Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti arab filologiyasi yo


ARAB ADABIYOTIDA ILK REALIZM DAVRI



Download 100,5 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi100,5 Kb.
#473338
1   2   3   4
Bog'liq
Arab adabiyoti

3. ARAB ADABIYOTIDA ILK REALIZM DAVRI


Suriya-Amerika adabiy maktabi6… Turli-tuman xalqaro aloqalar kengayayotgan hozirgi vaqtda bunday so‘z birikmasi bizga g‘alati tuyulmaydi. Lekin asr boshida ar-Rayhoniy o‘zining ilk asarlarini e’lon qilgan chog‘larda Yevropa kitobxoniga bu hayratomuz tuyulgan bo‘lsa ajab emas. Chunki arab olami bilan hali ko‘pchilik tanish bo‘lmagan bu vaqtda Kiplingning «G‘arb bu-G‘arb, Sharq bu-Sharq» degan so‘zlari hammaga ma’lum edi. Sharq va G‘arbning bu sintezi tabiatini tushinish uchun tarixga murojaat qilish zarur.
XVI asrdan buyon Turkiya imperiyasining viloyati bo‘lib kelgan Suriya XIX asrda rivojlangan mamlakatlar manfaati doirasiga tushib qoladi. Bu yerda o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun, birinchi navbatda, Fransiya va AQSh raqobat qila boshlaydi. Ular mamlakat aholisining salmoqli qismini tashkil etuvchi masihiylarga suyanishga intiladilar. Bu holat, bir tomondan, Suriyani asta-sekin yevropalashishiga, feodal munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi, mamlakatni burjua taraqqiyoti yo‘liga burdi, xalq ahvolini yanada og‘irlashuviga sabab bo‘ldi. Misr, Fransiya, Braziliya, AQShga ommaviy emigratsiya boshlandi. Amerikada, qisman Nyu–Yorkda arab muhojirlarining kattagina koloniyalari vujudga keldi, u yerda o‘ziga xos siyosiy va madaniy hayot tashkil topdi, turli xayriya va adabiy jamiyatlar paydo bo‘ldi, ko‘p sonli arabcha, inglizcha gazeta va jurnallar chop etildi. Bu yerda ular vatandagidan arzonga tushar, poligrafik sifati yuqori bo‘lar, eng muhimi - senzura yo‘q edi. O‘ziga xos «Suriya-Amerika adabiy maktabi»ning yuzaga kelishi uchun qulay sharoit tug‘ildi. Amerikadagi barcha adiblar Jubron Xalil Jubron boshchiligidagi «Ar-Rabitu al-qalamiya» («Qalam uyushmasi») adabiy to‘garagi va Abdulmasih al Haddod muharrir bo‘lgan «as-Soyih» («Sayyoh») jurnali atrofiga uyushdilar.
Jubron Xalil Jubron, Amin ar-Rayhoniy, Mixail Nuayme, Abu Madiy, Nasib Arida, Nodira Haddad, Abdulmasih al Haddod, Rashid Ayyub, Amin Mushrok va boshqalar ana shu guruh a’zolari edilar. Ulardan uchtasi M. Nuayme, N. Arida, A. Haddod Falastindagi rus maktabida ta’lim olganlar. Ularning qarashlari ma’lum darajada rus adabiyoti ta’sirida shakllangan edi.
Amerikadagi o‘ziga xos adabiy maktabni birinchi avlod arab muhojirlari emas, uch madaniyat-Amerika, Yevropa va arab madaniyatlari ta’sirida shakllangan ikkinchi avlod yaratdi. Muhojirlarda sokin arab qishloqlari bilan ular tushib qolgan yangi muhit-ulkan Amerika shahari o‘rtasidagi ziddiyatni alam bilan his etish tuyg‘ulari tarbiyalagan edi. G‘arbdagi hayotni idrok etishdagi ziddiyatlar kundan-kunga kattalashishi ularda Amerikaning nooshno voqeligiga,
«quturgan poyga»ga bo‘lgan nafratni chuqurlashtirdi, lekin yuksak ma’rifiy ideallarga hurmat saqlandi. Agarda ko‘pincha G‘arb arab Sharqidagi ma’rifatparvarlarga zamonaviy demokratiyaning timsoli bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, «suriya-amerikaliklar» bu demokratiyaning haqiqiy basharasini amalda kuzatgan va qabul qilmagan edilar.
Ayni chog‘da vatandagi hayot ham, ularni qanchalik o‘ziga tortmasin, qoniqtirmasdi. Ular hayot turg‘unligi, qoloqligi, jaholatni nozik his etdilar, Suriyani qiynayotgan siyosiy, ijtimoiy, diniy ziddiyatlarni ko‘rdilar. G‘arbu Sharq o‘rtasida sarson bo‘lish, to‘lg‘anish mavjud voqelikni inkor etish muhojir yosh adiblarda romantik isyonni yuzaga keltirdi, ular ma’naviy qashshoqlikka qarama-qarshi turuvchi panohni tabiatdan, o‘z ichki olamlaridan axtardilar, xuddi G‘arbdagi salaflari singari ijtimoiy utopiyalar, inqilobiy burchlar to‘g‘risida orzu qildilar. Ayni chog‘da ular arab ma’rifatparvarlik asrining farzandlari sifatida o‘z xalqining g‘am va anduhlariga beparvo bo‘lmadilar, xayoliy haqiqatni izlash yo‘lida targ‘ibotchilikni afzal bildilar, jamiyat va insonni takomillashtirish mumkinligiga ishondilar, yaxshilik va adolat g‘oyalarini yoyishni o‘zlarining muqaddas burchlari deb bildilar. Ular hayotdagi qoloqlik, zerikarli bir xillikka qarshi isyon ko‘tardilar, adabiyotda esa fikr va ijod erkinligini e’lon qildilar, yangi mavzu va shakllarga murojaat etdilar, kuchli xarakterlar, teran tuyg‘ularni aks ettirdilar.





Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish