n minglab amperga teng bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatga ega 1 – rasm.
1 – rasm. Yoyli qizdirish sxemalari: a - bevosita; b – bilvosita; d – aralash; e – yoyli plazmotron; f – vakuum-yoyli; g – optik-yoyli:1 – elektrod; 2 – elektr yoyi; 3 – eritilgan metall; 4 – futerovka; 5 –pechlar tanasi; 6 – gazli muhit; 7 –shixtalar qatlami; 9 –metallning quymasi; 10 – vakuum tuzimi; 11 – optik tuzim; 12 – qizdiriladigan jism; 13 – yoyli kamera; 14 – texnologik kamera; 15 – plazmaning sachratmasi; 16 – korpus plazmotronning tanasi (anod); 17 – elektr izolyatsiyalangan tugun; 18 –gazni kiritishuziqsiz strelkada issiqlikni nur orqali uzatilishi koʻrsatilgan; Elektr yoyi elektr tokining gaz orqali o‘tishining bir ko‘rinishidir, bug‘larda yoki vakuumda. Oddiy sharoitda gazlar elektr tokini o‘tkazmaydi. O‘tkazuvchanlik faqat gazda yoki boshqa muhitda molekula va atomlardan tashqari erkin zaryadlangan zarrachalar elektronlar, musbat va manfiy ionlar va manfiy ionlar va gaz plazmaga aylansa o‘tkazuvchanlik sodir bo‘ladi.
Elektr pechlarda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokning yoylaridan foydalanish mumkin. O‘zgarmas tokning yoyi uch qismdan iborat: yoy ustuni, katodli va anodli sohalari. Katodli va anodli mintaqalari kichik bo‘lgani uchun yoyning uzunligini ustun uzunligiga teng deb olinadi.