“Kitob surat al-ard” asari
Ibn Havqalning asari “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“Yo’llar va mamlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “Kitob surat al-ard” (“Yerning surati”) nomi bilan mashhur bo’lib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945-967) bag’ishlangan. Uni yozishda muallif sayohatlari vaqtida to’plagan, savdogarlardan so’rab- surishtirib yiqqan materiallardan hamda ibn Xurdodbeh, al-Jayhoniy, Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tasvirlangan har bir mamlakat va viloyatning xaritasi ham berilgan.
Shamsiddin Kamoliddinning “Kitob surat al-ard” asarining Movarounnahr qismi tarjimasi haqida
Arab geograf olimi Ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” (“Yerning surati kitobi”) asari 367/977-78-yilda arab tilida Sitsiliyada yozilgan bo’lib, unda butun islom dunyosining X asrdagi geografiyasi bayon etilgan va xaritalari chizilgan. Asarning hozirgacha yetib kelgan bir nechta qo’lyozma nusxalari Gollandiya, Turkiya, Fransiya, Angliya va Germaniya kabi mamlakatlardagi kutubxonalarda saqlanadi. Ushbu kitobda mazkur asarning “Movarounnahr” qismining o’zbekcha tarjimasi ilmiy izohlar bilan berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |