Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti. 209-a furuh



Download 106,23 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi106,23 Kb.
#317675
Bog'liq
Teri va uning hosilalari


Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti. 209-A furuh

Teri va uning hosilalari. Nafas olish tizimi

Bajardi: Toxirova N

Teri tananing tashqi yuzasini qoplab odamda uning umumiy sathi 1,5-2 m2 ga etadi. Terining rangi odamlarning irqiga qa-rab har xil bo’ladi. Bu teridagi rang beruvchi modda - melanin pigmentining miqdoriga bog’liq. Teri hosilalariga sochlar, ter„ yog’ va sut bezlari hamda tirnoqlar kiradi.

Teri organizmni tashqi muhit bilan uzviy ravishda bog’lab turadi va qator muhim vazifalarni bajaradi. Teri o’zining os-tida joylashgan a’zo va to’qimalarni tashqi muhitniig fizik va ximik omillari ta’siridan saqlaydi. Jarohatlanmagan teri o’zidan turli mikroblarni, ko’pchilik zaharli va zararli mod-dalarni o’tkazmaydi. Terining epidermis qismi, ayniqsa uning muguz qavati, issiqlikni yomon o’tkazadi, va shu sababli, terini qurib qolishdan asraydi. Teridagi melanin pigmenti quyosh nurlarining organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi.

Teri tuz-suv va issiqlik almashinuvida ishtirok etadi. Kuni-ga teri orqali 500 ml gacha suv ajraladi. Suv bilan birga har xil tuzlar, ko’proq xloridlar hamda sut kislotasi va boshqalar chiqariladi. Ma’lumki, tanadan 82% issiqlik teri orqali aj-ratiladi. Tana o’z issiqligining ma’lum qismini ter ajratish orqali ham yo’qotadi.

Terining sekretor faoliyati undagi ter va yog’ bezlari orqa-li amalga oshadi. SHu bilan birga, bu bezlar ekskretor vazifani ham bajaradi. Ba’zi dorilar (yod, brom, salitcil kislota va boshqalar) va zaharli moddalar yog’ va ter bezlari mahsuloti bi-lan chiqarib yuboriladi. Terning tarkibi ko’pincha organizm holati bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Buyrak kasalliklarida terda siydik kislotalari.mochevina miqdori ortsa, qandli dia-betda uning tarkibida qand paydo bo’ladi. Teri o’zidan ayrim moddalar (yog’da eruvchi moddalar, efir, salitcil, etil spirt va boshqalar) ni yaxshi o’tkazadi. SHuning uchun ham tabobatda teri-dan singiy oladigan moddalardan tayyorlangan moysimon dornlar ishlatiladi.

Terida kon tomirlarning ko’pligi sababli u ma’lum daraja-da qon deposi bo’lib hisoblanadi. Katta odamlar terisida 1 litrgacha kon to’planib turishi mumkin.

Teri taktil, harorat va og’riqni sezuvchi nerv oxirlariga boy bo’lib, keng retceptor maydon hisoblanadi. Ba’zi joylar (bosh va panja) terisining 1 sm2 yuzasida 300 tagacha sezuvchi nuqtalar borligi aniqlangan.

Teri pushtning 2 ta embrional varag’i - ekto-derma va mezodermasidan taraqqiy etadi. Ektoderma terining epitelial qoplamasi - epidermisini hosil qilsa, me-zodermanipg hosilasi bo’lmish dermatomlar xususiy tsri - der-ma hamda teri osti yog’ qatlami - gipodermani vujudga keltira-dn. Pusht taraqqiyotining birinchi haftalarida epidermis bir tcavat yassi hujayralardan iborat, keyinchalik bu hujayralar «balandlashadi».

Embrion hayotining 1-oyi oxirlarida u ikki qavatli bo’ladi. Uchinchi oylarga kelib, epiteliy hujayralary-ning ko’payishi tufayli, epidermis ko’p qavatliga aylanadi. Homilaning 4 oylik davridan boshlab, eng sirtqi 2-3 qavat hu-jayralar yassilashib, tcitoplazmasi oksifil xususiyatga ega bo’-ladi va shu boisdan kislotali bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. 5 oylik homilada epidermisning donador va muguz qavatlari fa-tcat qo’l va oyoq kaftlarida paydo bo’ladi. 7-oydagina terining hamma yuzasi bo’ylab epidermis bazal, tikanaksimon hujayralar qavati va muguz qavatlarga ajraladi. YAltiroq qavat esa ancha kech papdo bo’ladi.

Teri 2 qismidan - epidermis va biriktiruvchi to’-qimadan iborat dermadan tashkil topgan. Terining quyi qatlamlarida derma teri osti yog’ kletchatkasidan iborat gipodermaga o’tadi.

Epidermis va dermaning chegarasi notekis bo’lib, biriktiruv-chi to’qimali so’rg’ichlar epidermisga botib kirgan bo’ladi. YUqo-rida qayd etilganidek, derma so’rg’ichlari teri sathida egatchalar bilan ajralgan do’ngliklar paydo qiladi. Epidermis dermadan glikozaminglikanlar va nozik argirofil tolalarga boy bo’lgan bazal membrana bilan ajralib turadi.

Epidermis. Terining tashqi qavati bo’lib, ko’p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliydan iborat (54-rasmga q.). Epidermis-ning qalinligi teri qoplamasining har xil joylarida turli qalinlikda (0,5-4 mm) bo’lsa-da, u umumiy tuzilishga egadir.

Epidermisda 6 qavatni . ajratish mumkin: 1. Bazal qavat (stratum basale) 2. Tikansimon hujayralar qavati (strat­um spinosum) ZDonador hujayralar qavati (stratum granul-osum). 4. YAltiroq tcavat (stratum Iucidurn). 5. Muguz qavat (st­ratum corneum) 6. Tushib ketuvchi qavat (stratum desqua mourn).



Epidermisning hujayralari bazal qavatdan boshlanib, to-eng yuza muguz qavatga tomon surilib, yangilanib turadi. SHu qa-vatlarda epidermis hujayralarining differentciallanish va muguzlanish jarayonlarining turli davrlarini kuzatish mumkin.

Bazal tcavat epidermisning eng quyi qatlami hisoblanib, der-madan bazal membrana orqali ajralib turadi

Donador hujayralar qavati 2-3 qavat, bir-biriga zich joylashgan duksimon hujayralardan iborat. Ularning tcitoplaz-masida ribosomalar, mitoxondriyalar, lizosomalar bilan bir-ga, lizosamalarning bir ko’rinishi bo’lgan keratinosomalar (qavat-qavat tanachalar) hamda parchalangan tonofibrillalar bo’laklari va ular bilan yonma-yon yirik keratogialin donachalari bo’ladi. Bu donachalar polisaxaridlar, lipid va tarkibida ko’p miqdorda gistidin, prolin, arginin hamda oltingugurtli tcistin amnnokislotalari tutgan oqsillardan tashkil topgan bo’lib, ishqoriy anilin bo’yog’i bilan yaxshi bo’yaladi. Donador hujayra-lar tcitoplazmasida keratogialin bilan tonofibrillalar kom-pleksiiing bo’lishi ushbu hujayralarda muguzlanish jarayoning boshlanganligidan dalolat beradi. Ba’zan bu o’zgarish terining kuchli ishqalanishga uchraydigan juda kichik sohasida ro’y berishi mumkin.
Download 106,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish