XULOSA…………………………………………………………………………....
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………...
KIRISH
1-BOB. XALQARO MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI VA TAMOYILINING TADQIQ ETILISHINING NAZARIY ASOSLARI
Xalqaro munosabatlar tushunchasiga doir nazariy yondashuvlar
Siyosatni yaxlit tarzda to’liq tahlil qilish uchun uni ham milliy, ham xalqaro darajalarda o’rganishni taqozo etadi. Ichki siyosat uning turli yo’nalishlarini va ularning davlat ichida amalga oshirilishini tahlil qilish, milliy siyosiy jarayonning rivojlanishi orqali o’rganiladi. Xalqaro munosabatlar tizimi — ikki va undan ortiq davlatlar o’rtasidagi o’zaro faoliyat, tashqi siyosat esa bir millatning, bir davlatning tashqi hatti-harakatlaridir1. Davlatning tashqi siyosati ichki omillarining ham, tashqi omillarining ham ta‘siri ostida shakllanadi. Umuman olganda, ichki ijtimoiy va xalqaro munosabatlar o’rtasida qalin o’zaro aloqa va o’zaro munosabat mavjud. Xalqaro munosabatlar xalqlar, davlatlar va ularning tizimi o’rtasidagi aloqalarni va o’zaro bog’liqliklarning yig’indisini tavsiflaydi. Xalqaro munosabatlar deganda odatda jahon hamjamiyatining barcha asosiy sub‘ektlari o’rtasidagi siyosiy, xo’jalik-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliyaviy, ijtimoiy, diplomatik, huquqiy, harbiy, gumanitar va kommunikatsiya aloqalari va munosabatlarining tizimli yig’indisi tushuniladi. Jahon hamjamiyatining asosiy sub‘ektlari bo’lib, eng avvalo, davlatlar va xalqaro tashkilotlar maydonga chiqadilar.
Xalqaro munosabatlar dunyomizning qiyofasini va tartibini shakllantiradi. Hozirgi zamon dunyo hamjamiyatiga oshib borayotgan birdamligi va kuchayib borayotgan xilma-xilligi xos. Dunyodagi o’zaro aloqa va bog’liqlik xalqlarning rivojlanishidagi xilma-xil o’ziga xosliklarning saqlanishi bilan qo’shilib ketmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimida rivojlanayotgan demokratlashuv, insonparvarlik, qurolsizlanish tamoyillari hozircha tizimga ega emas, ular qarshilikka duch kelmoqda, ko’p jihatdan sub‘ektiv omillarga bog’liq bo’lib qolmoqda. Hozirgi dunyo sharoitlarida xalqaro munosabatlar ko’proq xalqlar va odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga aylanmoqda. Biz huquqiy davlatlar tizimining, qutblab Xalqaro tashkilotlar va uyushmalarning hamkorligini, turli davlatlarning millionlab fuqarolari o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni kuzatmoqdamiz. Xalqaro munosabatlar — xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanishni ta‘minlash maqsadida davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir.
―Xalqaro munosabatlar tushunchasining ko’plab ta‘riflari mavjud.
Masalan, xalqaro munosabatlar, bu :
- davlat tizimlari va davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma‘noda xalqlar o’rtasidagi munosabatlar majmuidir;
- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui 2;
- davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o’rtasidagi munosabatlar3.
Xalqaro munosabatlar tushunchasini ta‘riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o’ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega .Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko’rinishlari, darajalari va holati to’g’risida so’z yuritish mumkin. Xalqaro munosabatlar , shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o’zaro yordam va o’zgaruvchan munosabatlar asosida tasniflanishi mumkin. Xalqaro munosabatlar:
- ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik,
madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi;
- ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha
xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi;
- intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o’rta, past) darajalarga
bo’linadi;
- geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Evropa, Osiyo va b.) xalqoro o’zaro ta‘sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi;
- keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati,
ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar
tasniflanadi.
Xalqaro munosabatlar bir necha yo’nalishdagi munosabatlarni qamrab
oladi:
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- xalqaro siyosiy munosabatlar;
- xalqaro madaniy munosabatlar;
- xalqaro xuquqiy munosabatlar;
Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo’rqitmaslik;
Chegaralar daxlsizligi;
Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish;
Mojarolarni tinch yo’l bilan bartaraf etish;
Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish;
Teng huquqlilik va xalqlarning o’z-taqdirini o’zi belgilash huquqini hurmat qilish;
Xalqaro huquq me‘yorlariga qat‘iy rioya qilish;
O’zaro foydali hamkorlik;
Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish;
Xalqaro siyosat xalqaro huquq sub‘ektlarini ularning manfaatlarini muvofiqlashtirish, urush va tinchlik masalalarini hal etish, butun insoniyatning yashab qolishi, yalpi xavfsizlik va qurolsizlanishni ta‘minlash, global, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etish va ularning oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish, qoloklik va qashshoqlikka, ochlik va kasalliklarga barham berish, insoniyatning boshqa global muammolarini hal etish, dunyoda adolatli tartib o’rnatish bilan bog’liq bir maqsadga yo’naltirilgan siyosiy faoliyatidan iboratdir. Xalqaro siyosat - xalqaro munosabatlarning asosiy sub‘ektlarini umumiy bir maqsadga yo’naltirilgan siyosiy faoliyati. BMT va jahon hamjamiyatining boshqa qonuniy va barcha tomonidan tan olingan organlari va tashkilotlarining faoliyatida o’z aksini topgan integratsiyalashgan jarayon.
Xalqaro siyosat tuzilmaviy jihatdan milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati, BMT hamda davlatlar va xalqlar tomonidan vakolat berilgan xalqaro ittifoqlar, tashkilotlar va muassasalarning global faoliyatidan iborat. Xalqaro siyosat sohasi davlatlar o’rtasida vujudga kelayotgan siyosiy munosabatlarning butun maydonini qamrab oladi. Dunyo siyosatining asosiy unsurlari o’zaro bog’liq bo’lganligi tufayli dunyo siyosiy munosabatlari, dunyodagi yagona siyosiy-davriy makon haqida so’zlash mumkin va zarur, barcha asosiy siyosiy xatti-harakatlar uning davomida yoki tarkibiy qismlarida yuz beradi. Xalqaro siyosatning asosiy ustuvorliklari insoniyat va uning sub‘ektlari oldida turgan umumiy muammolarni hal etish zarurati bilan bog’liq. Xalqaro siyosat ikki yoqlamalik xususiyatiga ega: xalqaro munosabatlarning har qanday sub‘ekti o’z manfaatlarini himoya qilar va amalga oshirar ekan, u yoki bu darajada boshqa davlatlarning, jahon hamjamiyatining ham manfaatlarini hisobga olishi kerak. Shunga ko’ra, xalqaro siyosat uning
subyektlarining o’z (milliy) manfaatlari hamda butun insoniyat oldida turgan, etilgan va dolzarb vazifalar va umumiy maqsadlar uchun kurashning hosilasi sifatida namoyon bo’ladi. Uning asosida jahon hamjamiyatida hokimiyatga va ta‘sirga ega bo’lish uchun kurash yotadi.Sayyoramizda buyuk geografik kashfiyotlar zamonidan beri o’zaro aloqalarning global tizimi yaratilayapti. Hozirgi dunyo gigant bir tizimdan iborat bo’lib, unda uning turli jihatlari, unsurlari va bo’g’inlari ziddiyatli birlikda va o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatadilar. Hozirgi zamonning eng asosiy harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama tobora rivojlanib borayotgan ilmiy-texnik inqilob bo’lib, uning chegaralari poyonsizdek ko’rinadi. U butun jahon iqtisodiy va madaniy makonining yaratilishiga birligining hosil bo’lishiga olib keladi. Xalqaro siyosat sub‘ektlarining o’z manfaatlarini amalga oshirish maqsadidagi o’zaro faoliyati siyosiy jarayonlarning o’ziga xos tizimini o’zida mujassam etadi. XX asrga kelib xalqaro munosabatlar sohasidagi siyosiy tadqiqotlar yangi sifat o’zgarishlariga ega bo’ldi. Agar o’tgan asrda xalqaro jarayonlar o’z holicha rivojalanib, nazariy izlanishlar davlatning imkoniyat darajasidagi yo’liga kam ta‘sir etgan bo’lsa, yangi asrga kelib ilmiy yo’nalishlarning xalqaro munosabatlarga ta‘siri o’sib bordi.Xalqaro siyosat nazariyalari ichida proletariat ―dohiylarining‖ dunyo tartibotida inqilobiy transformatsiya konsepsiyasi paydo bo’ldi.
Bu konsepsiya uchun quyidagilar xarakterlidir: dunyo muammolarini tahlil qilishga sinfiy nuqtai nazardan yondashuv, davlatning tashqi siyosatini ichki siyosat bilanaloqadorlikda o’rganish, xalqaro munosabatlarni har bir tarixiy davrda aniq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar rivojlanishi qonuniyatlari bilan bog’liq ekanligi, kuchlar joylashuvining obyektiv va subyektiv omillarini tadqiq etish.XX asrda xalqao munosabatlar nazariyasining nomarksistik yo‗nalishlari ikkita qutblashgan oqimlar asosida rivojlandi. Ularni shartli ravishda ―kuchlar muvozanati‖, ―o’zaro harakat‖, ―integratsiya‖larning turli muqobil g’oyalari, deb atash mumkin. XX asr boshlaridagi siyosatning globallashuvi va ―imperializm ittifoqlari‖ning shakllanishi mo’ljallangan tamoyillar to’g’risida fikrlashga nisbatan yangi, umumdunyoviy yondashuvlarni ilgari surishga ko’proq imkoniyat yaratdi. 1904 yilda taniqli ingliz olimi Xalfrord Makkinder o’zining xalqaro jarayonlarni konsepsiyalarda ifodalashga doir qarashlarini e‘lon qildi. u keyinchalik "geosiyosat" deb ataldi. Makkinder shunday deb yozgan edi: ―Agar kim Sharqiy Evropani boshqarsa, u Yevroosiyoning Xartlendiga (o’rta yerlariga ) rahbarlik qiladi. Agar kim Xartlendni boshqarsa, Evropa, Osiyo, Afrikaning dunyo orollariga rahbarlik qiladi, agar kim dunyo orollarini boshqarsa, butun dunyoga rahbarlik qiladi. Xartlendga savdo liberalizmining vatani bo’lgan ―orollar majmuasi‖(Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Buyuk Britaniya) qarama-qarshi turadi.4 Davlatlarning ahvoli, siyosati, tarixiy taqdiri uchun geografik omillarning ahamiyati to’g’risidagi g’oyalar unumli nazariyalar sifatida sinovlardan o’tdi. Klassik misol: Alp tog’ining geologik tuzilishi Italiyadan Markaziy Evropaga tomon yurishlarni qiyinlashtiradi, lekin uning aksi butunlay boshqacha bo’lib, u tarixda muhim rol o’ynaydi. Dengizga chiqish, tabiiy boyliklar, iqlim, shuningdek, chegaralarning joylashuvi, qo’shnilarning qanday bo’lishi – bularning hammasi davlatlar resurslarini taqsimlashda va ular tashqi siyosatini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro munosabatlarning bu modelining asosiy kamchiligi dunyo siyosatini baravarlashtirishning turli komponentlaridan birini mutlaqlashtirishdir. (K.Xausxoffer tomonidan rivojlantirilgan bu g’oyalarda keyinchalik fashistlar Germaniyasi o’zining agressiv siyosatini asoslash uchun foydalandi). Irqchilar qarashlari bilan qorishib ketish uzoq vaqt ―geosiyosat so’zining obro’sini to’kib keldi. Ikknchi jahon urushi va undan keyingi yillarda AQSHda geosiyosat g’oyalarini faol ravishda ishlab chiqqan olim N.Spaykmendir. Bu g’oyalar ―siyosiy realizm maktabi vakillariga kuchli ta‘sir qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |