Fanni o‘qitilishidan maqsad – Konchilik elektr mehanigi ta‘lim yo’nalishi talabalariga raqamli texnik chizmalarni bajarishda va o’qishda ishlab chiqarishga hos konstruktorlik va texnik xujjatlarni tuzish bo’yicha talabalarga bilim berish malakasi va ko’nikmasimi hosil qilishdir. Fanning vazifasi - Chizmalarga taaluqli Davlat standartlarini mukammal o'rgatish, ishchi dasturda nazarda tutigan hisob grafik ishlarni bajartirish jarayonida talabalarning soxaga oid fazoviy tasavvurlarini kengaytirish hamda fan yutuqlari va ilg’or tajribalaridan foydalanib, ishlab chiqarish jarayonlarida sharoitga mosini qo’llashni o’rgatishdan iboratdir. O’quv mashg’ulotlarini o’tkazish va hisob-grafikaviy ishlarni bajarish plakatlar, stendlar va boshqa zarur qo’llanmalar bilan jixozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi.Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma va malakalariga qyyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - Proeksiyalash usullari to’g’risida tasavurga ega bo‘lishi; - Proeksiyalar xosil qilish usullari, grafikaviy modellash asosini, proeksiyalar turlariga amal qilish xususiyatlarini bilishi va undan foydalanaolishi; talaba mutahasisligiga tegishli sodda ekektr sxemalar ob‘ektlarning chizmalarini chizishi va o’qiy olish ko‘nikmalalariga ega bo‘lish. 1.2 “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o'qitishda ilg'or xorijiy tajribalar va innovasion ta'lim tеxnologiyalarining ahamiyati. - 1.2 “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o'qitishda ilg'or xorijiy tajribalar va innovasion ta'lim tеxnologiyalarining ahamiyati.
- Bugungi kunda o’qitishning zamonaviy metodlari ta‘lim jarayonida keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida
- yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta‘lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An‘anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta‘lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta‘lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi
- Intеrfaol o'qitish “ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o'qituvchi, talaba va talabalar guruhi o'rtasida yuzaga kеladigan hamkorlik, qizg'in bahs – munozara, o'zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi. Ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda еchimlarni birgalikda izlash, o'quv matеriallarini o'zlashtirishda talabalarning o'zaro yakunlarni yuzaga kеltirish,” o'qituvchi – talaba – talabalar guruhi” ning o'zaro bir – birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo'llab – quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo'lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan ta'riflanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |