Toshkent davlat stomatologiya instituti STOMATOLOGIYA FAKULTETI TIBBIYOT KASBIGA KIRISH FANI ULTRATOVUSH TEKSHIRUVI MAVZUSIDA TAQDIMOT
Tayyorladi: Xushvaqtov Boybo’ri
Homiladorlikda ultratovush tekshiruvi
Homiladorlikda ultratovush tekshiruvi – bu rivojlanayotgan chaqaloqni va onaning jinsiy a’zolarini tasvirlash uchun yuqori chastotali tovush to’lqinlaridan foydalaniladigan sinov. Ultratovushlarning o’rtacha soni har bir homiladorlikda farq qiladi. Sonogram deb nomlangan ultratovush homilaning normal rivojlanishi va har qanday mumkin bo’lgan muammolarni skrining holatini kuzatishga yordam beradi. Oddiy ultratovush tekshiruvlari bilan bir qatorda, yana bir qator zamonaviy ultratovushlar ham mavjud – 3 o’lchovli ultratovush, 4 o’lchovli ultratovush va homila yurak ekokardiyografiyasi ham ultra tovush.
.
Homiladorlikda ultratovushning sabablari
Homiladorlik paytida ultratovush tekshiruvi turli sabablarga ko’ra ishlatilishi mumkin. Agar sizning oldingi ultratovush tekshiruvida yoki qon tekshiruvida biror muammo aniqlangan bo’lsa, shifokoringiz qo’shimcha ultratovushni buyurishi mumkin. Shuningdek ultratovush tekshiruvi tibbiy bo’lmagan sabablarga ko’ra, masalan, ota-onalar uchun rasm ishlab chiqarish yoki bolaning jinsini aniqlash uchun ham amalga oshirilishi mumkin. Ultratovush texnologiyasi ona va bola uchun xavfsiz bo’lsada, tibbiyot hodimlari hech qanday sababsiz yoki foyda bo’lmagan taqdirda ultra tovush vositalaridan foydalanishni rad etadi.
.
Ultratovush tekshiruvi jarayonida yuqori chastotali tovush to’lqinlari bachadonga yuboriladi. Boladan qaytgan tovushlar va aks sado kompyuter tomonidan tarjima qilinib ekranda bolaning joylashishi va harakatlari namoyon bo’ladi. Suyak kabi qattiq jismlar ko’proq to’lqin qaytargani sababli oq rangda ko’rinadi, yumshoqroq jismlar esa kulrang va ola tusda bo’ladi. Bolani o’rab turgan suvlar kabi suyuqliklar aks sado qaytarmaydi va qora rangda ko’rinadi. Mana shu uch rang orasidagi kontrast orqali shifokor-mutaxassis ko’rinishlarni taxlil qiladi. Ko’pgina ota-onalar ultratovush tekshiruvini intiqlik bilan kutadilar, chunki bu ularga bo’lajak farzandlari bilan ilk tanishuv imkonini beradi. Ba’zi joylarda mutaxassis bolangizning ko’rinishini qog’ozga tushirib berishi ham mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Ultratovush tekshiruvidan maqsad farzandingiz fotoalbomiga ilk suratni qo’lga kiritish yoki uning jinsini bilish emas. Maqsad - farzandingizning yaxshi o’sib ko’ngildagidek rivojlanayotganini tekshirish.
.
Homiladorlikning qaysi bosqichida qilinganiga qarab ultratovush tekshiruvi oquyidagi ma’lumotlarni beradi:
· Farzandingizning yurak urishini tekshiradi
· Bir yoki bir necha homilangiz borligini aniqlaydi
· Homilaning noto’g’ri joylashishi haqida ma’lumot beradi, homila bachadonda emas, bachadon trubasida joylashgan bo’lsa.
· Bir necha tekshiruvlar natijasida bolaning o’sish jadalligini ko’rsatadi.
.
Tekshiruv erta muddatda o’tkazilayotgan bo’lsa ayol oldindan ko’proq suyuqlik ichgan bo’lishi kerak. Qovuq bachadonni itarib tursa tasvir aniq va ravshan chiqadi. Mutaxassis tekshirilayotgan a’zoga biroz sovuq gel surtib kichik datchikni terining ustidan harakatlantirishi natijasida bolaning tasvirlari namoyon bo’ladi.
Agar bola juda chuqur joylashgan bo’lsa yoki ayol o’ta semiz bo’lgan taqdirda tasvirlar aniq bo’lmaydi. Bu holda vaginal tekshiruv kerak bo’ladi. Vaginal datchik uzun va ingichka ko’rinishda bo’ladi. Usti prezervativ kabi qoplama bilan yopilib, kirishini osonlashtiradigan surtma surtiladi. Datchikning biroz ichkariga kirishi yetarli bo’lib bu usul na ayol, na bolaga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Vaginal tekshiruvda bola tasviri oddiy tekshiruvdagidan ancha tiniq va ravshan bo’ladi. Bu usul ayniqsa ilk muddatda qo’l keladi.
.
Ko’pgina muassasalarda bolaning rivojlanishi yaxshi ketayotganiga amin bo’lish uchun tekshiruvni ikkinchi trimester, ya’ni 20 haftalarda o’tkazishni tavsiya qilinadi.
Hozirgi kunda har bir homilador ayolga birinchi trimester, ya’ni homiladorlikning 10-13 haftasida homiladorlik muddatini tasdiqlash maqsadida tekshiruvdan o’tish tavsiya qilinmoqda. Daun sindromi tekshiruvi amalga oshirish uchun ham ilk trimester tekshiruvi muhim.
Ayol ilk muddatda kuchli og’riq sezsa yoki unda qon ketishi kuzatilsa tekshiruvni yana ham ertaroq, olti-yeti haftalarda amalga oshirish mumkin.