Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 43,23 Kb.
bet4/12
Sana10.02.2022
Hajmi43,23 Kb.
#441200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
@@@Risboyeva Zilola XX asrning ikkinchi yarmida Afg\'oniston

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Tarixni o’rganish va bilish har bir millat va xalq vakillarining muhim vazifasidir. Zero, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan xalqning kelajagi ham yo’q.”2 Afg’onistonning XX asr tarixini har tomonlama o’rganishda tarixshunoslik va manbashunoslikka murojaat etmasdan bo’lmaydi. Bu davr tarixini o’rganishda avvalambor shu yo’nalishdagi g’arb va sovet tadqiqotchilari qolaversa, M.N. Nishonov, A.X. Bobaxadjayev kabi yurtimiz sharqshunoslari hamda Afg’onistonga qo’shni mamlakatlar olimlari ham ma’lum yo’nalishlarda izlanishalar olib borganlar.
Sovet afg’onshunoslari XX asr tarixining turli jabhalarini tadqiq etganlar. Bu davrni o’rganishni sovet afg’onshunoslaridan I.M. Reysner birinchilardan bo’lib boshlab bergan. Uning “Афганистан” (M., 1948 y.) nomli asari bu boradagi dastlabki qadamlardan bo’ldi. 30 yildan ortiq vaqt mobaynida bu yo’nalish yetakchisi sifatida Reysnerning shogirdi Y.V. Gankovskiy bo’ldi (1921-2001). Afg’oniston bo’yicha ilmiy va ilmiy-bosqichli ishlarning katta qismi uning bevosita rahbarligi yoki muallifligi, taqrizi va maslahati ostida tayyorlandi. Uning “История Афгaнистана с древнейших времен до наших дней” (М., 1982) nomli asari XX asr afg’onshunoslikdagi katta siljish bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundan tashqari Yu.V. Gankovskiyning “История вооруженных сил Афганистана. 1747 – 1977” (М.: Наука, 1985) asari bu mamlakatning harbiy kuchlari tarixi va ularning siyosiy hayotdagi ahamiyatini o’rganishdagi muhim manba hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Afg’onistonning eng yangi tarixini (etnoslar, siyosiy rivojlanish muammolarini) 1950-1970-yillarda R.T. Axramovich tadqiq etdi.3 U o’zining “Афганистан после второй мировой войны” (М., 1961)4, “Афганистан в 1961-1966 годах” (M., 1967) asarlarida Afg'onistonning ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi tarixining turli jabhalarini yoritishga harakat qilgan. Uning o’quvchisi V.G. Korgunning 1979-yilda chiqarilgan («Афганистан в 20-30-егоды XX в. Страницы политической истории») nomli kitobi I.M. Reysnerdan keyingi ikki harbiy davr oralig’idagi birinchi umumiy tahliliy ishdir.

Download 43,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish