Dezinfektsiya turlari. 1.Kundalik dezinfektsiya- bemor aniqlangan xonada o’tqaziladi. Kasal atroflarini, o’rinlarini, idish- tovoqlarni u necha kun yotsa, shuncha kun dezinfektsiya qilinib, xastalikni tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi. Bemorni ishlatgan narsalarini, kiyimini, siydigini, axlatini zararsizlantiriladi. Binoni ichini dezinfektsiya qiluvchi eritmalar yordamida xo’llab artiladi. 2.Yakunlovchi dezinfektsiya -yuqumli kasal bo’lgan xonadonda, bemor kasalxonaga yoki boshqa erga o’tkazilgandan keyin yoki o’lgandan keyin 12 soat ichida o’tqaziladi. 3.Profilaktik dezinfektsiya-yuqumli kasal bo’lsa, bo’lmasa, yuqumli kasallik chiqmasligi uchun o’tqaziladi. Masalan: xar kuni derazani ochib xonani shamollatish, ko’pchilik kirib chiqadigan joylarni profilaktik davolovchi muassasa binolarini ichini 0,5% xlor oxagi eritmasi bilan artib chiqish, ovqat eyishdan oldin qo’lni yuvish, suvni qaynatib yoki xlorlab so’ng ichish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |