Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti arab filologiyasi yo


ARAB MAMLAKATLARIDA MA’RIFATPARVARLIK DAVRI



Download 100,5 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi100,5 Kb.
#473338
1   2   3   4
Bog'liq
Arab adabiyoti

1. ARAB MAMLAKATLARIDA MA’RIFATPARVARLIK DAVRI


XIX asr boshlarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan arab mamlakatlari ichida rivojlanganlari Misr va Suriya edi.
Yevropa ta’siri, iqtisodiy rivojlanish yo‘liga kirish bu davrning eng muhim xususiyatidir. Bu jarayon, o‘z navbatida, sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi, ozodlik harakatlarining o‘sishi, ma’naviy hayotdagi ma’lum siljishlar bilan bog‘liq edi. Arablar bu davrni «An-Nahda» («Uyg‘onish») deb ataydilar.
Arab «Uyg‘onish»i Yevropa Renessansining sinonimi emas. Bu o‘rinda so‘z, avvalo, arablarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalaridagi shon-shuhrati va qudratini tiklash haqida ketayapti.
«An-Nahda» mafkurachilari uyg‘onishning asosiy yo‘li xalqning asriy qoloqligini yengib o‘tish, ma’rifatni keng targ‘ib etish, diniy ixtilof va bid’atlarni yo‘qotish, shuningdek, iqtisodiy islohatlarda deb bildilar.
Ammo bu jarayonning boshqa tomoni — Yevropa sivilizatsiyasi, fani, adabiyoti yutuqlarini o‘zlashtirish masalasi ham bor edi. Arab ma’rifatparvarlik tafakkuri asosi bo‘lgan madaniy an’analar sintezi ana shu tarzda yuzaga kelgan edi.
Misr va Suriyada XIX asr oxiri, XX asr boshlarida feodal qoloqligidan qutilish, ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllarini o‘rnatish taqozosi bilan Yevropa sarmoyasiga qaramlikka qarshi kurash fojeali ravishda mamlakatning ingliz istilosi bilan yakunlagan Orabi-poshsho qo‘zg‘oloni (1881-1882y.), «Osiyo uyg‘onish» davridagi ozodlik harakatining yangi bosqichi, Misr va Suriyada ilk mulkdorlar siyosiy partiyalarining tashkil topishi, 1908 yildagi «Yosh turklar» inqilobi kabi arab mamlakatlari hayotidagi muhim voqea va o‘zgarishlar arablarning milliy uyg‘onishi uchun muhim omil bo‘ldi.
Fanda qabul qilingan an’analarga binoan «Renessans» atamasi Mumtoz o‘tmish davrini qayta tiklash ma’nosini anglatadi. Bu istiloh mana shu ma’noda Italiyada 14-15 asrlarda paydo bo‘lgan. Keyingi davrlarda bu atama nafaqat qadimgi yunon madaniyatining qayta tiklanishini, balki ayrim sharq mamlakatlarida yoki umuman Sharqda qadimgi madaniyatni qayta tiklash ma’nosida tobora ko‘proq ishlatilmoqda. Ba’zi hollarda «uyg‘onish» atamasi umumiy ravishda madaniy ko‘tarilish ma’nosida va nihoyat, maxsus ma’noda o‘rta asrlar va yangi davrni o‘zaro bog‘lab turadigan zamon madaniyati atamasi sifatida qo‘llanmoqda.
Akademik N. Konradning fikricha «Uyg‘onish» («Renessans») Yevropa uchungina xos bo‘lmay, buyuk sivilizatsiyaga mansub xalqlar tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida yuzaga keladigan umumiy qonuniyatdir.
Misr va Suriyaning ilg‘or mutafakkirlari va siyosiy arboblari Yevropa ma’rifatparvarlari singari, rasionalizm tamoyillariga asosan arab dunyosining turmush tarzini, xulqi atvori va odatlarini, oilaviy munosabatlari, tashqi siyosati, davlat muassasalari, dinni tanqid qiladilar va rasionalizm asosida qayta ko‘rib chiqishga chaqiradilar.
“Musulmon modernizmi” nomi bilan mashhur bo‘lgan diniy oqim arab mamlakatlari ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynadi. Islomda XIX asr tarixiy taraqqiyoti yuzaga keltirgan tub o‘zgarish yetilib kelayotgan edi.
O‘rta asrlarda shakllangan ortodoksal musulmon huquqiy maktablari allaqachonlar eskirib bo‘lgan, XIX asr ehtiyojlari va intilishlariga mos kelmas edi.
Islomni yangilash harakati asoschisi 70-yillarda Misrda yashagan mashhur afg‘on olimi va siyosiy arbobi Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897y.) edi. U musulmon xalqlarni Yevropa aralashuvidan xoli bo‘lgan yagona xalifalikka birlashtirish g‘oyasini targ‘ib etardi. Bu esa, uning aqidasicha, zamonaviy islomni ehtiyojlarga moslashtirishni talab qilardi.
Ana shunda musulmonlar bidatlardan xoli bo‘lib, aqlu zakovatlarini bilim nurlari bilan yoritadilar va o‘z mustaqil tartiblarini joriy qiladilar. Islomni zamonaviylashtirish g‘oyasini «al- Azhar»dagi shayx Muhammad Abduh boshliq taraqqiyparvar ilohiyot olimlari qo‘llab- quvvatladilar.
Modernistlar islom barcha xalqlar, davrlar va madaniy sharoitlarga mos keladigan dunyo dini, u zamonaviy madaniyatga zid bo‘ladigan qusurlardan xoli, degan aqidaga suyanar edilar. Ular Qur’ondan ijtimoiy taraqqiyot uchun asos bo‘ladigan o‘rinlarni topdilar.
Jumladan, Muhammad Abduh Qur’onda zikr qilingan ko‘p xotinlik odati aslida Olloh tomonidan tavsiya qilinmaganini isbotlashga harakat qildi. Bunga Qur’onning to‘rt xotin olishga ruxsat beruvchi oyatdan keyin «Agar adolatli bo‘laolmaslikdan qo‘rqsangiz, unda bittasiga (uylaning)» oyati kelishini dalil qilib ko‘rsatdi.
Modernistlar islom dini milliy-ozodlik kurashiga ham yo‘l berishini ko‘rsatdilar. Shayx al-Kavokibiy tavhid kalimasi «Lo iloha illaloh»ning mohiyatini sharhlab, odamlar Xudodan boshqa hech kimga bo‘ysunmasliklari kerak, ular shaxsni ozodlikdan mahrum etuvchi va tobelikni talab qiluvchilarga qarshi kurashishlari lozim, degan fikrni ko‘tarib chiqdi. Bu g‘oyani u «Al-Muayyad» («Xudo yorlaqagan») ro‘znomasi va «Al-Manor» («Mayoq)» majallasi kabi maxsus matbuot organlari orqali targ‘ib etdi.
Islomdagi yangilanish adabiyotda ham o‘z aksini topdi. Yangi ta’limotga suyangan publisistlar arablarga tarixiy xizmatlarini eslatgan holda, ijtimoiy o‘zgarishlar, siyosiy ozodlik uchun kurashdilar. Bu g‘oyalar nasr va dramaturgiyada tarixiy roman, tarixiy tragediya janrlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, she’riyatda ham tarixiy va vatanparvarlik mavzulari kuylandi, shoirlar arablar va islomning o‘tmishdagi shuhratini madh etdilar.

Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish