ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ИСЛОМ КАРИМОВ НОМИДАГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ
«Электроника ва автоматика» факультети
«Ишлаб чиқариш жараёнларини автоматлаштириш» кафедраси
«ЭЛЕКТРОНИКА»
фанидан
МУСТАҚИЛ ИШИ
Мавзу: РЕГИСТРЛAР ВA УЛAРНИНГ ТУРЛAРИ, ВAЗИФAЛAРИ, ТAСНИФИ.
Бажарди: 12S-20TJA-гуруҳ талабаси
Абдусаидов Ж Текширди: __________________
Тошкент – 2022
REGISTRLAR VA ULARNING TURLARI, VAZIFALARI, TASNIFI.
Reja: 1. Registrlar va ularning turlari
2. Registrlar turlari va tasnifi
3. Mikroprotsessorning sistemali registrlari
Registrlar va ularning turlari
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha; 4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:
xotira (siljitmaydigan) registr; siljituvchi registr.
Siljituvchi registrlarni ko‘ramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi.
Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin.
Parallel kodlarda;
Ketma – ket kodlarda.
Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta’sirida u bir turg‘un holidan ikkinchi turg‘un holatga o‘tadi. Uning bitta turg‘un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Trigerni kirishiga beriladigan har bir signalga muvofik u o‘z holatini o‘zgartirishi uchun hisobli kirish rejimi qo‘llanildi. Buning uchun trigerni alohida kirishlari o‘zaro birlashtirib ulanadi.
Trigerlar amalda inersiyasiz bo‘lib 1 sekunda 106 marta qayta-qayta ulanib turishi mumkin. Trigerlar asosida EHM larni registrlari, hisoblagichlari va jamlagichlari yig‘iladi. Trigerlar integral mikrosxema asosida ish chiqilmokda. Trigerlar axborotni saqlash usuliga ko‘ra asinxron va sinxron trigerlarga bo‘linadi.
Sinxron trigerlarda ularning chiqishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida sinxron signal berilgandagina o‘zgaradi.