Toshkent Davlat Stomatalogiya Instituti



Download 57,62 Kb.
Sana07.03.2022
Hajmi57,62 Kb.
#485475
Bog'liq
lor Davron

Toshkent Davlat Stomatalogiya Instituti

Kafedra:Otorinoloringologiya

Mavzu: Rinogen miya ichi asoratlari


Bajardi: 409”A” guruh talabasi
Hikmatullayev Davon

Rinogen asoratlar Bu yallig‘lanish jarayonining ko‘z kosasi va kalla suyagi ichiga o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Bu bevosita yallig‘langan joydan, qon yoki limfa yo‘llari orqali o‘tadi. Chunki burun va uning yondosh bo‘shliqlari bevosita ko‘z kosasi va kalla suyagi bilan chegaradoshdir.

Kalla suyagi ichi asoratlariga serozli va yiringli meningit, miya abssessi, kavernoz sinusining trombozi va boshqalar kiradi.


Sinus trombozi. Kavernoz (g‘orsimon) sinus trombozi
septik xarakterga ega bo‘ladi. Bemorning ahvoli og‘irlashib, eti uvushadi, terlaydi, isitmasi ko‘tariladi. Ekzoftalm, qovoqlar va konyunktivaning shishishi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi kuzatiladi.
G‘orsimon sinusga tromb tarqalganda mahalliy simptomlar 2 tomonlama bo‘ladi. Jarayon sinusdan miya pardalariga va miya moddasiga o‘tishi mumkin. Tromb bo‘laklari ichki a’zolarga qon tomirlari orqali tarqalganda ularni zararlashi mumkin

Serozli meningit. Klinik jihatdan kasallik miya pardalarining yallig‘lanishi va kalla miya ichi bosimining oshishi simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Yiringli meningitda yallig‘lanish jarayoni bosh miyaga va kalla miya nervlariga tarqaladi. Kasallik og‘ir kechadi. Bemorning harorati ko‘tarilib, meningeal simptomlar paydo bo‘ladi. Bemor kuchli bosh og‘rig‘idan, ko‘ruv va eshituv ta’sirlariga sezgirligining ortganidan shikoyat qiladi. Jarayonning miya asosiga tarqalishi natijasida kalla-miya nervlarining parezlari kuzatiladi.

Miya abssessi. Miyaning peshona bo‘lagi abssessi ko‘proq uchrab, miya pardalarining yallig‘lanishi bilan bog‘liq simptomlar kuzatiladi. Keyinchalik abssessning kuchayishi yuzaga chiqib, yiringlash jarayoniga xos bo‘lgan simptomlar paydo bo‘ladi. Bu davrda kalla ichi bosimining oshishi va miyaning peshona bo‘lagi moddasining yallig‘lanishi kuzatiladi. Peshona abssessiga uchragan bemorlarda sensor va asabiy, ruhiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

Davosi: shoshilinch hollarda yallig‘langan bo‘shliqni radikal operatsiya qilinadi. Yiringli meningitda kalla bo‘shlig‘i trepanatsiya qilinib miya pardasini ochib drenaj qilinadi. Kuchli antibiotiklar, dezintoksikatsion terapiya buyuriladi.


Download 57,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish