PARKINSONIZMGAGA QARSHI MODDALAR Bu gurux moddalar Parkinson kasalligini va turli xil sabablarga ko’ra kelib chiqqan parkinsonizm xolatini davolash uchun qo’llaniladi.Parkinson kasalligi surunkali neyrodegenerativ kasallik bo’lib ekstrapiramid yadrolarining zararlanishi bilan kechadi.Kasallikni eng ko’p ko’rinishi skelet mushaklarining rigidligi1(mushaklar tonusini oshishi), tremor (doimiy ixtiyorsiz, noaniq titroq), gipokineziya2 (xarakatni cheklanishi). Bemor xolati va yurish harakatlari ham buziladi.Sekin astalik bilan ruxiy o’zgarishlar, aqliy faoliyatni o’zgarishi kuzatiladi.Parkinson kasalligini kelib chiqish sababi noaniq Aniqlanishicha, bazal yadrolarda va qora substanstiyada dofamin miqdori kamayishi kuzatilgan, dofamin neostriatumga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |