129
qarori aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayotga tatbiq etish borasida katta tadbirlar
amalga oshirildi. 2001- yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-klinik
shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi
barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd so‘m sarflandi. Markazda 760 o‘rinli 8 ta
jarrohlik markazi aholiga kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Davlat dasturiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman
markaziy shifoxonalarida bo‘limlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Markaz
va uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng zamonaviy tibbiy
asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib olish uchun Ispaniya hukumati
tomonidan 10 mln yevro kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 - mln dollar grant
berildi. Shuningdek, Germaniya, AQSh, Isroil davlatlari ham kreditlar va grantlar
ajratmoqdalar. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-
darmonlar bilan beg‘araz yordam bermoqdalar.
Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan tizimi
bunyod etildi. 1991- - 2001- yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar, 95,7 - ming
tashrifli poliklinikalar qurilib, foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni
1300 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2001- yilda ularning soni 1500 tadan ortdi.
Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990 - yilda 3139 tani tashkil etgan bo‘lsa,
2010 - yilda qariyb 2 baravar ko‘payib, 5886 taga yetdi. 2000 -2010 - yillarda qishloq
joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Respublikamizda
shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni
tayyorlash ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu borada 7 - ta oliy tibbiy o‘quv yurtlari,
o‘rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholiga turli
ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming
nafarga ko‘paydi. O‘zbekistonda bir shifokorga o‘rta hisobda 300 ga yaqin kishi
to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatkich ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan ta’minlashda katta
qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ikkitagina korxona dori-darmon ishlab chiqarar edi.
Ular aholining dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini 1-1,5 foizgagina
qondirardi, xolos. Shu boisdan farmatsevtika sanoatini tez sur’atlar bilan
rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi.
1993 - yilda Prezident I.A. Karimov
farmoni bilan “
Do'stlaringiz bilan baham: