2.2 Isroilning Yaqin Sharq mintaqasida olib boradigan strategiyasining xususiyatlari: Isroil tashqi siyosatida Yaqin Sharq mintaqasida yangicha yondashuvlar sifatida hamda mintaqadagi strategiyasi to’g’risida bugungi kunda bo’layotgan eng katta hamda musulmon olamini havotirda bolishiga sabab bo’layotgan muammo Isroil – Falastin muammosidir. Bu yillar davomida ikki davlat o’rtasida bo’layotgan muammodir.
1947-yil 29-noyabrdaBMT Falastinda ikki davlat — Isroilyahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi). Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi.
Hozirgi kunda Falastin muammosining yechimi 1948 yildagiga nisbatan birmuncha muammolidek ko‘rinmoqda. Aynan o‘shanda Isroil davlati tashkil topgani e'lon qilingan va Arab-Isroil urushi boshlangandi. O‘tgan 70 yil davomida o‘n minglab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan bu nizo goh susayib, goh avj oladi, ammo hech qachon butkul to‘xtamaydi. Falastin jangarilari G‘azo sektoridan turib Isroil shaharlariga raketa zarbalari beradi, TsAXAL (Isroil mudofaa armiyasi) namoyishchilarni o‘ldiradi – bularning bari bugungi kunda, rasman jangovar harakatlar olib borilmayotgan vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. AQSh, Rossiya, BMT har doimgidek bu holatdan tashvish bildiradi, maslahatlashuvlar o‘tkazadi, ammo Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga barham berilmaydi. Ular nega bir-birlarini bunchalik yomon ko‘rishadi? Nima uchun butun dunyo bu nizoning barchani qanoatlantiradigan yechimini topolmaydi? Nima uchun bu ikki xalq maydoni 25 ming kvadrat kilometr bo‘lgan, quyosh nuridan jizg‘anak yerni talashib kelmoqda? Falastindagi yahudiy podshohligi eramizning I asrida Rim imperiyasi zarbalari ostida qulagan: o‘shandan buyon bu hududning xo‘jayinlari bir necha bor almashgan. Ammo Yevropa davlatlari bo‘ylab tarqalib ketgan yahudiylar bu yerni qaytishlari zarur bo‘lgan muqaddas vatan deb hisoblab kelishgan. XIX asr o‘rtalarida Falastinda taxminan 400 ming kishi istiqomat qilgan bo‘lib, ulardan atigi 6 ming nafari yahudiylar, qolganlari esa sunniy arablar bo‘lgan. Falastin Usmoniylar imperiyasining qashshoq viloyati bo‘lib, yerlar asosan yirik arab feodallariga tegishli bo‘lgan va ular yerlarni dehqon-fallohlarga ijaraga berishgan. Jahon sionistik tashkiloti yerlarni aynan o‘sha feodallardan sotib olgan va shundan so‘ng sotuvchi ham, oluvchi ham dehqonlarga shart qo‘ygan: endi bu yerda yashashga haqqingiz yo‘q. Boshqacha aytganda, kelgindilar fallohlarni yashash joyi va ishidan mahrum qilishgan.
Nizoning asosiy sababi mana shunday paydo bo‘lgan: urushlar, zo‘ravonlik va hududiy mojarolar – bularning barchasi o‘sha yer oldi-sotdisidan boshlangan.
Falastinga ko‘chib kelgan yahudiylar uchun bu ko‘chish yuzlab yillik darbadarliklardan so‘ng o‘z vatanlariga qaytish edi.
Asrlar davomida bu hududda yashab kelgan arablar uchun esa yahudiylarning ko‘chib kelishi shubhali huquqqa ega bo‘lgan chaqirilmagan mehmonlarning hujumi edi. Ular uchun bu go‘yoki uyingizga notanish shaxslar kelib qadim zamonlarda bu yerda ularning ajdodlari yashagani va shuning uchun bu ularning uyi ekanligini da'vo qilishidek gap edi.
Har ikki tomonning da'vosi tushunarli va bu da'vo shu kungacha o‘zgarmay kelmoqda. Isroilliklar uchun bu yer muqaddas tuproq, ona vatan. Arablar uchun «sionistik ta'lim» yer tanasidagi o‘simta va arab aholisining huquqlari poymol qilinadigan aparteid rejimi.
12 noyabr kuni Isroil samolyotlari falastinliklarning G‘azodagi yuzlab obektlariga hujum uyushtirdi. Harbiy tadbirlar 11 noyabr kuni G‘azo sektoridan Isroil hududiga 370dan ortiq raketa yo‘llanishiga javoban amalga oshirildi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, nizolar oqibatida ikki tomondan kamida 5 kishi halok bo‘lgan: G‘azo sektorida 4 kishi va Isroilning Ashkelon shahrida bir kishi.
Isroil armiyasining javob hujumi davomida G‘azo portidagi XAMAS razvedka va diversiya maqsadlarida foydalanib kelgan bir kema yo‘q qilindi. Shuningdek, ushbu tashkilot faoliyatini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi Al-Aqsa telekanali binosi vayron etildi.Bundan avvalroq Isroil XAMAS bilan munosabatlarda javob choralarini kuchaytirishi haqida ma'lum qilgandi. Falastinliklar ham Isroilga qarshi «olov halqasini kengaytirishi»ni e'lon qilishgan.
Mart oyi oxiridan buyon G‘azo sektoridagi mojarolar tufayli 200dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Ularning aksari chegara hududidagi namoyishlar vaqtida o‘ldirilgan.31