Ishning maqsad va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi XX asrning ikkinchi yarimida Afg’onistonning ichki va tashqi siyosati masalalarini keng miqyosda yalpi o’rganishdan iboratdir. Bu davrni o’rganish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarga e’tibor qaratish ko’zda tutilgan:
1. Afg‘onistonning eng yangi dаvr tаrixi boshlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy vа siyosiy tаrаqqiyoti.
2. XX asrning 70-yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. “Katta o’yin masalasi”.
3. Nаjibulloning hokimiyat tepаsigа kelishi vа uning “milliy yarаshuv” siyosаti.
4. XX asr oxirida Afg’onistondagi siyosiy vaziyat va ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
5. Afg‘onistonda hokimiyat tepаsigа “tolibon” diniy ekstremistik hаrаkаtining kelishi vа uning oqibаtlаri.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Tarixni o’rganish va bilish har bir millat va xalq vakillarining muhim vazifasidir. Zero, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan xalqning kelajagi ham yo’q.”3 Afg’onistonning 1933-1973 yillar davrini har tomonlama o’rganishda tarixshunoslik va manbashunoslikka murojaat etmasdan bo’lmaydi. Bu davr tarixini o’rganishda avvalambor shu yo’nalishdagi g’arb va sovet tadqiqotchilari qolaversa, M.N. Nishonov, A.X. Bobaxadjayev kabi yurtimiz sharqshunoslari hamda Afg’onistonga qo’shni mamlakatlar olimlari ham ma’lum yo’nalishlarda izlanishalar olib borganlar.
Sovet afg’onshunoslari XX asr tarixining turli jabhalarini tadqiq etganlar. Bu davrni o’rganishni sovet afg’onshunoslaridan I.M. Reysner birinchilardan bo’lib boshlab bergan. Uning “Афганистан” (M., 1948 y.) nomli asari bu boradagi dastlabki qadamlardan bo’ldi. 30 yildan ortiq vaqt mobaynida bu yo’nalish yetakchisi sifatida Reysnerning shogirdi Y.V. Gankovskiy bo’ldi (1921-2001). Afg’oniston bo’yicha ilmiy va ilmiy-bosqichli ishlarning katta qismi uning bevosita rahbarligi yoki muallifligi, taqrizi va maslahati ostida tayyorlandi. Uning “История Афгaнистана с древнейших времен до наших дней” (М., 1982) nomli asari XX asr afg’onshunoslikdagi katta siljish bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundan tashqari Yu.V. Gankovskiyning “История вооруженных сил Афганистана. 1747 – 1977” (М.: Наука, 1985) asari bu mamlakatning harbiy kuchlari tarixi va ularning siyosiy hayotdagi ahamiyatini o’rganishdagi muhim manba hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Afg’onistonning eng yangi tarixini (etnoslar, siyosiy rivojlanish muammolarini) 1950-1970-yillarda R.T. Axramovich tadqiq etdi.4 U o’zining “Афганистан после второй мировой войны” (М., 1961)5, “Афганистан в 1961-1966 годах” (M., 1967) asarlarida Afg'onistonning ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi tarixining turli jabhalarini yoritishga harakat qilgan. Uning o’quvchisi V.G. Korgunning 1979-yilda chiqarilgan («Афганистан в 20-30-егоды XX в. Страницы политической истории») nomli kitobi I.M. Reysnerdan keyingi ikki harbiy davr oralig’idagi birinchi umumiy tahliliy ishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |