Zararsizlantiruvchi moddalar bilan zaharlanganda birinchi yordam
1. Ish tartibi buzilganda, avariya hollarida, texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganda xodimlarda zaharlanish hollari ro‘y berishi mumkin.
2. Barcha zararsizlantiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlan- ganda teri shilliq qavatlari va nafas yo‘llarining ta’sirlanishi ro‘y beradi.
3. Himoyalanmagan teriga zararsizlantiruvchi vosita tekkanda birinchi navbatda zararlangan joy oqar suvda yuviladi.
4. Nafas yo'li orqali zaharlarganda tezda ochiq havoga yoki yaxshi shamollatilgan xonaga chiqish, og‘iz-halqumni va burunni suv bilan chayish zarur
5. Zararsizlantiruvchi moddalar ko'zga tushganda tezda oqar suv bilan bir necha daqiqa davoinida yuvish, albutsit tomizish, oftalmo- logga murojaat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |