4.Градов А.П. Национальная экономика. Спб.Питер 2005 5.Деловая Турция.Справочники Полпред.Совет ветеранов МИД РФ.Москва 2009. 6.Маматказин А.Мухторов А Экономика Турции: история и современность Т.1993
7.Шодиев Т.Ш. Рыночная экономика Турции Т., 1993
8. Гаджаев А.И.Горнодобывающая промышленность Турции
9.Драчева Е.Л., Яворская А.О., Христов Т.Т. Страноведение – Испания, Кипр,Турция, Египет. – М., 2007
10.Huseyin Sahin.Turkiye Ekonomisi.Bursa 1995
11. Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.7.
12. Türkiye Maden Tetkik ve Arama Genel Müdürlüğü
Internet resurslari
-
www.cia.gov
-
www.turkey-info.ru
-
www.yartpp.ru
-
http://www.immib.org.tr/MADEN/INDEX.ASP;
-
http://www.foreigntrade.gov.
7. www.mta.gov.tr/madenler/turmaden/tur_rez.asp
5-Mavzu:Turkiyaning yer va suv resurslari
Dars o‘quv maqsadi-Turkiyaning tabiiy resurslari hisoblanmish yer resurslari, ularning tarkibi,o‘rmon resurslari va ularning mamlakat iqtisodiyotidigi ahamiyati, shuningdek mamlakatning suv resurslari, uning asosiy manbalari, hamda bu resurslar bilan yuzagakelayotgan muammolar va ulardan foydalanishning o‘ziga xosxususiyatlari bilan talabalar tanishtiriladi.
Tushunchalar va tayanch iboralar- yangilanadigan va yangilanmaydigan resurslar, yer resurslari, suv resurslari, o‘rmon resurslari.
Asosiy savollar
-
Turkiyaning yer resurslari va uning tarkibi
-
Turkiyaning o‘rmon resurslari
-
Turkiyaning asosiy suv manbalari
-
Turkiyada yer va suv resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
Yer resurslari deganda insonning yashashi va xo‘jalik faoliyatining istagan turi bilan shug‘ullanishi uchun yaroqli bo‘lgan yer sathi tushuniladi. Yer resurslari hududining kattaligi va sifati, relefi, yer qatlamlari va qator boshqa tabiy sharoitlar bilan xarakterlanadi. Vazifasiga ko‘ra yerlar:
-
Qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlarga
-
Aholi punktlari yerlariga
-
Sanoat, transport, aloqa va boshqalar ahamiyatidagi yerlarga
-
Tabiat qo‘rig‘i ahamiyatidagi yerlariga
-
O‘rmon fondlari yerlariga
-
Suv fondi yerlariga
-
Zahira yerlariga bo‘linadi
Turkiyaning yer sathi 78 million gektarga teng bo‘lib, shundan 48 million gektari 1991 yilgacha qishloq xo‘jaligining ba’zi sohalari uchun foydalanilgan. Shundan 24,3 mln gektari ekin ekishga, undan 5,2 mln gektari esa shudgorga ajratilgan edi. Qolgan 3,7 mln gektaridan uzumchilik, mevachilik, va zaytunchilikda foydalaniladi. Va 20,2 mln gektar hududi o‘rmonlardan iborat.
XX asr davomida demografik bosim qishloq xo‘jaligi yerlarining kengayishiga olib keldi. Unumdor yerlar 1920 yilda 8 mln ga , 1952 y 19 mln ga, 1991 yilda 28 mln ga, 2006 yilda 31 mln ga yetdi. Marshallning kreditlar rejasidan foydalanish natijasida Turkiyaning 1948 yildan boshlab katta miqdorda traktorlarning import qilishi qo‘shimcha yerlarni , ayniqsa Anatoliya platosidagi yerlarni haydash imkonini berdi. Garchand umumimiy ishlab chiqarish nisbatan tez o‘ssada, hosildorlik past edi. 1970 yillarga kelib, unumdor yerlarning deyarli barchasi haydab bo‘lingan edi.
Ekin yetishtirish asosan yaylov va o‘tloqlar hisobidan o‘sdi. Ushbu yaylov va o‘tloqlar 1920 y da 46 mln ga dan 1980 yillarda 14 mln gektargacha qisqarib ketdi. Nisbatan kengroq sohada ekin yetishtirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirgan bo‘lsada, ammo chorvachilikda uzoq muddatli muammolarni keltirib chiqarardi. 1970- yillarning oxiriga kelib, mamlakat hududining deyarli yarmi yer erozisi muammosiga uchragani ma’lum bo‘ldi.
1970 yilga kelib xukumat tomonidan yerdan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. Unga ko‘ra , optimol uzoq muddatli ishlab chiqarishga erishi uchun , yerning 5 dan bir qismidan boshqacha usulda foydalanilishi kerak edi.
Turkiyadagi turli xil ekologik sharoit fermerlarga qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirish imkoniyatini beradi, lekin unumdor yerlarning katta qismi va qishloq aholisining katta qismi Turkiyadagi oziq-ovqat maxsulotlarining 70%ini taminlovchi don yetishtirishda jamlangan.
1992 yilda don ekinlari 12,5 mln gani yoki mamlaktning umumiy unumdor yerlarining yarmini egallagan edi.Ushbu hududning 9 mln gasi bug‘doy va 3 mln gasi arpaning ulushiga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish hajmining ortishi 1970 yillarning oxirida Turkiyani bug‘doy eksportchisiga aylantirdi.
Yer resurslari sirasiga kiruvchi yana bir muhim resurs bu o‘rmon resursidir.Turkiyadagi o‘rmonli hududlar mamlakat hududining 26%ini tashkil qilib, uning hududi 20,7 mln gektarga teng. So‘nggi 30 yilda o‘rmonli hududlar 2,5%ga, o‘sib borayotgan zahirasi 22%ga ortib bormoqda. Turkiya 584 xil daraxt turlarining vatani sanalib, shulardan 76 xili maxalliy turdir. Umumiy o‘rmon hududining 54%i ignabargli daraxtzorlardan iborat. Ularning ulushiga yuqori poyali daraxtzorlarning 71%i to‘g‘ri keladi. Dub, qora qayin va boshqa bargli o‘rmonzorlar asosan past poyali daraxtzorlardan iborat
Turk o‘rmonlarining 80,3%i eksplutasion ahamiyatga ega.O‘rmonlarning 19,7%i ekologik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, bu kabi o‘rmonlarnining 78,9%i yer va suvni himoya qiluvchi o‘rmonlarga va 20,1%i milliy parklar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda Turkiyada 33 ta milliy va 16 ta landshaft parklari, 35 ta qo‘r iriqxonalar , 56 ta tabiat yodgorliklar, 53 ta zakaznik9,428 ta dam olish zonalari va 12 ta ilmiy-izlanish o‘rmonlari faoliyat ko‘rsatadi. O‘rmon hududining faqat 3%igina qattiq qo‘riqlanadi.
Turkiyada o‘rmonlar asosan tog‘li hududlarda joylashagan. Turkiya o‘rmonlari- nam, qattiq bargli va katta bargli o‘rmon O‘rta Yer dengizi tipidagi o‘rmonlar sanaladi. Turkiyaning aksariyat o‘rmonlari Qora dengizga qaragan Pireneya tog‘larining yonbag‘irlarida joylashagan. Qoyalarning pastqi qismini asoan eman o‘rmonlari tashkil qiladi. Yuqoriroqda, ya’ni dengiz sathidan 1000-2400 m yuqorida sharq archalaridan, 1500-1900 m yuqorida esa Nordman oqqarag‘aylaridan shuningdek sharq qor qayinidan iborat bo‘lgan o‘rmonzorlari mavjud. Pontiy tog‘laridning janubiy qoyalaridaesa yog‘ingarchilik kam bo‘lgani uchun qora qarag‘aylardan iborat bo‘lgan qarag‘ayzorlar o‘sadi.
Egey dengiziga qaragan g‘arbiy tog‘li rayonlarda xam emanning kserofil turlari va qayinning Kalabriya va italyan turlari, mamlakaning Bolgariya bilan chegaradosh bo‘lgan yevropa qismida esa eman va qarag‘ayzorlar tarqalgan. Tavr tog‘lari yonbag‘irlarida esa makvis o‘rmonzorlariva livan kedrlari , Anatoliya tekisliklarida esa Palas qainlari va sera emanlari tarqalgan.
Turkiyaning mashxur o‘rmonlaridan biri bu-mamalkatning yevropa qismida joylashagn Belgrad o‘rmoni bo‘lib, u Istambulning eng katta parki hisoblanadi. .Usmoniylar imperiyasi davrida hududi 13ming gektarni tashkil qilgan bu o‘rmonzorning hozirda 5442 gektari qolgan.Bu o‘rmonda asoan eman, qayin va anatoliya kashtanlari o‘sadi. Usmoniylar imperiyasi davrida bu o‘rmonga faqatginia xorijliklarni kirishga ruxsat berilgan. Bu hududda 1956 yildagina birinchi martta piknik xududi yaratilgan.
Shuningdek O‘rmon xo‘jaligida xususiy sektorlarning roliga keladigan bo‘lsak, Turkiyada o‘rmon xo‘jaligida band bo‘lgan xususiy korxonalarning soni unchalik katta emas.Biroq so‘nggi yillarda Turkiyada tez o‘suvchi dekorativ o‘rmonlarni yetishtiruvchi xususiy qo‘riqxonalarning, shuningdek shartnomaga ko‘ra davlat o‘rmonlaridagi ishlarni bajaruvchi firmalarning soni tez sur’atlarda o‘smoqda. Qonunga ko‘ra, o‘rmonlarni yaratish (lesorazvedeniya) maqsadida maxalliay axoli va xususiy investorlarga zavol bo‘lgan yerlar berish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan. Bunda yerga egalik huquqini davlat o‘zida saqlab qolib, tadbirkor olingan foydadan erkin foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi. Ammo shunga qaramay bu kabi kelashuvlarga qiziqish unchalik katta emas.
O‘zining maqsadli ahamiyatini yo‘qotgan o‘rmon yerlari o‘rmon xo‘jaligi siklidan chiqarilib, undan foydalanuvchi mahalliy aholiga sotilishi mumkin. Odatda bu imkoniyatlardan o‘rmonzorlarda yashovchi qashshoq aholi emas, balki turizm va foydali qazilmamlarni qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar foydalanadi.
Mamlakatda o‘rmon xo‘jaligi faoliyati uzoq va qiqsa muddatli rejalar asosida olib boriladi. Tarmoqlarga oid 5 yillik rejalar 1963 yildan beri ishlab chiqiladi . Uzoq muddatli ya’ni 20 yillik birinchi reja 1973 yilda , ikkinchisi 1990 yilda ishlab chiqilgan.
Suv resurslari bu- milliy iqtisodiyotda foydalanishga yarokli bo‘lgan quruqlikdagi suvlar, dunyo okeanlari, yer osti suvlari, yer namligi, muzliklar, qor qoplamlari zahiralari va ularning energiyasidir. Dunyodagi umumiy suv zahiralari 1390 mln kub.km, shundan 1340 mln kub. km dunyodagi okean suvlarining ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu miqdorning bor yo‘g‘ 3%i chuchuk suv ulushiga to‘g‘ri keladi, undan 0.3%igina esa texnik nuqtai nazardag ishlatishga yaroqli.
Turkiya gidroenergetik resurslarga boy mamlakat hisoblanadi.Bundan faqat Anatoliya yassi tog‘liklari mustasnodir. Lekin murakkab iqlimiy shart-sharoitlar , yerdan foydalanish borasida saqlanib qalgan an’analar va milliy iqtisodiyotning zaifligi suv resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini qisqartirmoqda. Yog‘ingarchiliklarning, aosan qorning katta qismi Turkiyaning yuqori tog‘li rayonlarga to‘g‘ri keladi. Bu esa gidrografik tarmoqni yil bo‘yi oziqlanishiga va yer osti suv zahiralarining ko‘payishiga olib keladi.
Turkiya xududi subtropik iqlim mintaqa chegarasida joylashagan. Lekin tog‘li, qattiq ajralib ketgan yer relefi, havo massasining aylanishidagi murakkabliklar Turkiyada iqlimiy rayonalarining bir-biridan farq qilishini izohlaydi. Masalan, Qora dengiz sohili yetarli darajadagi iliq iqlim va yuqori namgarchilikka ega bo‘lgan hudud bo‘lib, bu xududdagi yil fasllarida namgarchilik nisbatan tekis taqsimlangan. Ya’ni bu huddudga issiq yoz va sovuq qish xosdir. Baland Pontiy tog‘lari Qora dengiz sohillarini mamlakatning ichki rayonlaridagi sovuq havo massalaridan himoya qiladi, Qora dengiz esa shimoldan keladigan sovuq shamollarni mo‘’tadillatirib turadi. Shuningdek Qora dengiz sohillarini Kavkaz tog‘lari ham sovuq shamollardan himoya qilib turadi. Aynan Pontiy tog‘lari hisobiga, Qora dengizga nisbatan ko‘proq namgarchilik to‘g‘ri keladi. Sohilning sharqy qismlariga yiliga 2500 mm, g‘arbiy qismlariga esa 700-800 mm namgarchilik to‘g‘ri keladi.
Egey dengizi va O‘rta yer dengizi sohillariga esa quruq issiq yoz va yomg‘irli iliq qish fasli xos bo‘lgan iqlimi bilan farq qiladi. Egey dengizi sohillarida yillik namgarchilik 500-800mmni, Tavr tog‘ining g‘arbiy qismlarida 1000-1500 mmni, sharqiy qismlarida esa 500 mmni tashkil qiladi. Marmar dengizi sohillari esa qishloq xo‘jaligi uchun qulay iqlim hisoblanadi. Marmar dengizining orol ( vodiy) va sohillari dam oluvchilar uchun ham juda qulay hisoblanadi. Masalan bahor oylarida qora dengiz sohillarida salqin bo‘lgan paytda, Marmar dengizida cho‘milish mumkin bo‘ladi.
G‘arbiy Anatoliya chegarasidan to Marmar dengizining janubiy sohiliga qadar dengiz bo‘yi tekisliklarning ko‘rfaz chuchuk ko‘llari bilan zanjiri tutashib ketgan. Ushbu chuchuk ko‘llar- Apolont, Iznik, Manyas, Sapandja ko‘llaridir.
Turkiya hududi Kaniy tekisliklaridan tashqari butunlay kichik daryolar tarmog‘idan iborat. Lekin bu daryolarning hammasi tog‘li xususiyatga ega bo‘lib, bu yerlarda sharsharalar va ostonalar10 juda ko‘p bo‘lgani uchun , ushbu hududlarda kemalar yurmaydi. Ular katta tezlikda oqqani uchun hattoki yuqori tog‘li rayonlarda ham yaxlamaydi.
Turkiyaning asosiy yirik daryolari bu- Yevfrat (2800 km), Tigr (1900 km), Qizil-Irmak (1355 km) va Sakarya (824 km). Turkiya hududining 9,2 ming kv km ni ko‘llar tashkil qiladi. Mamlakatning eng katta ko‘li- bu oqmas Van ko‘li (3713 kv km) bo‘lib,,Sharqiy Anatoliyaning tog‘lar bilan o‘ralgan 1720 m balandligida joylashgan. Daryo soylari notekisligi bilan ajralib turadi. Yomg‘irli va qor eriydigan davrlarda ko‘pgina daryolari shiddatli oqim(sel)ga aylanib ketib, suv toshqini xavfini keltirib chiqaradi. Quruq yoz va kuz oylarida esa ular juda sayozlashib ketdi. Ularning juda maydalari butunlay qurib qoladi.
Turkiya tog‘laridan janubi-g‘arbiy Osiyoning yirik daryolari sharqiy Anatoliyadan boshlanuvchi Yevfrat va Arman tog‘liklariga oqib tushuvchi Tigr daryolari boshlanadi. Tigr va Yevfrat Fors Ko‘rfazi havzasiga, Kura va Arake Kaspiy dengizi havzasiga, Yashil-Irmoq ,Qizil Irmoq va Chorux esa Qora dengiz havzasiga kiradi. Ularning ba’zilari Turkiya hududidagi yuqori daryo qismlaridan o‘tadi. Anatoliya yassi tekisliklaridan Qora dengizga borib quyiluvchi Sakarya daryosi boshlanadi. Turkiyaning Yevropa qismida Egey dengiziga kelib qo‘shiluvchi Marisa daryosining etaklari joylashagn.
Turkiyaning g‘arbiy qismlaridagi daryolari kam suvli bo‘lib, yoz oylarida sayozlashib, qurib qoladi, bahor va qishda esa toshadi. Turkiyaning sharqiy qismlaridagi daryolarda esa tog‘ qorlarinin erishi natijasida bahor-yoz toshqinlari kuzatiladi. Daryo suvlari sug‘orishda keng foydalaniladi. Ammo hozirgi kundagi muammolardan biri bu- Turkiyaning aynan suv muammosiga uchrashidir. Yer yuzida va sanoat sohasida aholi sonining tobora ortib borishi, dunyo bo‘ylab havo haroratining ilib borishi natijasida iqlimiy shart-sharoitlar va yog‘ingarchiliklar miqdorining o‘zgarib ketishiga olib kelmoqda. Stambul Suv Fondi mutaxassislarining ta’kidlashicha, 2020 yillarga kelib Yerning ko‘plab rayonlarida aholining ichimlik suvi bilan taminlashda sezilarli qiyinchiliklar tug‘iladi. Bu paytga kelib, daryolar sathi pasayadi, baliqlar yo‘qola boshlaydi, suv tarkibida tuz miqdori ortib ketadi, suv florasining katta qismi yo‘qolib ketadi. Bundan tashqari bu holat katta miqdorda chuchuk suvni talab qiluvchi qishloq xo‘jaligiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Ushbu muammo Turkiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chunki chuchuk suv bilan ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kirish uchun mamlakatning har bir fuqarosiga yiliga kamida 10000 kub. metr suv to‘g‘ri kelishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Turk fondining bosh direktorii, Feliz Demirayakning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich Turkiyada 1400 kub. metrga teng bo‘lib, bu ko‘rsatkich Turkiyaning suv resurslariga muhtoj mamlakat ekanligini izohlaydi. Shuningdek uning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyodagi 1,3 mlrd aholi doimiy chuchuk suvdan foydalanish imkoniyatiga emas, oradan chorak asr o‘tgach, bu ko‘rsatkichning 2 barobar ortib ketish xavfi bor.
Shuni e’tiborga olish lozimki, mamlakatdagi turizm sanoati mehmonxona,suv havzalari, gorlf maydonlarini va turistlarning o‘ziini suv bilan ta’minlash maqsadida suvdan haddan ortiq ko‘p foydalanmoqdalar. Bu o‘z navbatida O‘rta Yer dengizi kabi mintaqalarda suv tanqisligiga olib kelmoqda. Turistlar kuniga 300 litrgacha, 5 yulduzli mehmonxonalarda esa 800 litrgacha suv ishlatadilar.
Yevropalik mutaxassislarning Suv Fondiga ma’lum qilishlaricha, muhtoj rayonlarda ichimlik suvini saqlab qolish va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini muvaffaqiyatli yetishtirish uchun katta miqdorda irrigatsiyani talab qiluvchi bug‘doy va boshqa o‘simliklarni yerni sug‘orish yetarli darajada tabiiy yo‘l bilan amalga oshiriladigan hududlarda ekilishi kerak.Shuningdek olimlarning hisoblashicha, aholini suv ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlashi uchun damba(ko‘tarma) va to‘g‘onlarning ahamiyati katta.
Turk daryolarida 1100 tadan ortiq dambalar qurilgan bo‘lib, ularning 203 tasi respublika ahamiyatidagi yirik to‘g‘onlardir. Ushbu suniy rezervuarlar yil bo‘yi namgarchilikdan foydalanilish uchun mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida chuchuk suvni yig‘adi.Mutaxassilar respublika hududida GES va suv omborlarini qurish borasidagi loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqdalar. Lekin ba’zi nodavlat tashkilotlar tomonidan noroziliklar ham bildirilmoqda. Xususan, daryoda GES qurilishi munosabati bilan, suv toshqini tahdidi ostidagi , daryo yaqinida qurilgan qadimiy Xasankeyv shahriining barbod bo‘lish xavfi bor.
Ilmiy-texnik tadqiqotlar Kengashi mutaxassislarining fikricha, bir necha asrlardan so‘ng Turkiyaning sahroga aylanish xavfi bor. Ma’lum bo‘lishicha, iqlimning o‘zgarishi to‘g‘ridan- to‘g‘ri mamlakatning tog‘li sharqiy qismida qor qatlamlari erishining tezligiga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda Turkiyaning sharqiy qismidagi tog‘ tizmalarining 97% muz qatlamlari yo‘q bo‘lib ketgan. Agri, Djilo, Shyupxan va Kasgar.tog‘larida nisbatan ancha kam qor qoplamlari qolgan, Van ko‘lini suv bilan to‘yintirgan Aladag tizmasida esa umuman muz qatlamlari qolmagan.
Qor qatlamlarining erib ketishi, tabiatning butunlan o‘zgarib ketishiga, hozirgi fauna va floralarning yo‘qolib ketishiga olib keladi. Muzliklarning erishi esa, daryo sathining ko‘tarilishiga, o‘z navbatida iqlimning o‘zgarishiga olib keladi.Olimlar Turkiyaning tobora Aladagaga yaqinlashib borayotganini bashorat qilib, chora-tadbirlarning ko‘rilmasligi, 150-200 yildan so‘ng kichik Osiyo yarim orolining ko‘rinishi Saudiya Arabistoni va Saxro cho‘llariga o‘xshab ketishini ta’kidlamoqdalar.
Nazorat savol va topshiriqlari
-
Turkiyada yer resurslarining tarkibi qanday?
-
Turkiyada o‘rmon resurslarining ahamiyati qanday?
-
Turkiyadagi asosiy suv manbalarini ko‘rsating?
-
Nima uchun mamlakt suvmuammosiga uchramoqda?
Mustaqil ish topshiriqlari
-
Turkiyaning yer va suv resurslari
-
Turkiyada yer va suv resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
Do'stlaringiz bilan baham: |