Doimiy tishlarning chiqish tartibi va muddati
oimiy tishlar 6-7 yoshdan chiqa boshlaydi. Doimiy tishlardan birinchi bo‘lib - birinchi katta oziq tishlar chiqadi. Bu tish: sut ikkinchi katta oziq tishining orqasiga chiqadi. Sut kesuv va qoziq tishlarining o‘rniga - doimiy kesuv va qoziq tishlari chiqadi. Doimiy kichik oziq tishlari esa sut katta oziq tishlarining o‘rniga chiqadi. Birinchi katta oziq tishlar - 6-7 yoshlarda, medial kesuv tishlari - 8 yoshda, lateral kesuv tishlari - 9 yoshda, birinchi kichik oziq tishlar - 10 yoshda, qoziq tishlar - 11-13 yoshlarda, ikkinchi kichik oziq tishlar - 11-15 yoshlarda, ikkinchi katta oziq tishlar - 13-16 yoshlarda, uchinchi katta oziq tishlar - 18-21 yoshlarda chiqadi. Odatda qiz bolalarda doimiy tishlari oldin chiqishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |