VALERIANA PREPARATLARI- (tindirma, ekstrakt). Valeriana o‘simligining ildizidan tayyorlanadi. Tarkibida izovalerian va valerian kislotalari, borneol bor. Valeriana preparatlari MNSga tinchlantiruvchi ta’sir etadi, uxlatuvchi dorilarning ta’sirini kuchaytiradi, ichki a’zolarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradigan spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. MNSning qo‘zg‘atuvchanligini kamaytiradi. Asabni buzilishlari (serjahllik, qo‘zg‘alish), yurak qon tomir sistemasining nevrozlarida, uyqusizlikda, MITning spazmlarida qo‘llaniladi, ko‘p hollarda boshqa tinchlantiruvchi va yurakka ta’sir etuvchi dorilar bilan birga ishlatiladi. Karvalol, valokardin tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |